09:51
Afg‘onistonda koronavirusga chalinganlar soni 1005 kishiga yetdi

Afg‘onistonda koronavirusga chalingan bemorlar soni 1005 kishiga yetdi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib, 1TV News telekanali xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, so‘nggi to‘qqizta holat mamlakatning Kunar, Lagman va Nangarhar viloyatlarida qayd etilgan.

Xabar berilishicha, Afg‘onistonda koronavirus sababli 31 kishi vafot etgan, kasallikdan tuzalgan soni ham 31 kishini tashkil etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani saroyida ishlovchi xodimlarning kamida 20 nafari koronavirusga chalingan, bunga zararlangan hujjat sabab bo‘lgan.

Avvalroq “Tolibon” harakati koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha Afg‘onistonda targ'ibot ishlarini olib borayotgani, Afg‘onistonda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat 9 oy davom etishi mumkunligi haqida xabarlar berilgandi.

Категория: Yangiliklar | Просмотров: 126 | Добавил: Admin | Теги: Afg‘onistonda koronavirusga chaling | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
close