Вт, 25.09.2018, 08:00
Приветствую Вас, Mexmon

13:44
Andijonda 600 dollar garov puli uchun “Real” muxlisini bo‘g‘ib o‘ldirgan “Barselona” ishqibozi 18 yilga qamaldi
Andijon viloyatining Marhamat tumanida ikki nafar futbol muxlisining o‘zaro garov bog‘lashi qotillik bilan tugadi. Bu haqda “Postda” nashri ma’lum qildi, deya xabar beradi “Xalq so‘zi”.

Qayd qilinishicha, Bahrom va Sherzod (ismlar o‘zgartirilgan) ikki sevimli jamoasining Yevropa chempionlar ligasidagi g‘alabasi uchun pul tikadi. Ularning biri “Real”, boshqasi esa “Barselona” g‘alabasi uchun 600 AQSh dollaridan garov bog‘lagan.

Bu garovda Bahrom yutib chiqqan, ya’ni “Real” YChL bosh sovrinini qo‘lga kiritgan. Shundan so‘ng Bahrom Sherzoddan garov pulini talab qila boshlaydi. Avvaliga Sherzod bu shunchaki o‘yinligini tushuntirishga urinadi, ammo Bahrom pulni olish uchun Sherzodni tinch qo‘ymaydi va har safar uni ko‘rganida pulni so‘rayveradi. So‘rab uyigacha keladi. Bir necha oy ichida Sherzod unga kelishuvning 100 dollarini bera oladi. Ammo bunga ko‘nmagan Bahrom qarz borasida Sherzodning otasini ham xabardor qilish bilan tahdid qila boshlaydi.

Pulni to‘lay olishiga ko‘zi yetmagan Sherzod shundan so‘ng Bahromdan qutulishga qaror qiladi. Kunlarning birida uni qishloq chekkasidagi ariq yoniga pulni berish bahonasida chaqirib, uni arqon yordamida bo‘g‘ib o‘ldiradi.

Sud Sherzod Muxtorov tomonidan sodir etilgan qotillikni o‘rganib chiqib, unga 18 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 128 | Добавил: Admin | Теги: Andijonda 600 dollar garov puli uch | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar