Ср, 24.07.2019, 03:23
Voybu.Net
Приветствую Вас Mexmon | RSS

Меню сайта
Категории раздела
Yangiliklar [2667]
Yangiliklar Foto [51]
Munajjimlar Bashorati [18]
Sport Yangiliklar [140]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 259
Мини-чат
Статистика


Britaniya telekanallarida aytilishicha, Islandiyada Bardarbunga vulqoni otila boshlagani munosabati bilan vulqon joylashgan hududda aviatsiya uchun “qizil ogohlantirish” e’lon qilindi. Ogohlantirish, asosan, Islandiya ustidan parvozni amalga oshiruvchi fuqarolik aviakompaniyalariga tegishlidir. Bu haqda “ITAR-TASS” xabar bermoqda.
Hozircha vulqon otilishining Bardarbunga hududidagi havo kemalari harakatiga qanday ta’sir o‘tkazishini prognoz qilish mushkul. Vulqon tutuni samolyot dvigatellariga xavf solishi mumkin.
So‘nggi kunlarda Bardarbunga hududida yer silkinishi juda ko‘p marotaba kuzatilgan edi. Ularning ichida eng kuchlisi 4,5 magnituda bilan sodir bo‘ldi. Islandiya hukumati vulqonga yaqin joylardagi odamlarni evakuatsiya qilib, Bardarbungga boradigan yo‘llarni yopib qo‘ydi.
Vulqon xavfining “olovrang” darajasi (to‘rt darajadan uchinchisi) 18-avgust kuni e’lon qilindi. So‘nggi — “qizil” daraja vulqon otila boshlanganda e’lon qilinadi.
Ma’lumot uchun, B ... Читать дальше »
Категория: Yangiliklar | Добавил: Faxa | Дата: 25.08.2014 | Комментарии (0)

25.08.2014 в 20:00
Ice Bucket Challenge aksiyasi bo‘lib o‘tayotgani va unda Apple, Facebook, Microsoft kompaniyalarining rahbarlari ishtirok etgani haqida avval xabar berilgan edi. Gadjetlar olamidan bu ishni birinchi bo‘lib Samsung Galaxy S5 smartfoni bajardi. Bu haqda Phonearena.c om sayti ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.
Samsung kompaniyasi Galaxy S5 smartfonining suvga chidamli ekanligini ko‘rsatish maqsadida uning ustidan muzdek suv quyib yuborib, iPhone 5s, HTC One (M8) va Nokia Lumia 930 smartfonlarini bu ishni qilishga undadi.
Taqdim etilgan videorolikda Galaxy S5 smartfoni S Voice dasturi yordamida gapiradi. Unda smartfon suvning muzdekligini ta’kidlab, o‘z ovozida yuqoridagi smartfonlarni ushbu aksiyaga chorlaydi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu aksiya Sharko kasalligi – mushak falaji bilan og‘riganlarni davolash uchun hayriya puli yig‘ish maqsadida o‘tkazilmoqda. Uning shartlariga ko‘ra, o‘z ustidan muzdek suv quyishga chaqirilgan kishi, bu ishni amalga oshirishi y ... Читать дальше »
Категория: Yangiliklar | Добавил: Faxa | Дата: 25.08.2014 | Комментарии (0)

25.08.2014 в 19:58
O‘zbekiston Buryatiya Respublikasiga (Rossiya Federatsiyasi subyekti) sabzavot va to‘qimachilik mahsulotlari yetkazib berishga tayyor. Bunday taklif bilan “Markazsanoateksport” davlat kompaniyasi Buryatiya hukumatiga murojaat qildi, deya xabar bermoqda Anhor.uz.
Buryatiya Iqtisodiyot vazirligi xabariga ko‘ra, avgust oxirida kompaniya xodimlari Buryatiyada bo‘lib, yangi uzilgan va qayta ishlangan meva-sabzavot, shuningdek to‘qimachilik mahsulotlari yetkazib berish imkoniyatlarini o‘rganadi.
Kompaniya yetkazib beradigan mahsulotlar ro‘yxatidan 70 dan ortiq nom o‘rin olgan. Yuqori texnologiyali Yevropa uskunalari, ishlab chiqarish ustidan kunlik nazorat, quritish, saqlash, konservatsiyalash old texnologiyalari, ishlab chiqarish me’yor va qoidalariga qat’iy rioya qilish — mahsulotlar sifatining kafolati hisoblanadi, deyiladi xabarda.
“Markazsanoateksport” kompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tizimida asos so ... Читать дальше »
Категория: Yangiliklar | Добавил: Faxa | Дата: 25.08.2014 | Комментарии (0)

25.08.2014 в 19:56
Donetskdagi Ukraina chempioni “Shaxtyor”ga tegishli “Donbass Arena” stadioniga bomba kelib tushdi. Bu ma’lumotni klub bosh direktori Sergey Palkin ham tasdiqladi, deb xabar bermoqda “Olamsport”.
Palkinning so‘zlariga ko‘ra, bitta bomba stadionga, ikkinchisi energetika markaziga tushgan. Natijada “Donbass Arena”ning shimoli-g‘arbiy fasadiga zarar yetgan. Stadion xizmatchilaridan hech kim shikastlanmagan.
Категория: Yangiliklar | Добавил: Faxa | Дата: 25.08.2014 | Комментарии (0)

25.08.2014 в 19:51
WhatsApp – lahzalik xabar almashish dasturining asoschisi va rahbari Yan Kumning so‘zlariga ko‘ra, dasturning oylik faol foydalanuvchilari soni 600 milliondan oshdi. Bu haqda Phonearena.c om sayti ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.
Aprel oyida WhatsApp foydalanuvchilari soni oyiga 500 millionni tashkil etar edi. Taqqoslash uchun, o‘sha paytda Facebook “messenjer”idan foydalanuvchilar soni oyiga 200 million bo‘lgan, hozirda esa bu ko‘rsatkich 800 milliondan ortiq.
Shuningdek, Instagram’ning oylik foydalanuvchilari soni 200 million bo‘lsa, yana bir xabar almashish dasturi – WeChat Xitoyda mashhurroq va uning oylik foydalanuvchilari soni 438 millionni tashkil etadi.
Категория: Yangiliklar | Добавил: Faxa | Дата: 25.08.2014 | Комментарии (0)

25.08.2014 в 19:42
Toshkent shahrining Hamza tumani nomini o‘zgartirish vaqti yetib kelgani haqida fikr-mulohazalar yangramoqda. Xususan, pedagogika fanlari doktori, professor Muhammadjon Quronovning “Xalq so‘zi” gazetasining 2014-yil 23-avgust sonida chop etilgan maqolasida ta’kidlanishicha, Toshkentda joylarga nom berishda shoshma-shosharlikka berilmasdan, chuqur o‘ylab, xalq bilan fikrlashib, bosqichma-bosqich ish olib borilmoqda, deb xabar berdi “Kun”.
Muhammadjon Quronov 1968 yilning 31 yanvarida Kuybishev va Lenin rayonlarini ixchamlashtirish hisobidan Toshkent shahri tarkibida Hamza rayoni tuzilganini hamda bunday qaror qabul qilishda tarixiy, ijtimoiy-ma’naviy omillar mutlaqo e’tiborga olinmaganligini qayd etadi. “Faqat bitta mezon — hukmron mafkura g‘oyalarini singdirishda qo‘l keladigan omil — ‘inqilob kuychisi’ degan soxta qiyofa hisobga olingan, xolos”, — deydi u.
Xabar berishlaricha, poytaxtning ulkan hududini egallagan, 200 mingdan ziyod aholi yashab, mehnat qilayotgan Hamza t ... Читать дальше »
Категория: Yangiliklar | Добавил: Faxa | Дата: 25.08.2014 | Комментарии (0)

25.08.2014 в 19:39
24 август куни Калифорниянинг шимолида рўй берган ер силкиниши оқибатида 172 нафар фуқаро жароҳатланди. Бу ҳақда day.az нашри хабар беради.
6 балли ушбу ер силкиниши туфайли жабр чеккан фуқаролар Напа шаҳридаги касалхоналарга етказилган. Чунки бу ер силкинишлари содир бўлган жойга энг яқин бўлган касалхоналардан биридир.
Фуқаролар орасида юрак хуружи, нафас етишмовчилиги, тана суякларининг синиши кабилардан азият чекканлар ҳам бор. Маълумотларга кўра, улар орасида фақат битта фуқаронинг ҳаёти хавф остида, касалхонада даволанаётган 12 кишининг эса ахволи анча қониқарли.
Ер силкиниши оқибатида 115 та бинога зарар етган. Айни вақтда Напада истиқомат қилувчи 7,3 минг киши электрсиз қолган.
Категория: Yangiliklar | Добавил: Faxa | Дата: 25.08.2014 | Комментарии (0)

25.08.2014 в 19:34
Tarvuz mamlakatimiz poliz ekinlari qadim
zamonlardan beri yetishtiriladi. O‘zbekiston
o‘zining shirin ta’mli va ajoyib shifobaxsh
xususiyatlarga ega poliz mahsulotlari bilan
dunyoga dong taratgan. Bu haqda “Xalq
so‘zi” nashri yozadi. Tarvuzning etida
glyukoza, fruktoza va saxaroza ko‘rinishida
to‘planadigan 12 foizgacha yengil
o‘zlashtiriladigan qandlar mavjud.
Shuningdek, unda C, B1, B2, A, foliy kislotasi,
pektin moddalari, karotinoidlar, kaliy tuzlari,
temir, magniy va kalsiy moddalari,
aminokislotalar ham bor.
Tarvuz qadimdan dori vositasi sifatida
qo‘llaniladiOlim tabib Mahammad
A’zamxonning “Buyuk ummon” asarida
tarvuzning etini yilning issiq davrida paydo
bo‘ladigan kuydiruvchi bezgakda foydalanish
haqidagi ma’lumotlar keltiriladi. Tarvuzni jigar
kasalliklarida, qon quyulib qolishida va
organizmdan shlaklarni chiqarishda
qo‘llashgan. ... Читать дальше »
Прикрепления: Картинка 1
Категория: Yangiliklar | Добавил: Админ | Дата: 25.08.2014 | Комментарии (0)

25.08.2014 в 10:07
Ватанимиз мустақиллигини мустаҳкамлаш,
миллий ғояни ривожлантириш,
маънавиятимизни тиклаш, ўзлигимизни
англаш йўлида катта ҳисса қўшган, ёрқин
истеъдоди ва ижоди, илмий фаолияти,
ҳалол хизмати, ёшларни она юртга
муҳаббат, истиқлол ғояларига садоқат
руҳида соғлом ва баркамол этиб
тарбиялаш ҳамда жамоат ишларидаги
фаол иштироки учун бир неча
юртдошларимизни фахрий унвонлар ва
орденлар билан тақдирлаш тўғрисида
Президент фармони эълон қилингани
ҳақида хабар бергандик.
Унга кўра, Озодбек Назарбеков “Эл-юрт
ҳурмати” ордени билан мукофотланди.
Эслатиб ўтамиз, Озодбек Назарбеков 2007
йил “Ўзбекистонда хизмат кўрсатган
артист”, 2010 йил эса “Ўзбекистон Халқ
артисти” унвонига сазовор бўлганди.
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 24.08.2014 | Комментарии (0)

24.08.2014 в 08:55
Японияда содир бўлган сув тошқинлари ва
ўпиришлар оқибатида 42 киши вафот
этди, дея хабар беради korrespondent.net
нашри.
Маҳаллий оммавий ахборот
воситаларининг хабарларига кўра, 43
киши бедарак йўқолган саналмоқда.
Хиросима ҳудудида 3000 га яқин
қутқарувчилар ахолини эвакуация қилиш
ва бедарак йўқолганларни излаш билан
банд.
Сув тошқинлари оқибатида 100 000 дан
ортиқ одамлар ўз уйларини ташлаб
кетишга мажбур бўлишган.
Прикрепления: Картинка 1
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 24.08.2014 | Комментарии (0)

24.08.2014 в 08:32
Apple iPhone 6 smartfonining 128 Gb ichki
xotirali turi ishlab chiqarilishi mumkin.
iPhone smartfonlarining ichki xotirasi
kengaytirib bo‘lmasligi sababli ko‘pchilik
foydalanuvchilar kattaroq xotirali smartfon
ishlab chiqarilishini so‘rar edi. So‘nggi ishlab
chiqarilgan eng katta ichki xotiraga ega ilk
smartfon iPhone 4s bo‘lib, uning xotirasi
64 gigabaytni tashkil etadi.

Endilikda esa, Apple kompaniyasi yangi
iPhone 6 smartfonida 128 Gb Toshiba NAND
xotira kartasini o‘rnatishi mumkin. Biroq,
bunday xotiraga ega smartfon 4,7 dyuym
yoki 5,5 dyuymli iPhone 6’dan qaysi biri
bo‘lishi noma’lum. Taxminlarga ko‘ra, 128 Gb
xotiraga ega smartfonning narxi 849 dollar
bo‘ladi.
Прикрепления: Картинка 1
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 24.08.2014 | Комментарии (0)

24.08.2014 в 08:28
Hindistonlik 8 yoshli bolakay shaxardagi
barcha shifokorlarni hayratga solmoqda.
Ayni damda uning xar bir kaftining og'rligi
8 klogrammga yetdi. Bu haqda Daily Mail
nashri xabar beradi.
Kalim ismli bu bolakay oddiy uy
yumushlarini xam bajarishga qiynaladi.
Aynan shu sababli xam u maktabga bormay
qo'ydi va yana bir qancha narsalardan voz
kechdi.
“Maktabga do'stlarim va o'qituvchilarning
qo'llarimdan qo'rqqanlari sababli
bormayman. Aksariyat holatlarda ular meni
masxaralashadi, xafa qilishadi. Chunki men
bsohqa o'rtoqlarim qila oladigan odatiy
yumushlarni xam, qila olmayman” - deydi
Kalim. Kalimning ota onasi bir oyda atigi 25
dollar miqdorida pul topishadi. Shunday
bo'lsada ular Kalimning dardiga davo berish
mumkin bo'lgan shifokorlarni
qidirishmoqda. Ayni vaqtgacha ular murojat
qilgan xech bir shifokor bolakayning
kasalligini davolay ... Читать дальше »
Прикрепления: Картинка 1
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 24.08.2014 | Комментарии (0)

24.08.2014 в 08:23
Amerikalik qo‘shiqchi Ledi Gaga sevgilisi Teylor Kinniga yer sayyorasidan tashqarida turmushga chiqishni mo‘ljallamoqda. Bu haqda “Segodnya” xabar bermoqda.
OAVlarining ma’lum qilishicha, 28 yoshli yulduz va 33 yoshli Teylor Virgin Galactic kosmik kemasi bortida turmush quradi. Nikoh marosimi 2015-yil boshida o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.
Ledi Gaga atrofidagilarning so‘zlariga ko‘ra, ikki yosh bunday ajoyib imkoniyatni qo‘ldan boy bermaslik haqida o‘ylamoqda. Xonanda bu ishni fazodagi birinchi kelin bo‘lish niyatida rejalashtirdi.
O‘tgan yili noyabr oyida Ledi Gaga yer sayyorasidan tashqarida konsert berishini e’lon qilgan edi. Fazoda konsert beruvchi birinchi xonanda bo‘lgani bois Ledi Gaga xohish bildirganlar kosmosga yuborish bilan shug‘ullanuvchi Richard Brenson kompaniyasi xizmatidan bepul foydalanadi.
Xizmatdan, shuningdek, Eshton Katcher, Bred Pitt va Anjelina Joli singari yulduzlar ham foydalanishni mo‘ljallamoqda.
Прикрепления: Картинка 1
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 21.08.2014 | Комментарии (0)

21.08.2014 в 18:33
Айни вақтда 27 ёшда бўлган футбол юлдузи Месси деярли барча совринларни қўлга киритишга улгурди. Футболчининг ютуқлари испан режиссери Алекса де ла Иглесиани илҳомлантирган бўлса ажабмас!
Сабаби режиссер “Месси” деб номланган фильмни суратга олди.Фильм сценарий муаллифи Хорхе Вальдано. Тасвирлар асосан Аргентина ва Барселонада суратга олинган. Фильмда футболчи ҳаётидан муҳим воқеалар ҳикоя қилинади. Унда Мессидан ташқари Менотти, Марадона, Вальдано ва Кройфф каби футбол юлдузларини ҳам кўриш мумкин.
Фильм илк бор ЖЧ-2014 вақтида Рио-де-Жанейрода тақдим этилган ва 6 сенябрь куни Венециядаги фестивалда намойиш этилиши режалаштирилган.
Прикрепления: Картинка 1
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 21.08.2014 | Комментарии (0)

21.08.2014 в 18:31
Қайси дастурчи Google компанияси учун ишлашни истамайди? Ушбу компания хар йили энг исталган иш жойлар рўйхатида юқори поғоналарда боради. Аммо, у ердаги маош ҳақида маълумотлар кўп ҳам эълон қилинавермайди.
BusinessInsider журнали Google компаниясидаги энг катта маошга эга бўлган лавозимлар рўйхатини тузиб чиқди. Маълумотлар аноним манбадан олингани қайд қилиб ўтилган.
Катта дастурчи – улар йилига ўртача 152 985 АҚШ доллари миқдорида маош олишади.
Олим-тадқиқотчи – Google компанияси кўп вақтини бошқарувчисиз автомобиль яратишга қаратади. Ушбу лойиҳа билан шуғулланувчи мутахассислар йилига 135 785 АҚШ долларида маош олишади.
Муҳандис-тадқиқотчи – компанияда энг катта маош олувчи учта лавозимдан биридир. Ўртада маош йилига 140 039 АҚШ доллари.
Маҳсулот-менежери - улар ҳар бир лойиҳада катта аҳамиятга эгалар. Уларнинг маоши ўртача 138 951 АҚШ долларига тенг.
Янги лойиҳаларни тадқиқотдан ўтказувчи мутахассислар – ўртача маош 126 916 АҚШ доллари. < ... Читать дальше »
Прикрепления: Картинка 1
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 21.08.2014 | Комментарии (0)

21.08.2014 в 18:27
«Ироқ ва Шом ислом давлати» террористик ҳаракати жангарилари америкалик журналист Жеймс Фоулини қатл этишди. Журналист икки йилдан бери бедарак йўқолганлар рўйҳатида эди.
Журналистнинг қатл жараёни туширилган, "Message To America" (АҚШга мактуб) деб номланган видео 19 август куни ижтимоий тармоқларда пайдо бўлди.
Daily Mail нашрининг ёзишича, жангарилар АҚШдан харбийларни олиб чиқиб кетишни талаб қилишган. Акс ҳолда, улар асрдаги яна бир журналист Жоэл Сотлоффни ҳам ўлдиришлигини маълум қилишди.
Сураткаш Фоули ўлимидан аввалги мурожаатида ўлимида АҚШ ҳукуматини айблади.
Буюк Британия бош вазири Дэвид Кэмерон америкалик журналистнинг қотили британиялик бўлиши мумкинлигини айтди. Чунки у видеолавҳада инглиз тилининг Лондон лаҳжасида гапирган.
"Биз видеодаги кишининг шахсини аниқламадик, аммо, унинг британиялик эканлиги таҳмин қилинмоқда",-деди бош вазир.
Прикрепления: Картинка 1
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 21.08.2014 | Комментарии (0)

21.08.2014 в 18:25
21 август куни Жанубий Кореянинг Инчеон шаҳрида, келаси ойда старт оладиган Осиё Ўйинларининг футбол мусобақасига қуръа ташланди. Бу ҳақда ЎФФ расмий сайти хабар бермоқда.
Унга кўра, Миржалол Қосимов бош мураббийлигидаги Ўзбекистон терма жамоаси мусобақанинг «В» гуруҳида Гонконг, Бангладеш ва Афғонистон терма жамоаларига қарши ўйнайди.
Эслатиб ўтамиз, мазкур мусобақада терма жамоалар 23 ёшгача бўлган футболчилар билан иштирок этишади. Регламентга кўра, терма жамоалар шунингдек ёши 23 ёшдан катта бўлган 3 нафар футболчини таркибга қўшиб олиш имконига эгалар.
Маълумот учун, Жанубий Кореянинг Инчеон шаҳрида бўлиб ўтадиган Осиё Ўйинлари футбол мусобақаси 14 сентябрь куни старт олади ва 3 октябргача давом этади.
Осиё Ўйинлари. Футбол.
«В» гуруҳи.
Ўзбекистон
Гонконг
Бангладеш
Афғонистон
Прикрепления: Картинка 1
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 21.08.2014 | Комментарии (0)

21.08.2014 в 18:24
Эбола вируси оқибатида Ғарбий Африкада ҳалок бўлган сони 1350 кишига етди. Бу ҳақда Жаҳон соғлиқни сақлаш ташкилотига асосланиб Рейтер агентлиги хабар бермоқда.
ЖССТ Эбола вирусини халқаро аҳамиятдаги хавф деб тан олган. Ҳозирга келиб, 2240 киши вирус билан касалланганлиги аниқланган.
Эбола вируси - оғир, ҳалокатли касалликдир. Эбола вируси Марказий ва Ғарбий Африканинг қишлоқлари ва сернам тропик ўрмонлар яқинида тарқалади. Вирус одамларга ҳайвонлардан ва ўз навбатида одамдан одамга юқади. Вируснинг табиий манбаси заҳарли кўршапалаклар ҳисобланади. Ҳозирча, ушбу касалликка қарши аниқ, лицензияга эга вакцина мавжуд эмас.
Прикрепления: Картинка 1
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 21.08.2014 | Комментарии (0)

21.08.2014 в 18:22
Рустам Саъдиев – хусусий кинокомпания фильмларининг оммалашишида энг катта ҳисса қўшган режиссёрлардан бири. “Муҳаббат синовлари” ёдингиздами? Кинотеатр эшиклари синиб кетганди... Ўзбек киноси янги қадам ташлаганига ўн йиллардан ошиб кетди. Саъдиевнинг фильмлари барибир бошқача. Севги-муҳаббат, оилавий тарбия унинг кинодаги бош мотивацияси ўлароқ, гоҳо сийқаси чиққан мавзуларга ҳам оригинал назарда ёндашади. Шунданми, у бугун ўзбек киносида энг машҳур ва севимли режиссёр сифатида тилга олинади.
Режиссёрнинг янги лойиҳаси – тобора бўшаб бораётган кинотеатрларни яна минглаб томошабинларга тўлдирса, ажабмас. “Сотқин” – Саъдиевнинг драма-экшн жанридаги илк иши. Энг муҳими, фильм омма эътиборини қозона олади. Чунки, воқеалар тўқима эмас. Реал ва жуда таъсирчан!
Энг қизиғи, айни пайтда суратга олинаётган картинанинг ҳар бир лавҳаси шов-шувларга бой! Буни бир мақолада ёритишнинг эса асло иложи йўқ!
Ушбу картинанинг яна бир муҳим жиҳати шундаки, унда ўзбек киносининг энг к ... Читать дальше »
Прикрепления: Картинка 1
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 17.08.2014 | Комментарии (0)

17.08.2014 в 12:34
O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihoni natijalari 16-avgust, shanba kuni e’lon qilinadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan tarqatilgan e’londa xabar qilindi.
E’longa ko‘ra, Oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihoni natijalari “16-avgust, shanba kuni soat 9:00 dan boshlab e’lon qilinadi”.
Test natijalarini O‘zbekistondagi mobil aloqa operatorlari joriy qilgan SMS xizmatlari yordamida ham bilish mumkin bo‘ladi, deyiladi komissiya e’lonida.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilda OTMlarga kirish imtihonlarini topshirgan abituriyentlar test natijalarini onlayn plastik kartochkalariga ulangan Click xizmati orqali ham bilib olishi mumkin.
Shuningdek, DTM saytida berilgan xabarga ko‘ra, test natijalarini 5100 raqamiga SMS yuborish orqali ham bilish mumkin. Mazkur xizmat faqat Ucell kompaniyasi abonentlari uchun amal qiladi. Bitta chiquvchi SMS narxi — 75 sent.
Fursatdan foydalanib, abi ... Читать дальше »
Прикрепления: Картинка 1
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 17.08.2014 | Комментарии (0)

17.08.2014 в 12:10
« 1 2 ... 141 142 143 144 145 »

Вход на сайт
Login:
Parol:
Корзина
Ваша корзина пуста
Поиск
Календарь
«  Июль 2019  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031
Reklama
Copyright MyCorp © 2019