Ср, 21.11.2018, 16:48
Приветствую Вас, Mexmon

07:18
AQShda 28 yoshli model avtomobilni boshqarib ketayotganda otib o‘ldirildi
Amerikalik 28 yoshli model Kelsi Kveyl Jorjiya shtatida avtomobilni haydab ketayotib, to‘satdan boshqaruvni yo‘qotdi va avariyaga uchradi. Bu haqda Star xabar bermoqda.

Uning mashinasi qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, yana uchta mashinaga borib urildi. Keyinchalik qizga bungacha o‘q uzishgani va u bo‘ynidan yaralangani ma’lum bo‘ldi.

Kelsining jarohati shifokorlar jasadni tekshirganda aniqlandi.

Tergov taxminiga ko‘ra, model yo‘lda boshqa haydovchi bilan mojaroga borgan va u qizga o‘q uzgan. Shuningdek, u tasodifiy otishma qurboni bo‘lgani haqidagi versiya ham bor.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 201 | Добавил: Admin | Теги: AQShda 28 yoshli model avtomobilni | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar