08:11
Andijonda mast erkak tanishini bolta bilan urib o‘ldirib qo‘ydi

Andijonda mastlik oqibatida sodir etilgan yana bir jinoyat keng jamoatchilik ishtirokida muhokama qilindi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 30-may kuni soat 19:30 larda Andijon shahrida yashovchi fuqaro B.S. tanishi M.B.ning yashash uyida u bilan birga spirtli ichimlik iste’mol qilib, B.S.ga qarashli Oltinko‘l tumanidagi “Jalabek” MFY hududida joylashgan payvandlash sexiga borgan. Bu yerda M.B. mast holda B.S.ni uyatli so‘zlar bilan haqorat qilganligi uchun o‘zaro janjallashgan.

Oqibatda B.S. shu yerda bo‘lgan xo‘jalik boltasi bilan M.B.ning bosh qismiga 2 marotaba urib, og‘ir tan jarohati yetkazgan va u voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Oltinko‘l tumani prokuraturasi tomonidan B.S.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Jinoyatni sodir etgan B.S.ning qilmishi Oltinko‘l tumani, “Jalabek” mahallasida yashovchi keng jamoatchilik ishtirokida tanqidiy muhokama qilindi. Unda aynan ichkilik oqibatida sodir etilgan jinoyatlarning aksariyatida ayblanuvchi voqea paytida o‘z xatti-harakatini bilmasligi, ushbu jinoyat ham o‘z xatti-harakatlarini idora qila olmaslik oqibatida kelib chiqqanligi qayd etildi.

Категория: Yangiliklar | Просмотров: 253 | Добавил: Admin | Теги: Andijonda mast erkak tanishini bolt | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
close