08:28
Amerikada 11 yoshli bola aerokosmik muhandislik fakultetiga o‘qishga kirdi

Amerikalik Kaleb Anderson 11 yoshida Chattaxuchi texnika kollejining aerokosmik muhandislik fakultetiga qabul qilingan. Ayni vaqtda ikkinchi kursda tahsil olayotgan Kaleb koinotga parvoz qilishni istaydi deb yozadi “Korrespondent.net”.

Ma’lum qilinishicha, 2 yashar bolaning matematik misollarni ishlay olishiga guvoh bo‘lgan Andersonning ota-onasi uni maktabga bergan. U maktabda sinfdoshlarining bo‘yi undan baland bo‘lgani, shunchalik kichkinaligidan zo‘rg‘a yurganini yaxshi eslashini ta’kidlagan. Uning ota-onasi farzandining boshqalarga o‘xshamagan o‘ziga xosligini payqagan.

Uch yoshida Kaleb qobiliyati va IQ darajasi yuqori ekani sabab — yuqori aql koeffitsiyentiga ega bo‘lganlar assotsiatsiyasi “Mensa”ga qabul qilingan.

Anderson koinotga parvoz qilishni istagani sabab, o‘qish uchun aerokosmik muhandislik fakultetini tanlagan va ikki yildan keyin mazkur mutaxassislik bo‘yicha bakalavr diplomini qo‘lga kiritadi. Vunderkind Jorjiya shtatidagi Texnologiya yoki Massachusets texnologiya institutida o‘qishni keyin esa Ilon Maskning Space X kompaniyasida stajirovka o‘tashni xohlaydi, deyiladi xabarda.

Категория: Yangiliklar | Просмотров: 220 | Добавил: Admin | Теги: Amerikada 11 yoshli bola aerokosmik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
close