VOYBU.NET
BIRINCHI MUSIQIY!
Контакты ГлавнаяMузыкаКлипыНовостиФотогалереяСтихиМобильная версия

Hindistonning Megxalaya shtati Shillong shahrida dunyodagi birinchi shishali masjid paydo bo‘ldi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston musulmonlar idorasi Matbuot xizmati.

Ushbu masjid barcha dinlarning birligi ramzi hisoblanadi”, — deydi Hindiston milliy ozchilik ishlari bo‘yicha Ittifoq davlat vaziri Vinsent H. Pala.

Vazir Madina masjidi deb nomlangan va Hindistondagi faqat shishadan qurilgan to‘rt qavatli ilk masjidning o‘ziga xosligi va alohida ma’naviy muhitini ta’kidladi.

Tungi vaqtda sun’iy qo‘shimcha yoritish vositalari sababli masjid o‘zgacha tarzda charaqlab turadi. Bir necha ming namozxonlarga mo‘ljallangan masjidda ayollar uchun alohida xonalar ko‘zda tutilgan.

Bu masjidda shuningdek bo‘lajak imom-xatiblarni yetishtirib chiqaradigan dinshunoslik instituti faoliyat yuritadi. Madina masjidi islom fanlari va dunyo dinlari haqidagi adabiyotlardan iborat kutubxona mavjud. Bu yerda istovchilarga Islom dini haqida ma’ruzalar va darslar ... Читать дальше »
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 03.04.2019 | Комментарии (0)

03.04.2019 в 06:12
Surxondaryo viloyati perinatal markazi Denov tumani bo‘limida ikki kunlik o‘g‘il chaqalog‘ini 2 ming dollarga sotayotgan Sabohat Ashurova (Ism-shariflar o‘zgartirildi) viloyat ichki ishlar idorasi tezkor xodimlari tomonidan ushlandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Tumandagi Ostona mahallasida yashovchi Sabohat bu ishni oldindan til biriktirib, tumandagi Yangihazarbog‘ mahallasilik Soliya Jo‘lliyeva va uning mazkur bo‘limda hamshira bo‘lib ishlaydigan singlisi Noliya Jo‘lliyevalar bilan tadbirga jalb etilgan mijozga pullayotgan paytda ashyoviy dalil bilan qo‘lga tushib qolgan. Ikki ming dollar tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.

Mazkur holat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 02.04.2019 | Комментарии (0)

02.04.2019 в 14:02
Buyuk Britaniyada yashovchi 55 yoshli Emma Mayls o‘smirlik davrida bepushtlik tashxisi qo‘yilgan qizi uchun surrogat ona bo‘ldi, deya xabar beradi “Korrespondent”.

Emma Mayls qizining 15 yoshida uning bepushtligi haqida bilgan. Shifokorlar uning bachadoni yo‘qligini aniqlagan. Bir yil o‘tgach qizga Mayer-Rokitanskiy-Kuster-Xauzer sindromi tashxisi qo‘yilgan, bu ayol jinsiy organlarining rivojlanish nuqsonidir. Buni bilgach ona qizi uchun qo‘lidan kelgan barchasini qilishga va’da bergan.

“Men onam bir kun mening farzandimni dunyoga keltirishini bilardim”, — deydi qiz.

2016-yilda turmush qurgan qiz onasidan surrogat ona bo‘lishini so‘ragan. U esa rozi bo‘lgan.

Ayol ekstrakorporal urug‘lantirish muolajasini o‘tash uchun 38 kilogramm vazn tashladi va gormonal dorilar qabul qilgan. U kesarcha kesish yo‘li orqali sog‘lom bola dunyoga keltirgan.
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 02.04.2019 | Комментарии (0)

02.04.2019 в 13:22
2019-yil 30-mart kuni soat 14.00 da Toshkent shahar IIBB navbatchilik qismiga qotillik holati haqida xabar kelib tushdi. Bu haqda UzNews ma’lum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, shu kuni taxminan soat 13:55 da Mirzo Ulug‘bek tumani, Sayram ko‘chasi, 3a-uydagi xonadon oshxonasidan ushbu manzilda yashagan ayolning murdasi qotillik alomatlari bilan topilgan.

Bosh prokuratura jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi rahbari Surayyo Rahmonovaga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat Kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda o‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish bo‘limi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Manba: Daryo.uz
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 31.03.2019 | Комментарии (0)

31.03.2019 в 08:31
Samarqandning Registon maydoni ro‘parasida oq-qizil rangdagi piyodalar o‘tish yo‘lagi paydo bo‘ldi.

Mazkur yangilik haydovchilar diqqatini jalb etish, piyodalar tomonidan yo‘l harakati qoidalariga to‘liq amal qilinishini ta’minlash maqsadida joriy etilgani bildirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Toshkentdagi Amir Temur xiyoboni atrofida ham ilk bor shunday yo‘lak paydo bo‘lgandi.
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 31.03.2019 | Комментарии (0)

31.03.2019 в 08:23
Telegram’da shaxsiy yozishmani ham o‘zida, ham suhbatdoshida o‘chirish funksiyasining kiritilishi ko‘pchilik foydalanuvchilar noroziligiga sabab bo‘ldi. Shu sababli ushbu messenjer asoschisi Pavel Durov so‘rovnoma o‘tkazishga qaror qildi, deb yozadi Spot.

Avval foydalanuvchilar so‘nggi 48 soat davomida yuborilgan xabarlarni o‘chira olardi. Bunda faqat o‘zi yuborgan xabarlarni o‘chirish mumkin edi. Endi esa foydalanuvchilar suhbatda yozilgan barcha xabarlarni jo‘natilgan vaqtiga qaramay, ikki tomondan ham o‘chirib yubora olish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Ushbu funksiya bo‘yicha Pavel Durov tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnomada 1,1 milliondan ortiq foydalanuvchi ishtirok etgan.

Ularning yarmidan ko‘pi (52 foizi) yangi funksiyadan norozi ekanini bildirib, uni bekor qilishga ovoz bergan.
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 30.03.2019 | Комментарии (0)

30.03.2019 в 21:00
Toshkent shahrining Chilonzor tumanida yangi qurilayotgan ko‘p qavatli uylardan birida baxtsiz hodisa sodir bo‘lgan. Bu haqda UZ24 “Zamon” dasturiga tayanib xabar bermoqda.

Uyning sinovdan o‘tkazilayotgan lifti andijonlik 24 yashar ishchini bosib qolgan. Toshkent shahar FVB qutqaruv otryadi tomonidan unga yordam ko‘rsatilib, 16-shahar klinik shifoxonasiga yetkazilgan.

Ayni vaqtda bemor shok holatida ekani ma’lum qilingan.
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 27.03.2019 | Комментарии (0)

27.03.2019 в 20:13
19 yashar Erkin I. Mirzo Ulug‘bek tuman IIBga tamagirlik holati yuzasidan murojaat qildi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Yigit undan 500 AQSh dollari talab qilayotgan 31 yoshli Durdona I. va 33 yashar Mahfuza X. ga nisbatan chora ko‘rishni so‘ragan. Ayollar pul berilmagan taqdirda Erkin ularni go‘yoki zo‘rlagani haqida huquq-tartibot idoralariga arz qilish bilan qo‘rqitgan.

Talab qilingan summani olayotgan paytda ikki ayol ashyoviy dalil bilan ushlandi. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 17.03.2019 | Комментарии (0)

17.03.2019 в 17:00
Ko'plab tomoshabinlarning e'tirozlariga sabab bo'lgan “Hovli” seriali O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taqdimnomasiga asosan efirdan olib tashlangan.

Telekanal esa bu xabarni rad etdi. Shunchaki serialning ilk mavsumi o'z yakuniga yetganligi va keyingi mavsumni namoyish etishlarini bildirishmoqda. Ammo keyingi mavsum aynan qachon efirga uzatilishi haqida telekanal izoh berayotgani yo'q.
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 15.03.2019 | Комментарии (0)

15.03.2019 в 10:32
Hech e'tibor berganmisiz, so'nggi paytlarda nodavlat telekanallari tomonidan efirga uzatilayotgan juda ko'p seriallar qoq o'rtasida to'xtatib qo'yilib, keyin davom ettirilmayapti. To'xtatishning ajoyib yo'lini ham topib olishgan: birinchi mavsum tugadi. Birinchi mavsum tugashga tugaydiku-ya, ikkinchi mavsumni «tuya go'shti yeb ketadi». Kutaverib toqatlar toq bo'ladi. Bora-bora yangi seriallarga alahsib, unutib yuboradi, kishi. Lekin boshlangan namoyishni oxirigacha yetkazmaslik mas'uliyatsizlik emasmi?!

Tan olish kerak, ayrim seriallar yoshlarga yomon o'rnak bo'layotgani bois taqiqlab qo'yildi. Hatto ekranlardan olib tashlandi. Biroq nega telekanal muharrirlari shu seriallarni ekranga qo'yish oldidan barcha ikir-chikirlarigacha o'rganib chiqmaydi, salbiy va ijobiy ta'sirini o'rganmaydi. Uni hamma ko'rib, atrofdan tanqidlar yomg'irdek yog'ishini kutish shartmi?

Shu masalani telekanal ijodkorlari yaxshilab o'ylab ko'rishlari lozim. Serial ekranga qo'yilguncha hi ... Читать дальше »
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 15.03.2019 | Комментарии (0)

15.03.2019 в 10:25
Hindistonlik tadbirkor soch ko‘chirib o‘tkazish operatsiyasidan keyin vafot etdi. Bu haqda Times of India xabar berdi.

Logistika kompaniyasi xo‘jayini 43 yoshli Shravan Kumar Chaudxari Mumbaydagi plastik operatsiyaga ixtisoslashgan xususiy klinikalardan biriga 8-mart kuni oilasidan yashirincha murojaat qilgan.

Erkak 500 ming rupiya evaziga (72 dollar) bir vaqtning o‘zida 9250 soch tolasini ko‘chirib o‘tkazishni so‘ragan. Qoidaga ko‘ra, operatsiya davomida 3 mingdan ortiq soch tolasini o‘tkazish mumkin emas. Plastik jarroh faqat 3,7 ming soch tolasini ko‘chirib o‘tkazishga rozi bo‘lgan. Operatsiya 12 soat davom etgan. Qoidaga ko‘ra, operatsiya uzog‘i bilan 6—8 soat davom etishi kerak.

Jarrohlik amaliyotidan so‘ng erkakda og‘ir allergik reaksiya — anafilaktik shok boshlangan. Bo‘g‘ila boshlagan tadbirkor kasalxonaga yotqizilgan. Bir necha organlari ishdan chiqqach, tadbirkor ertasi kuni organ yetishmovchiligidan vafot etgan.

Klinikaning ... Читать дальше »
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 15.03.2019 | Комментарии (0)

15.03.2019 в 10:04
Rossiya, Shveysariya va AQSh olimlari termodinamikaning ikkinchi qonunini buzdi va bir necha daqiqaga o‘tmishga qaytishni uddasidan chiqdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.

Tadqiqotchilar o‘tmish va kelajak o‘rtasidagi farq bilan bog‘liq bo‘lgan Ikkinchi qonunni buzishga muvaffaq bo‘lgan. Unga ko‘ra, butun koinot uchun entropiya oshib bormoqda. Olimlar esa termodinamikaning ikkinchi boshlanishi kvant darajada buzilganini aniqlagan. Ushbu kuzatish tez va sekin harakat qiluvchi molekulalarni ajratish bilan shug‘ullanuvchi “jin Maksvell”ning analogiyasini yaratishga yordam bergan.

Xabarda aytilishicha, turli mamlakatlar ekspertlari kamida bitta zarrachaning o‘tmishga qayta olishini tekshirishga qaror qilgan. Bir qator tajribalardan so‘ng, elektron o‘z-o‘zidan o‘tmishga tushishi mumkin, ammo hozircha faqat bir necha soniya uchun.

Olimlarning hisob-kitoblariga ko‘ra bunday hodisa kamdan-kam uchraydi va ehtimol, butun dunyo tarixida bir marta bo‘lishi ... Читать дальше »
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 14.03.2019 | Комментарии (0)

14.03.2019 в 07:38
12-mart kuni soat 02:07 da Jomboy tuman qo‘riqlash bo‘limi TQPga tumanning Galakapa ko‘chasida joylashgan “Jasur-Sanjar savdo” MChJga qarashli kiyim do‘koniga buzib kirish holati ro‘y berganligi haqida signal kelib tushdi. Bu haqda Samarqand viloyat IIB matbuot xizmatining “Daryo”ga ma’lum qildi.

Jomboy tuman IIB TQPning tezkor harakatlanuvchi guruh a’zolari voqea joyiga yetib borib obyektni ko‘zdan kechirganda obyektning ko‘cha tomondagi oynasi g‘isht yordamida sindirilganligi aniqlangan. Do‘kon ichida bo‘lgan 18 yoshli T.M. qo‘lga olingan.

Kiyim-kechak do‘koniga o‘g‘rilikka kirgan T.M. Jomboy tumanidagi 26-umumta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi ekanligi aniqlangan va tuman IIBga olib kelib topshirilgan.

Holat bo‘yicha Jomboy tuman IIB tomonidan surishtirish ishlari olib borilmoqda.
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 13.03.2019 | Комментарии (0)

13.03.2019 в 19:51
13-mart kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida sudlanuvchilar Shodali Qilichov, Saidazim Kamoldinov, Alijon Xamrayev va Jahongir Yorqulovga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni nihoyasiga yetdi va sud hukmi e’lon qilindi. Bu haqda “Daryo”ga Oliy sudi rasmiy vakili Aziz Obidov ma’lum qildi.

Mazkur jinoiy ishi sudya Sarvar Karimov raisligida hamda xalq maslahatchilari A. Nishonov va M. Mirag‘zamovdan iborat sud tarkibida ko‘rib chiqdi.

Sud jinoyat ishi materiallarini har tomonlama va to‘liq o‘rganib chiqib, Shodali Qilichovni Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 2-qismi “v”, “j” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda, Saidazim Kamoldinov, Alijon Xamrayev va Jahongir Yorqulovni Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) 3-qismi “g” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganliklarida aybdor deb topdi.

Sud hukmiga asosan Shodali Qilichovga 18 yil ozodlikdan mahrum qilish jazo ... Читать дальше »
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 13.03.2019 | Комментарии (0)

13.03.2019 в 19:49
O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahri dunyoning yashash uchun eng yaxshi shaharlar reytingida 201-o‘rinni egallab, Dushanbe shahrini ortda qoldirdi, deb ma’lum qildi Sputnik Mercer xalqaro konsalting kompaniyasiga tayanib.

Vena shahri ketma-ket o‘ninchi marta reyting yetakchisiga aylandi. Reytingda Syurix 2-o‘rin, Vankuver esa 3-pog‘onadan joy oldi.

Mercer reytingiga ko‘ra, dunyoning hayot uchun eng yaxshi shaharlar o‘ntaligiga Myunxen, Oklend, Dyusseldorf, Frankfurt, Kopengagen, Jeneva va Bazel shaharlari kiritilgan.

Reytingda Moskva 167-o‘rinni egalladi. Bishkek 211-o‘rin, Olmaota esa 181-pog‘onadan o‘rin oldi. Dushanbe 209-o‘ringa loyiq deb topilgan.

Kompaniya ma’lumotiga qaraganda, kompaniya dunyoning 231 ta shahrini taqqoslagan. Reyting tuzishda yashash, iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy sharoitlar, transport, oziq-ovqat, maishiy tovar sifatlari hamda ta’lim va tibbiyot darajalari inobatga olingan.

Dunyoning yashash uchu ... Читать дальше »
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 13.03.2019 | Комментарии (0)

13.03.2019 в 19:47
Hukumat farmoyishiga asosan butun O‘zbekiston bo‘ylab “Yashil xiyobon”lar tashkil etiladi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda.

Hujjatda ta’kidlanishicha, respublika hududlarida 2018-yil kuz mavsumida 5,5 milliondan oshiq manzarali daraxt va buta ko‘chatlari ekilgan bo‘lib, 2019-yil bahor mavsumida esa 150 milliondan oshiq manzarali va mevali daraxt hamda buta ko‘chatlari ekilishi rejalashtirilmoqda.

Bundan tashqari, joriy yilda har bir tuman markazlarida kamida 10 gektar maydonda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyat markazlarida hamda Toshkent shahrining Sergeli tumanida kamida 15 gektar maydonda “yashil xiyobon”lar tashkil etilib, unda piyodalar va velosipedlar uchun yo‘lakchalar, o‘rindiqlar ham tashkil etilishi nazarda tutiladi.
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 12.03.2019 | Комментарии (0)

12.03.2019 в 07:22
Nottingem universiteti olimlari o'tkazgan tadqiqotlar davomida ro'zg'or uchun sotib olingan plastik buyumlar erkaklarni oqibatda bepushtlikka duchor etishi mumkinligi aniqlandi. Bunga plastik buyumlar tarkibidagi DEHP va PCB153 kimyoviy elementlari sababchi bo'ladi. Xuddi shu elementlar erkak organizmiga salbiy ta'sir o'tkazgan holda bepushtlikni keltirib chiqaradi. Eslatib o'tamiz, bunday elementlar bolalarning yumshoq o'yinchoqlarida ham ko'p uchraydi. Shunday ekan, erkaklar ro'zg'orda ishlatiladigan plastik buyumlardan kamroq foydalanganlari ma'qul.
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 09.03.2019 | Комментарии (0)

09.03.2019 в 10:35
Qarshi va Shahrisabz shaharlarida Respublikaning yetakchi oliy ta’lim muassasalari filiallari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga tayanib, O‘zA xabar berdi.

Xabarda qayd etilishicha, 2019/2020-o‘quv yilidan Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining Qarshidagi filiali, Toshkent davlat pedagogika universiteti va Toshkent kimyo-texnologiya institutining Shahrisabzdagi filiallari talabalarni o‘qitishni boshlaydi.
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 09.03.2019 | Комментарии (0)

09.03.2019 в 10:34
Shu haqda Lotte van der Zee ning instagramdagi sahifasida rasman xabar tarqatilgan. Xabarda yozishlaricha, qiz Avstriyadagi kurortlardan birida dam olayotgandi. Kuni kecha ertalab yotog'iga kirganlar uni behush holda ko'rishdi va darhol vrach chaqirishdi. Vrachlar qizni sun'iy koma holatiga tushirib, kasalxonaga olib ketishdi. Afsuski, Lotte van der Zee komadan chiqmay vafot etdi. Mutaxassislar qiz yurak xuruji tufayli o'lim topganini bayon qilishdi. Achinarlisi, 20 yoshni qarshilashiga 1 kungina vaqt qolgan ekan. Fojia sabablarini mahalliy huquqni muhofaza qilish tashkiloti vakillari aniqlashmoqda.
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 09.03.2019 | Комментарии (0)

09.03.2019 в 10:32
Fojia Chexiyaning Zlinskiy o'lkasiga qarashli Zdexov qishlog'ida yuz berdi. 34 yoshli Mixal Prasek hovlisiga ikkita qafas o'rnatib, birida erkak, ikkinchisida urg'ochi sherni asrardi. Ammo vahshiy hayvonlarni uyida asrash uchun litsenziyasi yo'qligi sababli huquqni muhofaza qilish tashkiloti xodimlari tarafidan siquvga olingan. Qishloqdagilar ham bunday xavfli jonivorlarni saqlayotganidan norozi edilar. Ko'p marotaba mahalliy rahbarlarga arz ham qilishgan. Qolaversa, yaqinda urg'ochi sherni ko'chada arqonga solib sayr qildirayotganda, velosipedda kelayotgan yigit unga urilib ketib, baloga qolgan. Yigitni urg'ochi sher tirmalab tashlagan. U jiddiy tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgandi.

Marhumning xonadoniga yetib kelgan politsiyachilar ikkala sherni ham otib o'ldirgachgina, Mixalning tilkalangan jasadini qafasdan olib chiqishdi.
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 07.03.2019 | Комментарии (0)

07.03.2019 в 07:40
« 1 2 3 4 ... 143 144 »
VOYBU.NET
Меню сайта
Статистика

Вход на сайт
Login:
Parol:
Copyright © 2013 VOYBU.NET Все права защищены.По всем вопросам пишите на voybu.net@mail.ru
%