Пн, 11.11.2019, 23:04
Voybu.Net
Приветствую Вас Mexmon | RSS

Меню сайта
Категории раздела
Yangiliklar [2731]
Yangiliklar Foto [51]
Munajjimlar Bashorati [18]
Sport Yangiliklar [145]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 267
Мини-чат
Статистика


13:24
Afg'onistonda jangarilar bilan birga begunohlarning qonini to'kkan o'zbek jazoga tortildi…
U Samarqand viloyatida tug'ilgan 25 yoshli Sherzod Anvarov bo'ladi. Sherzod 2016 yili Rossiyaga pul ishlab topish niyatida ketgandi. O'sha yoqda internet orqali dunyoda faoliyati taqiqlangan «IShID» jangari kallakesarlar guruhi a'zosi ta'siriga tushdi, u bilan yaqindan tanishdi. Vatanga qaytgandan keyin ham jangarilar bilan munosabat yuritishda davom etdi. Ulardan topshiriqlar olib turdi.

2017 yil aprelida go'yo «jihod» amalini ado etish niyatida Turkiyaga uchib ketdi. Istambulda Eronga o'tib olishi uchun jangarilar guruhi vakillari hujjat yig'ishda ko'maklashdi. Reja bo'yicha Erondan Afg'onistonga o'tib olishi lozim edi. Shunday bo'ldi ham. 2017 yil may oyida jangarilar Tehronda unga Afg'oniston fuqarosiligini tasdiqlovchi qalbaki hujjat tayyorlab berishdi. Shu hujjat bilan Sherzod Afg'onistonning Nebrus viloyatiga bordi. U yerda Sherzodni »IShID» jangari kallakesarlar guruhining vakillari qarshi oldi. Sherzod maxsus harbiy tayyorgarlikdan o'tdi. Keyinchalik jangarilar safida janglarda ishtirok etib begunoh bandalarning qonini to'kdi.

O'zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati xodimlarining sa'y-harakati natijasida Sherzod Anvarov vatanga qaytarildi.

Sherzod Anvarov sud hukmi bilan 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

Astag'firillo!!!
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 47 | Добавил: Admin | Теги: Afg'onistonda jangarilar bilan birg | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Вход на сайт
Login:
Parol:
Поиск
Календарь
«  Октябрь 2019  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031
Reklama
Copyright MyCorp © 2019