16:26
Ahmadboy voqeasi kinokomediya janrida hikoya qilinadimi? (foto)

Ma`lum bo`lishicha, yurtimiz kinoijodkorlari «Ahmadboy va Rahmatboy» nomli kinokomediyaga qo`l urishgan. Ushbu film barchaga mashhur o`sha firibgar Ahmadboy voqeasidan hikoya qiladimi? Ushbu savolga javob olish uchun kinoijodkorlarga murojaat qildik.

Film prodyuseri esa bu sirligini, film haqiqattan firibgarlik haqida bo`lib, bunga filmni ko`rgach muxlislarning o`zlari baho berib, nima haqidaligini bilib olishadi, deya javob bermoqda.

«Dilshoh media» kinokompaniyasi buyurtmasi bilan rejissyorlar Jur`at Sotiboldiev hamda Saidpo`lat Hakimovlar tomonidan suratga olingan mazkur super kinokomediyaning premera kuni ma`lum bo`ldi.

«Dilshoh media» kinokompaniyasi rahbari, film prodyuseri Mahmud Erkaboevning so`zlariga ko`ra, filmning suratga olish ishlari qishning eng sovuq kunlarida boshlangan bo`lib, uning premera kuni esa yoz faslining eng issiq kunlariga to`g`ri keldi. Film premerasi 13 iyul kuni Alisher Navoiy nomli kinosaroyda bo`lib o`tadi.

Filmda bosh rollarni Muhammad Iso Abdulxayirov, G`ayrat Boymirzaev, Davlatbek Yo`ldoshev, Zuhra Solieva hamda Zilola Ahmadbekovalar ijro qilishgan.

«Ahmadboy va Rahmatboy» super kinokomediyasini 14 iyuldan yurtimiz kinoteatrlarida tomosha qilishingiz mumkin.


Manba: Darakchi.uz
Категория: Yangiliklar Foto | Просмотров: 1079 | Добавил: Admin | Теги: Ahmadboy voqeasi kinokomediya janri | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
close