Сб, 18.08.2018, 05:44
Приветствую Вас, Mexmon

05:19
Andijonda 60 yoshli erkak xotinining 13 yashar qiz jiyanini zo'rlaganlikda gumon qilinmoqda…
Qizaloq 7-sinfda o'qiydi. Uning 60 yoshli pochchasidan homiladorligi haqida Andijon shahridagi mahallalardan birining oqsoqoli ma'lum qilgan.

— Yaqinda bizda mahallalar oqsoqollari ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi. Gap asosan hozirgi yosh avlod tarbiyasi haqida bordi. Yig'inda shahar ichki ishlar boshqarmasi rahbari Shuhrat Parpiyev falon maktabdagi 7 sinf o'quvchisi xolasining 60 yashar eri, ya'ni, pochchasidan homilador bo'lib qolgani haqida aytib qoldi. Qizaloqning otasi yo'q. Onasi Rossiyaga ketgan. Qizaloqni qadrdon xolasiga ishonib tashlab ketgan ekan. Yoshini yashab, oshini oshagan 60 yoshli pochcha esa qizaloqni zo'rlagan, nomusini poymol qilgan. Oqibatda u homilador bo'lib qolgan. Qizaloq tergovda shularning hammasini gapirib beribdi. Ushbu fakt yuzasidan respublika jinoyat majmuasining 118-moddasiga asosan («Nomusga tegish») jinoiy ish qo'zg'atilibdi. Ayni paytda ham tergov harakatlari davom etmoqda ekan.

— Qiz pochchasi uni zo'rlaganini tan oldi, — deydi Andijon shahar ichki ishlar boshqarmasi vakillaridan biri. — Ammo erkak hozircha tan olmayapti. Qizaloq esa hali bu taxlit narsalarni tushunmaydi. Qorin qismida og'riq tuygan-u, kasalxonaga borgan. Vrachlar tekshirib ko'rib u homilador bo'lganini aniqlashgan va militsiyaga xabar berishgan. To'g'ri, hozircha erkak gumondor sifatida tergovda ishtirok etyapti. Lekin aybi isbotlansa, u albatta qamoqqa olinadi. U holda jinoyatchi kamida 15-20 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Andijondagi o'rta maktablardan biri direktori aytib o'tdiki, shu xabar tarqalgach, shahardagi barcha maktablarda ta'lim oluvchi qizlar alohida tibbiy ko'rikdan o'tkazila boshlandi. Bundan tashqari, shahar xalq maorifi bo'limi rahbarining ko'rsatmasiga ko'ra, o'quvchi qizlarning ota-ona, yaqinlari orasida tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 250 | Добавил: Admin | Теги: Andijonda 60 yoshli erkak xotininin | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar