Главная » 2017 » Декабрь » 17 » Amerikalik neyrojarroh Eben Aleksandr o'limdan keyingi hayot borligini amalda isbotladi…
18:44
Amerikalik neyrojarroh Eben Aleksandr o'limdan keyingi hayot borligini amalda isbotladi…
Ma'lumot berishlaricha, u 2008 yili miyaga infeksiya tushishi oqibatida ikki haftadan ko'proq koma holatida yotdi. Vrachlar neyrojarroh komadan uyg'onmasligi mumkinligini taxmin qilishgandi. Biroq ehtiyot shart sun'iy hayot bag'ishlovchi uskunaga ulab qo'yishdi. Qarindoshlari ham Ebendan butkul umidini uzdi. Qarangki, Ollohning mo''jizasi yana bir karra o'zini namoyon etib, neyrojarroh kutilmaganda koma holatidan chiqdi. Shundan so'ng 63 yoshli vrach o'limdan keyingi hayot haqida yaqinlariga gapirib bera boshladi.

— Men avval yumaloq bir maskanni ko'rdim, — dedi u. — Bu maskandan judayam yoqimli musiqa taralardi. Bu musiqani tinglab to'ymaydi odam. Keyin esa o'ta kuchli yorug'lik bag'ridan o'tib qandaydir vodiyga borib qoldim. Vodiyda yam-yashil, bo'yi naq belga urar maysalar ohista chayqalardi. Esayotgan mayin, yoqimli shabada ko'ngilga yanada ko'proq huzur bag'ishlardi. Sharsharalar suvi o'zidan yorqin nur taratardi. Osmondagi bulutlar ham ajoyib go'zal. Men vodiyda ko'plab odamlarni, jonivorlarni ko'rdim… Yo'q, bu tush ham, illyuziya ham emasdi. Men ruhim bilan birgalikda o'sha vodiyda haqiqatan bo'lib qaytdim. Ishondim, amin bo'ldim. O'limdan keyingi hayot bor. Faqat bu hayotga rostakamiga olamdan o'tganlar Yaratganning barcha sinovlari, savol-javoblaridan o'tgach, yorug' dunyoda yo'l qo'ygan gunohlari ajrini to'lagachgina yetishsa kerak…

Eben Aleksandr koma holatidagi ko'rgan-kechirganlarini o'zining «Koinotdagi tiyrak hayot. Neyrojarrohning boqiy mavjudlikka sayohati» nomli kitobiga kiritdi.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 164 | Добавил: Admin | Теги: Amerikalik neyrojarroh Eben Aleksan | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Soundtracklar Olami

Сделать бесплатный сайт с uCoz