Ср, 21.11.2018, 17:19
Приветствую Вас, Mexmon

12:33
Andijonda o‘g‘il o‘gay otasiga pichoq urib o‘ldirdi
3-noyabr kuni Andijon viloyatining Qo‘rg‘ontepa tumanida yashovchi O.A. mast holda uyida o‘zaro janjal oqibatida o‘gay otasi I.Yu.ning son qismiga pichoq urib, jarohat yetkazdi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

I.Yu. kasalxonaga yotqizildi, biroq ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay, o‘sha yerda hayotdan ko‘z yumdi.

O.A. ushlangan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 73 | Добавил: Admin | Теги: Andijonda o‘g‘il o‘gay otasiga pich | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar