08:25
AQShda koronavirus oqibatida vafot etganlar soni 7 ming kishidan oshdi
AQShda koronavirus infeksiyasi oqibatida vafot etganlar soni 7 ming kishidan oshdi. Bu haqda virus tarqalishini real vaqt rejimida kuzatayotgan Jon Hopkins universiteti ma’lumotlarida keltirilgan. O‘tgan ikki kun ichida mamlakatdagi qurbonlar soni 2 mingdan oshib ketdi.

Pandemiya boshlanganidan buyon Qo‘shma Shtatlarda COVID-19 koronavirusi oqibatida 7152 kishi vafot etdi. Virus bilan kasallanganlar soni 277 ming kishidan oshib ketgan.

AQSh qurbonlar soni bo‘yicha Italiya va Ispaniyadan keyin uchinchi o‘rinda ketmoqda. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra koronavirus oqibatida Italiyada 14 681 kishi, Ispaniyada esa 11 198 kishi vafot etgan.

Avvalroq Oq uy ekspertlari koronavirus oqibatida 2,2 million amerikalik vafot etishi mumkinligini taxmin qilgan edi. Prezident Donald Tramp AQShning koronavirus pandemiyasidan tiklanishi taxminan qachondan boshlanishini ma’lum qilib, amerikaliklarni oldinda juda og‘ir ikki hafta kutib turgani haqida ogohlantirgan edi. Kuni kecha Trampning o‘zi koronavirusga ikkinchi bor test topshirgani ma’lum bo‘ldi.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 633 | Добавил: Admin | Теги: AQShda koronavirus oqibatida vafot | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
close