. Andijonda o‘smir qizni poyezd urib ketdi - 13 Февраля 2020 - www.Voybu.net | Молодежный Портал
Voybu.Net
Пн, 17.02.2020, 15:03
ГлавнаяРегистрацияВход Приветствую Вас Mexmon | RSS

Меню сайта

Категории раздела
Yangiliklar [2826]
Yangiliklar Foto [53]
Munajjimlar Bashorati [18]
Sport Yangiliklar [146]

Мини-чат

Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 274

Статистика

Онлайн всего: 10
Гостей: 10
Пользователей: 0


15:11
Andijonda o‘smir qizni poyezd urib ketdi
Andijonning Izboskan tumanida yuk poyezdi 2003-yilda tug‘ilgan qizni urib ketdi. Bu haqda Farg‘ona transport prokuraturasi “Daryo”ga xabar berdi.

Baxtsiz hodisa 11-fevral kuni soat 09:57 da Kuyganyor—Poytug‘ bekatlari oralig‘ida yuz bergan.

Qayd etilishicha, Izboskan tumanidagi maktabning 8-sinfida o‘quvchi qiz dugonasi bilan temiryo‘l bo‘ylab suhbatlashib kelayotgan bo‘lgan hamda teplovozning ogohlantirish signaliga e’tibor bermagan.

Teplovoz keskin tormoz berib to‘xtayotgan vaqtida o‘smir qiz ehtiyotsizligi sabab teplovozning chap narvoniga urilib ketgan.

Jabrlanuvchi shifoxonaga olib borilganida unga bosh miya chayqalishi va bosh tepa qismida 2 santimetr yoriq bo‘lgan jarohat aniqlangan. O‘smir qizga zaruriy tibbiy yordam ko‘rsatilgach, o‘sha kunning o‘zidayoq uyiga javob berilgan.

Qayd etilishicha, ushbu holat prokuratura nazoratiga olinib, Andijon viloyati IIB TXTB xodimlariga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlangan.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 23 | Добавил: Admin | Теги: Andijonda o‘smir qizni poyezd urib | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Login:
Parol:

Поиск

Календарь
«  Февраль 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
242526272829

Архив записей

Друзья сайта

Copyright MyCorp © 2020