21:02
AQSH qamoqxonalarida mahbuslar Islom dinini qabul qilmoqda

Hozirgi kunda Islom dini Amerika qamoqxonalarida mahbuslar orasida eng ko‘p tarqalayotgan dindir. Bunga bir qator omillar sabab bo‘lmoqda. Mahbuslarning 18 foizi musulmonlar va qamoqdagi diniy murojaatlarning 80 foizi islom diniga to‘g‘ri kelmoqda.

Immigratsiya ta’siridan tashqari, federal va mahalliy qamoqxonalar ham Qo‘shma Shtatlardagi Islomning o‘sishiga hissa qo‘shishi mumkinligi oydinlashdi. "Xavfsizlik siyosati markazi" jamoat tashkilotining hukumat ishlari bo‘yicha vitse-prezidenti Maykl Voller 2003 yilda Nyu-Yorkdagi mahbuslarning 17–20 foizini musulmon mahbuslar tashkil etgani, bu taxminan 350 ming kishini tashkil etganini tasdiqlaydi. Shuningdek, u qamoqxonalarda mahbuslar din qabul qilayotganlaridan 80 foizi Islomga to‘g‘ri kelishini aytdi. Musulmon bo‘lganlarning aksariyati afroamerikaliklar va bir paytda, ispan tilli qatlam orasida ham musulmon bo‘layotganlar ortmoqda.

Alohida masala bor – ya’ni qamoqxonalarda Islom dinini radikallashtirib tushunish tarqalgan. Buning sababi esa ko‘pincha ekstremistik oqimlarning vakillari qamoqxonaga tushishidan deb aytilmoqda. O‘z e’tiqodlarida mutaassib bo‘lganliklari va ko‘pincha terror harakatlarida ishtirok etish va maxfiy guruhlar tuzish tajribasiga ega bo‘lgan holda, ular o‘z nuqtai nazarlarini mahbuslar orasida muvaffaqiyatli targ‘ib qilmoqdalar. Maykl Vollerning ta’kidlashicha, ko‘plab musulmonlikni yangi qabul qilayotganlar tashqi noqonuniy islomiy guruhlar tomonidan terrorizm bilan bog‘liq tarzda radikalizatsiya qilinmoqda, ammo boshqa ekspertlarning fikriga ko‘ra radikallashuv ro‘y berayotgan bo‘lsa ham, hibsdagilarga tashqi ta’sirning umuman aloqasi yo‘q. 

FQB Terrorizmga qarshi kurash bo‘limi direktorining o‘rinbosari Donald Van Duynning hisobotida shunday deyiladi: "FQB qamoqxonalar va Internet kabi radikal islomning tarqalishi uchun keng imkoniyatlar yaratadigan joylarni aniqladi... Qamoqxonalarda radikallashtirishlarning aksariyat holatlari ichki ekstremistik guruhlar tomonidan amalga oshirilmoqda. To‘g‘ridan-to‘g‘ri tashqi aloqa esa kam yoki umuman yo‘q"

2003 yilda qilingan FQBning hisob-kitoblariga ko‘ra, federal, shtat va mahalliy qamoqxonalar bo‘yicha 350 ming musulmon u yerlarda saqlanmoqda va har yili qo‘shimcha ravishda 30.000-40.000 mahbus Islom diniga kiradi.

Qamoqxonalarda Islomni qabul qilish bilan bog‘liq “xavotirlar” birinchi marta 2001 yilda, Nyu-York shtati qamoqxonalarida xizmat qilgan imom VaritDin Umar 11 sentabr hujumlarining rolini maqtaganida aytilgan edi. Bunga javoban Kongress a’zolari tekshiruv o‘tkazishga chaqirishadi. 2004 yil hisobotida Adliya vazirligi qamoqxona tizimini "diniy ekstremistlar kirib kelishidan" himoyalanmaganlikda ayblaydi. Biroq, hisobot muammoning qamoqxonalarda xizmat qiluvchi imomlarida emasligi, balki bu borada mahbuslarni kuzatishda qat’iylik bo‘lmaganligini aniq ko‘rsatdi.

Категория: Yangiliklar | Просмотров: 165 | Добавил: Admin | Теги: AQSH qamoqxonalarida mahbuslar Islo | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
close