VOYBU.NET
BIRINCHI MUSIQIY!
Контакты ГлавнаяMузыкаКлипыНовостиФотогалереяСтихиМобильная версия

Mashhur turk aktrisasi Nursel Kyose Malatya shahrida tug'ilgan. U 17 yoshida Germaniyaga ko'chib ketib, u yerdagi Kyoln Universitetining arxitektura fakultetiga o'qishga kiradi. Tahsili davomida u pyesalar yozib, bir qancha teatr postanovkalarida rol ijro etgan.

Shuningdek u dugonasi bilan kabare-duet ham tashkil qilgan. Bu loyihada Kyose – ham rejissyor, ham aktrisa, ham qo'shiq muallifi bo'lishni uddalagan. Duet Germaniya bo'ylab o'z gastrol safarlarini ham uyushtirgan. Demak Kyoseni bemalol kabare yulduzi sifatida ham ta'riflasak bo'ladi.

Kinoaktrisa sifatida aktrisa rejissyor Buket Alakusning «Ona» hamda «Notanish liga» filmlarida ilk bor tanilgan.

O'zinin o'ttiz yillik faoliyati davomida Nursel Kyose 20dan ortiq filmlarda rol ijro etgan.
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 11.02.2019 | Комментарии (0)

11.02.2019 в 10:13
“Zo’r TV” telekanali orqali namoyish etilayotgan “Hovli” seriali ko'pchilikning qalbidan munosib o'rin egallab ulgurdi. Bugun serialning har bir qismini intiqlik bilan kutadigan muxlislarimizga bosh rollardan biri, Azrani gavdalantirgan akrisa Jeren Moray haqida ma'lumot bermoqchimiz.
Mashhur turk aktrisasi Jeren Moray 1985 yilning 5 iyunida Diyorbakir shahrida tavallud topgan. Uning otasi davlat xizmatida ishlagani bois oila Istambulga ko'chib kelishga majbur bo'lgan. Aynan Istambul shahrida Jeren o'rta maktab ta'limini oladi. Qizaloq kichkinaligidayoq aktrisa bo'lishni orzu qilgan va orzusi ortidan borib, “Pera Fine Arts” maktabida ilk aktyorlik sabog'ini oldi. 2005-2009 yillarda Jeren Moray “ Haliç University”da tahsilini davom ettiradi.

Jeren Moray debyut rolini 2003 yilda ekranlarga chiqqan «So'nggi nafasimgacha» mini serialida ijro etadi. Keyingi mini-serial – «Tog'a» uni mashhur qildi. Shu tariqa aktrisa serial olamiga shiddat bilan kirib keldi.
Jeren ... Читать дальше »
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 11.02.2019 | Комментарии (0)

11.02.2019 в 10:10
“Hovli” serialida Denizning qizi Ejem rolini mahorat bilan ijro etgan Eslem Akar 1998 yilning 23 martida Istambul shahrida tavallud topgan. Turk kinosi ixlosmandlari uni «Hovli» hamda «4N1K» seriallari orqali yaxshi tanib qolishgan.
Eslem fransuz va ingliz tillarida bemalol gaplasha oladi. Bu go'zal qiz kinodagi faoliyatini 2011 yilda “Sen de Gitme” teleserialida boshlagan. Shundan so'ng uni “Hovli” serialiga chaqirishadi.

Xuddi shu yili Eslem «4N1K» serialida Es Kaplan rolida ham gavdalandi. Uning oxirgi ijro etgan roli shu yilning 7 fevralida ekranlarga chiqqan «Yolg'iz yurak» seriali bo'ldi. Unda Eslem bosh rollardan biri Denizni ijro etgan.
Eslem Akar sportning stol tennisi, konkida uchish, gimnastika, suzish va futbol turlari bilan shug'ullanadi.

Garchi “Hovli” serialida unga nisbatan tez-tez “Dunyo go'zali” ta'rifi ishlatilsa-da, Eslem bu unvonga hali erishgani yo'q. Lekin u betakror chiroyi bilan bu unvonga juda munosib! Fikrimga qo'shilas ... Читать дальше »
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 11.02.2019 | Комментарии (0)

11.02.2019 в 10:08
Hozirgi kunda ko'pchilik ayollarning qalbidan munosib joy egallagan “Hovli” serialida qamoqxona mudiri Melis xonim rolini ijro etgan Deniz Barut 1983 yilning 29 martida Turkiyaning Izmir shahrida tug'ilgan. Uni o'ta ziyoli aktrisalardan deyish mumkin. Chunki Deniz Egey universiteti, Sport Akademiyasi hamda Bog'chashahar Universitetining “fotografiya va aktyorlik mahorati” fakultetlarini bitirib chiqqan.

Uni turkiyalik muxlislari aktrisa hamda boshlovchi sifatida yaxshi tanishadi.
Bo'yi – 1.80 santimetr, og'irligi esa 55 kg. Sochlari oltinrang kashtan rangida.
Deniz Barut “Lolalar”, “Hayotimiz o'z qo'limizda”, “Onalar va qizlar”, “Yo'qotilgan yillar” seriallarida suratga tushgan.
Telejurnalist sifatida esa “Yangiliklar”, “Xayrli tong, Turkiya” kabi ko'rsatuvlarni olib boradi.
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 11.02.2019 | Комментарии (0)

11.02.2019 в 09:46
2019 yil 9 fevral kuni Toshkent shahrining Yunusobod tumanida yashovchi, 14 yoshli o‘rta maktab o‘quvchisi F.T. (qiz) 3-qavatda joylashgan uyining deraza oynasi oldida mobil telefoni orqali o‘zini rasmga (selfi) tushirayotgan vaqtida ehtiyotsizligi sabab pastga tushib ketgan.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.
Natijada F.T. jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 11.02.2019 | Комментарии (0)

11.02.2019 в 07:21
Efiopiyada bir erkak o‘z dafn marosimi chog‘ida tirildi. Marhum haqida ko‘zda yosh bilan fikr bildirilayotgan mahal tobut ichidan taqillagan ovoz eshitilib qolsa deng.

Bu voqea odamlarni shu qadar qo‘rqitdiki, ular tumtaraqay bo‘lib qochib qolishdi. Natijada erkak tobutning ichidan o‘zi bir amallab chiqishga majbur bo‘ldi. Tobutkashning so‘zlariga ko‘ra, u bunday voqeani umrida birinchi marta ko‘rib turishi ekan.

Biroq oradan ikki oy o‘tib tirilgan erkak baribir jon taslim qildi.
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 10.02.2019 | Комментарии (0)

10.02.2019 в 14:40
Toshkentning Yunusobod tumanida 7-fevral kuni kechqurun 15 yoshli maktab o‘quvchisi bo‘g‘ib o‘ldirildi. Bu haqda “Daryo”ga Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Qizning jasadi uyga kiraverishda topilgan. Uning o‘limiga bo‘g‘ilish sabab bo‘lgani aniqlangan.

Joriy yilning aprelida qiz 16 yoshga to‘lardi. U 246-maktabda tahsil olardi.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Qizning o‘limida aybdorlikda gumonlanayotgan shaxs qo‘lga olingan.
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 08.02.2019 | Комментарии (0)

08.02.2019 в 10:18
Florida shtatining Tampa shahrida yashovchi ayol tug‘ilgan kunida begemot hujumga uchragani haqida aytib berdi, deb yozadi Inside Edition.

Kristen Yaldor 37 yoshini Afrikaga borib nishonlashga qaror qiladi. Turmush o‘rtog‘i bilan Zimbabve daryosi bo‘ylab qayiqda sayr qilayotgan vaqtda ularga begemot hujum qiladi. U qayiq ostidan kelib uriladi va ayol suvga tushib ketadi.

Qirg‘oqqa suzib borishga harakat qilgan vaqtda begemot tishlab oladi va suv ostiga tortib ketadi. Ayol uning og‘zidan chiqib ketishga urinadi. Begemotning jag‘ini ochib oyoqlarini tortib oladi va qirg‘oqqa suzib boradi.

Begemotdan qutulgan Kristen oyoqlarida katta jarohatga ko‘zi tushadi va qon yo‘qotishi oqibatida vafot etishidan qo‘rqib ketadi. Lekin uni vaqtida qutqarib qolishadi.
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 05.02.2019 | Комментарии (0)

05.02.2019 в 19:38
Bugun, 5-fevral kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “Avtomobil sanoati: kechagi kun va istiqbollar” mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi. Ushbu matbuot anjumanida “O‘zavtosanoat” AJ vakillari tizimdagi yangiliklar haqida ma’lumot berdi, deb xabar berdi “Daryo” muxbiri Sevara Nishonova.

“O‘zavtosanoat” AJ 2019-yildan boshlab yangilangan Cobalt avtomobilini ishlab chiqarishni rejalashtirgan edi. Biroq kompaniya ushbu qaroridan voz kechdi. Bu haqda “O‘zavtosanoat” AJ raisi o‘rinbosari Aziz Shukurov ma’lum qildi.

“Yangi Cobalt unchalik ham yangi emas. GM’ning o‘zida, Braziliyada ushbu loyiha 2016-yilda amalga oshirilgan edi. O‘zbekistonda joriy yilning oxirida Cobalt ishlab chiqarish to‘xtatiladi. Biz eski avtomobil modellarini ishlab chiqarish to‘g‘ri emas, degan xulosaga keldik. Shunday qilib, yangilangan Cobalt ishlab chiqarish bo‘yicha rejamizni bekor qilamiz”, — deydi Aziz Shukurov.

“O‘zavtosanoat” AJ 2019-yildan boshlab ya ... Читать дальше »
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 05.02.2019 | Комментарии (0)

05.02.2019 в 19:36
3-fevral kuni soat taxminan 23:40 Mirobod tumanida joylashgan Sarikul ko‘chasida sodir bo‘lgan janjal mudhish yakun topdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB axborot xizmati xabar bermoqda.

Qayd qilinishicha, ilgari sudlangan 22 yoshli Sulaymon S. va 19 yoshli Sergey F. bir qiz ustida talashib janjallashib qoladi. Shunda Sergey janjalda yordam so‘rab o‘rtoqlari 21 yoshli Serikbay K. va 16 yoshli Temur M.ni chaqiradi. Janjal natijasida Sulaymon S. Temurga pichoq urib voqea joyidan qochib ketadi. Tan jarohati olgan Temur M. shifoxonaga olib boriladi. Shifokorlarning urinishlariga qaramay, jarohatlarining og‘irligi sabab u vafot etadi.

Mazkur voqea yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (“Qasddan odam o‘ldirish”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi qo‘lga olingan.
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 04.02.2019 | Комментарии (0)

04.02.2019 в 20:42
2019-yilning 30-yanvar kuni Toshkent shahrining Uchtepa tumani Taqachi ko‘chasida yashovchi S.B. uyida o‘zaro janjal tufayli birga yashagan otasining tanasining turli joylariga qo‘llari bilan urib jarohat yetkazgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Natijada ota kasalxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay 2-fevral kuni vafot etgan. S.B. qo‘lga olindi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 03.02.2019 | Комментарии (0)

03.02.2019 в 18:08
Toshkent viloyatida ikki yosh qiz yo‘qolib qoldi. Bu haqda IIV xabariga tayanib, “Podrobno.uz” xabar bermoqda.

“2-fevral kuni Toshkent viloyati Zangiota tumanida yashovchi fuqaro IIBga murojaat qilib, kuni kecha 11:30 da rafiqasi 20 yoshli Sevara Yusufahmedova dugonasi Muxlisa Muzaffarova bilan uning uyidan noma’lum yo‘nalishda chiqib ketib, qaytmaganligini ma’lum qildi”, — deb ta’kidlaydi IIV.

Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari qidiruv tadbirlarini o‘tkazmoqda. Surishtiruv olib borilmoqda.
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 03.02.2019 | Комментарии (0)

03.02.2019 в 18:05
Singapur Xitoyda yangi innovatsion shahar qurishga yordam beradi. Shaharda taxminan 500 ming kishi yashashi rejalashtirilmoqda. Bu haqda CNBC xabar berdi.

Yangi aholi punkti Xitoyning kattaligi bo‘yicha uchinchi shahri bo‘lgan Guanchjoudan 45 daqiqalik masofada quriladi. Uning qurilishi bilan Guanchjouni rivojlantirish qo‘mitasi va Singapurning Ascendas-Singbridge davlat kompaniyasi ishtirokidagi qo‘shma korxona shug‘ullanmoqda.

Xabar berilishicha, qurilish besh yil avval boshlangan. Ayni paytda shaharda bitta tuman qurilgan bo‘lib, unda 80 ming nafar ishchi yashamoqda. Guanchjouning Bilimlar shahri nomini oladigan shaharning 129,5 kvadrat kilometr maydonni egallashi rejalashtirilmoqda.

Ikki mamlakat rasmiylari yangi shaharning fan va texnologiyalar rivojlanadigan va mintaqaviy iqtisodiy markazga aylanadigan bo‘lajak shahar bo‘lishiga umid bildirgan holda, olimlar va texnik xodimlarni bu shaharda yashashga chaqirmoqda.

Shuningdek, Xit ... Читать дальше »
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 01.02.2019 | Комментарии (0)

01.02.2019 в 11:57
AQSh, Germaniya va Fransiya olimlaridan iborat xalqaro olimlar guruhi muzlik qatlamining eng tez o‘zgarishi kuzatilayotgan G‘arbiy Antarktidadagi Tueytsa muzligining erishini qayd etdi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, faqat shu muzlikning o‘zi butun dunyo bo‘ylab okean suvi darajasining ko‘tarilishiga xizmat qilishi mumkin. Bu haqda Science Advances tomonidan ma’lum qilingan.

Muzlik Amundsen dengizning Pan-Aylend bo‘g‘oziga tushmoqda. Uning tezligi muzlikning yer bilan ulashgan va suzuvchi qismi chegarasida yiliga ikki kilometrni tashkil qilmoqda. Bu esa uni eng tezkor muzliklardan biriga aylantirmoqda. Olimlar uni G‘arbiy Antarktika muzlik shitining eng nozik qismi sifatida ko‘rmoqda. Muzlik qariyb ikki million kvadrat kilometr maydonni va 25,4 million kub kilometr hajmni egallaydi.

Ayni paytda Tueytsa muzligi o‘z o‘lchamlarini yo‘qotmoqda. Bunga eriyotgan muz miqdorining tushayotgan qor miqdoridan oshib ketgani sabab bo‘lmoqda. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, bu i ... Читать дальше »
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 01.02.2019 | Комментарии (0)

01.02.2019 в 11:56
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazdi, deb xabar berdi Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Tezkor tadbir davomida fuqarolar P.G. va G.P.lar o‘zlarining 3 oylik o‘g‘il farzandi M.ni fuqaro N.I.ga Mirzo Ulug‘bek tumani, A.Yugnakiy mavzesida 300 AQSh dollariga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan P.G. va G.P.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 31.01.2019 | Комментарии (0)

31.01.2019 в 12:13
Namanganda erini o‘ldirib kanalga oqizgan ayol va uning o‘ynashi qidirilmoqda. Bu haqda Bosh prokuratura “Daryo”ga ma’lum qildi.

Mazkur holat yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshirish davomida quyidagilar aniqlandi.

Ma’lum qilinishicha, D.K. turmush o‘rtog‘i 1989-yilda tug‘ilgan N.Yu. bilan yaqin qarindoshi – amakisining o‘g‘li, 1992-yilda tug‘ilgan V.K. bilan o‘zaro ishqiy munosabatda bo‘lib kelganligidan shubha qilib, 18-yanvar kuni spirtli ichimlik ichib, turmush o‘rtog‘i N.Yu. bilan uyida o‘zaro janjallashgan.

Bundan xabar topgan V.K. telefon orqali D.K.ni o‘zini xonadoniga chaqirib, xolasining o‘g‘li T.M.ga temir boltani berib, D.K. kelib, janjal qilishi bilan uning bosh qismiga bolta bilan qasddan urishi haqida ko‘rsatma bergan.

18-yanvar kuni soat 21:30 larda D.K. amakisi X.K. uyiga kelib, turmush o‘rtog‘i N.Yu. va V.K. o‘rtasidagi ishqiy munosabatlarni X.K. bilan muhokama qilayotgan vaqtida V.K. ham janjalga aralashgan p ... Читать дальше »
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 31.01.2019 | Комментарии (0)

31.01.2019 в 12:12
30-yanvar kuni Surxondaryo viloyat hokimligida Hindistonning “Alok Dizign Built” kompaniyasi direktori Alok Kumar Katare bilan bo‘lgan muloqotda Termiz City kompleksini bunyod etish yuzasidan kelishuvga erishildi. Bu haqda viloyat matbuot xizmati xabar berdi.

Kelishuvga ko‘ra, zamonaviy kompleks uchun shaharning Beruniy va Istiqlol ko‘chalari tutashgan bo‘sh yer maydonidan ajratilgan.

Muloqotda bu ishlar uchun “Alok Dizign Built” kompaniyasi 2019-yilning fevral oyida 60 million dollar miqdorida sarmoya kiritishi va qurilish ishlarini shu oyning o‘zida boshlab yuborishi belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, Termiz City kompleksini bunyod etish ishlarini 2020-yil oxiriga qadar to‘liq yakunlash ko‘zda tutilgan.
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 31.01.2019 | Комментарии (0)

31.01.2019 в 12:10
Majburiy ijro byurosi Qashqadaryo viloyat Nishon tuman bo‘limi tomonidan o‘z farzandini moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlab yurgan otalarni aniqlash va aliment to‘lovlarini undirish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda, deb xabar berdi MIBning Nishon tuman bo‘limi matbuot xizmati.

Nishon tuman hokimligi binosida keng jamoatchilik ishtirokida o‘tkazilgan ochiq sayyor sud majlisida jami to‘lanishi lozim bo‘lgan 143 861 995 so‘m aliment pulini to‘lovini bo‘yin tovlab kelayotgan 7 shaxsga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazolari tayinlandi.

Shuningdek olib borilgan targ‘ibot va qonon talablari tushuntirilishi oqibatida 4 shaxsdan 34 736 536 so‘m aliment to‘lovlarini undirishga erishildi.
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 29.01.2019 | Комментарии (0)

29.01.2019 в 12:55
2019-yil 27-yanvar kuni Samarqand viloyatining Paxtachi tumanida yashagan E.O‘.ning yuz qismida tan jarohatlari bilan jasadi topilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni 26-yanvar soat 22.00 larda E.O‘.ning birga yashovchi, turmush o‘rtog‘i, uy bekasi U.O‘. uyida o‘zaro janjal sabab mast holda bo‘lgan E.O‘.ning yuziga shisha idish bilan tanasining turli joylariga urib-tepib jarohat yetkazganligi aniqlanib, ushlandi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 29.01.2019 | Комментарии (0)

29.01.2019 в 06:40
Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanidagi 4-maktab direktori 11-sinf o‘quvchisini darsga kech qolgani uchun urgan. Bu haqda o‘smirning onasi viloyat prokuraturasiga murojaatida ma’lum qilgan.

Bosh prokuratura matbuot xizmatidan “Gazeta.uz”ga xabar berishlaricha, ayol o‘z arizasida berilgan zarba oqibatida o‘g‘lining quloq pardasi yirtib yuborganini bildirgan.

Jarqo‘rg‘on tuman prokuraturasi onaning arizasi asosida tergovoldi tekshiruv harakatlarini boshlagan. Sudga oid tibbiy ekspertiza o‘tkazish belgilangan.

Bosh prokuraturadan qo‘shimcha qilishlaricha, ushbu hodisa idora nazoratiga olingan.
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 27.01.2019 | Комментарии (0)

27.01.2019 в 07:29
« 1 2 3 4 5 ... 141 142 »
VOYBU.NET
Меню сайта
Статистика

Вход на сайт
Login:
Parol:
Copyright © 2013 VOYBU.NET Все права защищены.По всем вопросам пишите на voybu.net@mail.ru
%