18:32
Aktrisa Muqaddas Xoliqova va uning oila a’zolarida koronavirus aniqlandi

O‘zbek milliy akademik drama teatri aktrisasi, O‘zbekiston xalq artisti Muqaddas Xoliqova hamda uning oila a’zolari koronavirusga chalindi. Buni 60 yashar aktrisaning izdosh qizi Zebuniso Xoliqova “Daryo” muxbiri Mirolim Isajonov bilan suhbatda tasdiqladi.

“Oilaviy koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganligimiz rost. Koronavirus dastlab opamda aniqlandi. Keyin oilaviy test topshirdik. Natijada dadam, onam, men va jiyanimda ham koronavirus mavjudligi isbotlandi.

To‘qqiz kundirki, onam va opam Zangiota tumanida qurilgan yangi maxsus shifoxonada, qolganlar esa uyda davolanyapti”, — dedi Zebuniso Xoliqova.

Категория: Yangiliklar | Просмотров: 278 | Добавил: Admin | Теги: Aktrisa Muqaddas Xoliqova va uning | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
close