09:04
AQShda koronavirus bilan kasallanganlar soni 310 ming kishidan oshdi
AQShda koronavirus bilan kasallanganlar soni 311 544 kishiga yetdi. Bu haqda Virus tarqalishini real vaqt rejimida kuzatib boruvchi Jons Hopkins universiteti ma’lumotlarida keltirilgan.

Pandemiya boshlanganidan buyon mamlakatda 8488 kishi vafot etgan bo‘lib, ularning aksariyati Nyu-York hisobiga to‘g‘ri kelmoqda (1905).

Universitet ma’lumotlariga ko‘ra, AQShda 14 786 koronavirusdan davolanishga muvaffaq bo‘lgan.

AQShda kasallikka chalinganlar soni bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda ketmoqda. Uning ortidan Ispaniya (126 168), Italiya (124 632) va Germaniya (96 092) o‘rin olgan.

4-aprel kuni AQSh prezidenti Donald Tramp virus tarqalishiga qarshi kurash uchun harbiylar safarbar etilishini ma’lum qildi. Buning uchun hukumat mamlakatning turli shtatlariga minglab harbiy xizmatchilarni yo‘naltiradi. Xususan, Nyu-Yorkka ming nafar harbiy jo‘natiladi, ular orasida shifokor va hamshiralar ham bor.

Avvalroq Donald Tramp amerikaliklarga niqob taqishni tavsiya qilib, lekin o‘zi bu tavsiyaga amal qilmasligini aytgan edi. Shu bilan birga, AQSh prezidenti ikkinchi bor koronavirusga test topshirgan.

Eslatib o‘tamiz, Tramp 30-mart kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumani vaqtida koronavirus oqibatida 200 ming amerikalikning o‘lishini “yaxshi” ssenariy deb atagan edi.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 880 | Добавил: Admin | Теги: AQShda koronavirus bilan kasallanga | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
close