VOYBU.NET
BIRINCHI MUSIQIY!
Контакты ГлавнаяMузыкаКлипыНовостиФотогалереяСтихиМобильная версия

19:38
Amerikalik ayolni tug‘ilgan kunida begemot tishlab, suv ostiga tortib ketdi
Florida shtatining Tampa shahrida yashovchi ayol tug‘ilgan kunida begemot hujumga uchragani haqida aytib berdi, deb yozadi Inside Edition.

Kristen Yaldor 37 yoshini Afrikaga borib nishonlashga qaror qiladi. Turmush o‘rtog‘i bilan Zimbabve daryosi bo‘ylab qayiqda sayr qilayotgan vaqtda ularga begemot hujum qiladi. U qayiq ostidan kelib uriladi va ayol suvga tushib ketadi.

Qirg‘oqqa suzib borishga harakat qilgan vaqtda begemot tishlab oladi va suv ostiga tortib ketadi. Ayol uning og‘zidan chiqib ketishga urinadi. Begemotning jag‘ini ochib oyoqlarini tortib oladi va qirg‘oqqa suzib boradi.

Begemotdan qutulgan Kristen oyoqlarida katta jarohatga ko‘zi tushadi va qon yo‘qotishi oqibatida vafot etishidan qo‘rqib ketadi. Lekin uni vaqtida qutqarib qolishadi.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: Tamirda | Добавил: Admin | Теги: suv ostiga tortib ketdi, Amerikalik ayolni tug‘ilgan kunida | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
VOYBU.NET
Меню сайта
Статистика

Вход на сайт
Login:
Parol:
Copyright © 2013 VOYBU.NET Все права защищены.По всем вопросам пишите на voybu.net@mail.ru
%