16:25
Amerikalik qiz oyna oldida selfi tushish uchun ota-onasining vannaxonasiga ot olib kirdi
AQShning Jorjiya shtatida istiqomat qiladigan Keyt ismli qiz qisqa fotosessiya uchun ota-onasining yotoqxonasi va vannaxonasiga ot olib kirgani haqida Twitter’dagi sahifasida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda TJournal.

Keyt kollejdan ta’tilga chiqqanida uyiga kelib, noan’anaviy narsalarga qo‘l urmoqchi bo‘ldi. Qizning ota-onasi butun kunga uydan chiqib ketganida, Keyt uy ichida otni olib kirdi. Tulpor iz qoldirmasligi uchun uning tuyog‘ini mato bilan bog‘ladi va bir necha daqiqa ichida suratlar oldi.

Keyt ota-onasini kuldirish uchun selfilarni onasiga yubordi, ammo ota ushbu suratlar haqida 2 yilcha bilmadi. Qiz Twitter’da izoh qoldirganlarga u ota-onasining uyiga otni birinchi marta olib kelmagani haqida aytdi.

Manba: Daryo.uz
Категория: Yangiliklar Foto | Просмотров: 1377 | Добавил: Admin | Теги: Amerikalik qiz oyna oldida selfi tu | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
close