VOYBU.NET
BIRINCHI MUSIQIY!
Контакты ГлавнаяMузыкаКлипыНовостиФотогалереяСтихиМобильная версия

20:54
Andijonlik ayol qarzini so‘rab kelgan tanishini g‘isht bilan urib o‘ldirdi
Andijonning Marhamat tumani, Guliston mahallasida yashovchi 23 yoshli ayol O.O. janjal tufayli “Turon” mahallasida yashovchi A.N.ni g‘isht bilan urib o‘ldirdi, deb xabar berdi O‘zA.

Ma’lum bo‘lishicha, O.O. avvaldan tanishi bo‘lgan A.N.dan pul qarz olgan. Qarzini so‘rab kelganda ularning o‘rtalarida katta janjal kelib chiqqan va O.O. pulini qaytarishni so‘ragan ayolni g‘isht bilan urib o‘ldirgan.

Shundan so‘ng O.O. opasi M.O.ni yordamga chaqirgan. Opa-singil qotillikni yashirib, jasadni ko‘rpaga o‘rab, tovar olib ketyapmiz, deb taksida Andijon tumanidagi Istiqlol mahallasida yashovchi otalarining uylariga olib kelgan. U paytda otasi uyda bo‘lmagan, onasi esa kasal yotgan. Uyda hech kim yo‘qligidan foydalanib jasadni chekkadagi xonaga yashirib qo‘ygan.

Xitoy davlatidagi oliy o‘quv yurtida tahsil olayotgan o‘g‘liga bank orqali pul yuborish maqsadida ertalab chiqib ketgan, yonida pul va tilla taqinchoqlari bo‘lgan A.N. ning o‘sha kuni uyiga qaytmagani, telefoniga javob bermayotgani haqida uning turmush o‘rtog‘i ichki ishlar bo‘limiga xabar bergan. Ichki ishlar xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv ishlari natijasida ayolning jasadi topilgan.

Qotillikni yashirib, jasadni yo‘q qilish niyatida bo‘lgan opa-singillar qo‘lga olingan.

Holat yuzasidan jinoiy ish ochilgan bo‘lib, tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: Tamirda | Добавил: Admin | Теги: Andijonlik ayol qarzini so‘rab kelg | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
VOYBU.NET
Меню сайта
Статистика

Вход на сайт
Login:
Parol:
Copyright © 2013 VOYBU.NET Все права защищены.По всем вопросам пишите на voybu.net@mail.ru
%