09:50
AQShda koronavirus qurbonlari soni 30 ming kishidan oshib ketdi

AQSh hududida COVID-19 koronavirus infeksiyasi oqibatida vafot etganlar soni 30 ming kishidan oshib ketdi. Bu haqda Jons Hopkins universiteti ma’lumotlarida keltirilgan.

Toshkent vaqti bilan soat 09:40 holatiga ko‘ra, AQShda 30 925 ta o‘lim holati qayd etilgan. Butun mamlakat bo‘ylab koronavirus bilan kasallanganlar soni 639 055 kishiga yetdi, 52,6 ming kishi sog‘ayishga muvaffaq bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, 15-aprel kuni AQShda rekord darajada qurbonlar soni qayd etilgandi — 2228 kishi.

Mamlakatda eng og‘ir vaziyat Nyu-York shahrida hukm surmoqda. Nyu-York shahrining o‘zida 10,8 ming kishi koronavirus oqibatida vafot etgan, shtatda esa 214,6 ming kishi COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan. Butun dunyoda esa COVID-19 bilan kasallanganlar soni 2 milliondan oshib ketdi.

Avvalroq Pentagon koronavirus tabiiy usulda kelib chiqqaniga yetarli dalillar borligini bildirgan edi.

Категория: Yangiliklar | Просмотров: 79 | Добавил: Admin | Теги: AQShda koronavirus qurbonlari soni | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
close