Главная » 2018 » Январь » 2 » Amerikaga qattol qish kirib keldi…
07:02
Amerikaga qattol qish kirib keldi…
Amerika Qo'shma Shtatlarining shimoliy hududlarida ayni paytda havo harorati -35 darajagacha yetgan. Nyu-Yorkda esa bundan-da sovuqroq havo hukm surmoqda. Hatto, Eri ko'li suvi muzlab qolgan. Ko'chalardagi o'rindiqlar, daraxtlar qalin qor ostida qolib ketgan. Sinoptiklar bu sovuq havo hali veri mamlakat ichkarisini tark etmasligi haqida xabar berishdi. Dahshatlisi, bu qadar kuchli sovuqqa ko'nikmagan amerikaliklar halitdan vahima ko'tarishni boshlagan. Do'konlarda oziq-ovqat mahsulotlari ommaviy ravishda sotib olinmoqda.

Pensilvaniya shtati ham qattol qish qahridan quruq qolmadi. Shtat ko'chalarida qorning qalinligi bir yarim metrgacha yetgan. Xuddi shunday sovuq mamlakat shimolidagi barcha hududlarga o'z hukmini o'tkazmay qolmayapti. Bir necha kundan keyin esa havo harorati -40 darajaga yetishi kutilmoqda.

Germaniyada ham qalin qor avtomobil yo'llaridagi harakatni ma'lum muddatga to'xtatib qo'ygan. Yer muzlashi natijasida bu davlatda yuzlab avtohalokatlar sodir bo'lgan. O'nlab fuqarolar jiddiy jarohat olgan, bir kishi halok bo'lgan.

Angliya aholisi ham ko'pdan beri bunday qattol qishni ko'rmagandi. Bu yerda qorning qalinligi 30 santimetrgachani tashkil etdi.

Manba: Hordiq.uz
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 80 | Добавил: Admin | Теги: Amerikaga qattol qish kirib keldi… | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Soundtracklar Olami

Сделать бесплатный сайт с uCoz