15:42
Apple qondagi glyukoza miqdorini ulanishsiz aniqlovchi qurilmani yaratmoqda
Amerikaning Apple korporatsiyasi mutaxassislar guruhini yolladi. Ular o‘ta maxfiy sharoitda qandli diabetni davolash sohasida ulkan yutuq bo‘lishi mumkin bo‘lgan qurilmani ishlab chiqish bilan shug‘ullanmoqda. Bu haqda 12-aprel, chorshanba kuni CNBC telekompaniyasi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

Telekompaniya manbasiga ko‘ra, gap qondagi glyukoza miqdorini ulanishsiz aniqlay oladigan maxsus sensorlar yaratish haqida bormoqda. Biomedik-muhandislarning kichikroq guruhi Palo-Alto shahridagi (Kaliforniya shtati) maxfiy laboratoriyada loyiha ustida ish olib borayotganligi ta’kidlanmoqda.

Bemordan qon olishni talab qilmaydigan ulanishsiz glyukoza o‘lchagichni yaratish g‘oyasini Apple’ning sobiq rahbari Stiv Jobs ham ilgari surgan edi. Uning fikricha, qurilma ko‘chma datchikka o‘xshashi lozim va xuddi Apple Watch aqlli soatlari kabi doim bemor yonida bo‘lishi lozim.

Telekanalning ta’kidlashicha, agar Apple yangi qurilmani yaratishda muvaffaqiyatga erishsa, bu qandli diabetga chalingan millionlab odamlarning hayotini yengillashtirishi mumkin.

Manba: Daryo.uz
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 518 | Добавил: Admin | Теги: Apple qondagi glyukoza miqdorini ul | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
close