Ср, 21.08.2019, 05:40
Voybu.Net
Приветствую Вас Mexmon | RSS

Меню сайта
Категории раздела
Yangiliklar [2675]
Yangiliklar Foto [51]
Munajjimlar Bashorati [18]
Sport Yangiliklar [140]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 260
Мини-чат
Статистика


London haqida gap ketganda ikki qavatli
avtobuslar, Tower Bridge ko‘prigi va qizil
rangli telefon qilish joylari ko‘z o‘ngimizdan
o‘tadi. Endi esa qizil rangli telefon qilish
joylari haqida unutishimiz mumkin. Chunki
ular qatorida smartfonlarni quvvatlash uchun
yashil rangli maxsus joylar ham
o‘rnatilmoqda. Bu haqda Mail.Ru ma’lumotiga
asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.
Ushbu joy Solarbox deb nomlangan bo‘lib,
unda quyosh energiyasi to‘planadi va
smartfonlarni quvvatlash uchun ishlatiladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, bu joyda kuniga 100 ta
smartfonni quvvatlash mumkin. Uning ichida
smartfonni quvvatlash uchun simlar ham bor.
Solarbox’dan oltitasini shaharda o‘rnatish
rejalashtirilmoqda. Hozirda esa faqatgina
bittasi o‘rnatilgan bo‘lib, undan soatiga olti
kishi foydalanmoqda. 2015-yilning
apreligacha esa yana beshta shunday joyni
o‘rnatish ko‘zda tutilg ... Читать дальше »
Категория: Yangiliklar | Добавил: G‘anisher | Дата: 08.10.2014 | Комментарии (0)

08.10.2014 в 18:57
“Vongfong” deb nomlangan o‘ta kuchli
tayfun Yapon arxipelagi tomon
yaqinlashmoqda va hafta oxirida Yaponiya
sharqiy qirg‘oqlariga yetib keladi, deb xabar
bermoqda “RIA Novosti”.
Yaponiya meteorologiya boshqarmasi
ma’lumotlariga ko‘ra, shamol tezligi to‘fon
markazida 45 metr/sekund, kuchaygan
vaqtda 60 metr/sekundga teng bo‘ladi.
Taxminlarga ko‘ra, to‘fon juma kuni eng
janubdagi Okinava orollariga yetib keladi,
keyin esa mamlakatning Tinch okeani
sohillariga − janubdagi Kyusyu orolidan
shimoli-sharqdagi Xonsyu oroligacha yetib
borishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, yakshanba va dushanba
kunlari Yaponiyaning markaziy qismiga
“Fanfon” to‘fonining yopirilishi natijasida 6
kishi halok bo‘lgan va 4 kishi bedarak
yo‘qolgan, 1,9 million kishi evakuatsiya
qilingan; quruqlik transporti harakatida
uzilishlar bo‘lib, 607 ta aviareys bekor
qilingan edi.
Категория: Yangiliklar | Добавил: G‘anisher | Дата: 08.10.2014 | Комментарии (0)

08.10.2014 в 18:55
Muxlislar iltimosiga ko'ra Subxan nega yolg'iz
ijod qilayotganiga oydinlik kiritdik.
Saytimizning turli-xil foydalanuvchilari nega
Subxan o'zi yolg'iz qoshiq aytpaydi, bad boy
subxan shaxnoza drammalaridan bo'lsin deb
izohlar yordamida bizga murojaat qilishdi.
Shundan so'ng biz Subxan Media ma'muri,
adminstratori "Tino" bilan bo'g'landik. Yosh
admin so'zlariga qaraganda Subxan yangi
kompaniya ochmoqda va loyihada Bad Boy
ishtrirok etmaydi. Shaxnoza esa Subxan
mediada ijod qilishini habar berishmoqda.
Avvaliga DISS, so'kinish va rep yo'nalishdagi
qo'shiqlarni kuylab yurgan, so'ng Subxan
bilan birgalikda qo'shiq kuylab oz fursat
bo'lsa ham muxlislar e'tiborida bo'lgan Bad
Boy endi Subxan Mediaga qabul qilinmaydi
degan qatiy qarorga kelgan Subxan.
Buning sababi esa negadur sir
saqlanmoqda.
Meni fikrimcha bu ikki yigit kelisha
olishmagan. Qolave ... Читать дальше »
Категория: Yangiliklar | Добавил: G‘anisher | Дата: 06.10.2014 | Комментарии (0)

06.10.2014 в 09:38
"Манчестер Юнайтед" бош мураббийи
Луи ван Гал Англия чемпионатининг 7-
турида "Эвертон"га қарши учрашувдан
сўнг фикрлари билан ўртоқлашди.
"Биз биринчи бўлимни жуда яхши
ўтказдик. Биз кўплаб вазиятлар яратдик,
аммо биринчи бўлимда улардан бир
марта фойдалана олдик, холос. Бўлим
охирида дарвозамизга пенальти
белгиланди, яхшиям Де Хеа бизни
қутқарди.
Иккинчи бўлимда осон бўлишини тахмин
қилган эдим, ахир рақиб ҳисобни
тенглаштириш учун ҳаракат қилиши
лозим эди. Биз тўпни назорат қилсак
бўлгани эди, аммо бундай бўлиб
чиқмади. Мен ўзгаришлар қилдим, аммо у
яхши ҳимояланишга ёрдам бермади,
чунки охирги 15 дақиқада "Эвертон"уч
марта гол уриши мумкин эди", - дейди
Луи ван Гал.
Категория: Sport Yangiliklar | Добавил: G‘anisher | Дата: 06.10.2014 | Комментарии (0)

06.10.2014 в 09:17
«Барселона»нинг
аргентиналик ҳужумчиси
Лионель Месси Inside
Spanish Footballга
жамоанинг ҳозирги
ҳолати хусусидаги
фикрлари билан
ўртоқлашиб, жумладан,
шундай деди:
- Бизда аъло даражадаги жамоа ва кучли
таркиб бор. Биз совринларни қўлга
киритишга қодирмиз. Ҳар бир
мураббийнинг ўз ўйин услуби бўлади.
Клубимизга янги мутахассис келса, унинг
барча ғояларини майдонда қўлаш учун
бироз вақт керак бўлади. Биз Луис
Энрикенинг услубини қўллашга
интиляпмиз. Ўйлайманки, «Барселона»
ривожланишда давом этади ва унинг
кучига куч қўшилади.
Категория: Sport Yangiliklar | Добавил: G‘anisher | Дата: 06.10.2014 | Комментарии (0)

06.10.2014 в 09:16
"Манчестер Юнайтед" клуби ярим
ҳимоячи Майкл Кэррик билан
шартномани узайтирмоқчи, - дея хабар
беради Daily Express нашри.
Футболчи ёзда орттириб олган
жароҳатидан тикланишда давом
этаётгани ҳамда эндигина шахсий дастур
бўйича шуғуллана бошлаганига қарамай,
бош мураббий Луи ван Гал унга ишонч
билдирди. 33 ёшли футболчи билан
шартнома 2016 йилгача узайтирилиши
кутилмоқда.
Манба: www.sport-express.ru
Категория: Sport Yangiliklar | Добавил: G‘anisher | Дата: 06.10.2014 | Комментарии (0)

06.10.2014 в 09:15
Аргентина терма жамоаси бош
мураббийи Херардо Мартино “Манчестер
Юнайтед”нинг янги аъзоси Анхел Ди
Мария борасида ўз фикрларини
билдириб ўтди.
“Ўйлашимча, “МЮ” Ди Марияни анча
арзонга харид қилди. Чунки ушбу
футболчини бундан қимматроққа
арзийди. Анхел Аргентинанинг ҳозирги
пайтдаги энг яхши футболчиларидан
бири”, - дейди Мартино.
Эслатиб ўтамиз, “МЮ” Ди Марияни
“Реал”дан 60 миллион фунтга харид
қилганди.
Манба: www.championat.com
Категория: Sport Yangiliklar | Добавил: G‘anisher | Дата: 06.10.2014 | Комментарии (0)

06.10.2014 в 09:13
Бутун мусулмон дунёсида, жумладан
бизнинг диёримизда ҳам Қурбон ҳайити
кенг нишонланмоқда. Асрлар мобайнида
бу байрам эзгулик, меҳр-оқибат, поклик
айёми сифатида нишонлаб келинади.
Қурбон ҳайити кунлари яқинлар ҳолидан
хабар олиш, эҳтиёжманд кишиларга
мурувват кўрсатиш халқимизнинг эзгу
анъаналаридан саналади.
“Ўнг қўлинг қилган ишни чап қўлинг
билмасин”
Динимизнинг муқаддас манбаларида
нафақат ана шундай байрам кунларида,
балки ҳар доим муҳтож кишиларга ёрдам
қўлини чўзиш, яхшилик, хайр-саховат
сингари эзгу амалларни кўпайтиришга
даъват этилади.
Қурбон ҳайити кунларида қурбонлик
қилиниши замирида ҳам аввало иймон-
эътиқод синови, қолаверса, инсонийлик,
меҳр-мурувват ётади. Чунки, шу кунларда
қурбонлик қилинган жонлиқларнинг эти
асосан кам таъминланган оилаларга, етим-
есирларга тарқатилади. Динимизда ўзига
тўқ, мол-давл ... Читать дальше »
Категория: Yangiliklar | Добавил: G‘anisher | Дата: 04.10.2014 | Комментарии (0)

04.10.2014 в 08:34
O‘zbekiston mobil aloqa operatorlari 2014-yil 1-oktabrdan shaharlararo va xalqaro aloqaga chiqish uchun raqam terishning yangi formatini joriy qilmoqda, deya xabar bermoqda UzDaily.“2014-yil 1-oktabridan xalqaro numeratsiya standartiga o‘tish munosabati bilan, shaharlararo va xalqaro aloqaga chiqish uchun raqam terishning yangi qoidalari kuchga kiradi”, — deya Ucell xabaridan iqtibos keltiradi nashr.Beeline tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, 1-oktabrdan shaharlararo qo‘ng‘iroqlar “8” o‘rniga “0”, xalqaro aloqalar esa avvalgi “8-10” o‘rniga “00” orqali amalga oshirila boshlaydi.Shaharlararo va xalqaro qo‘ng‘iroqlar uchun teriladigan “+” belgisi o‘zgarishsiz qoladi.Eslatib o‘tamiz, avvalroq “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi tarmog‘ining TShTT filialida shaharlararo va xalqaro aloqaga chiqish uchun raqam terish tartibini o‘zgartirish ishlari olib borilishi ma’lum qilingan edi.Toshkent shahrida rejalashtirilayotgan xalqaro numeratsiya standartlariga o‘tish doirasida amalga oshirilayotgan u ... Читать дальше »
Категория: Yangiliklar | Добавил: Mc_shox | Дата: 26.09.2014 | Комментарии (0)

26.09.2014 в 09:57
Rossiyaning “MTS” mobil aloqa operatori
O‘zbekistonda mamlakat hukumati bilan
tuzilgan qo‘shma korxona doirasida 1-
dekabrda aloqa tarmog‘ini ishga
tushirmoqchi, deya xabar bermoqda Reuters.
“MTS” xabariga ko‘ra, ayni paytgacha
qo‘shma korxonaga 2G/3G/LTE litsenziyalar,
zarur chastota diapazoni, raqam sig‘imi va
ish uchun zarur bo‘lgan boshqa
ruxsatnomalar berilgan, shuningdek
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga
muvofiq ravishda investitsiyalarning qaytarib
berilishi va yaxshi saqlanishi uchun kafolat
taqdim etilgan.
Eslatib o‘tamiz, yaqindan boshlab,
O‘zbekistonning ko‘pgina hududlarida mobil
aloqa foydalanuvchilari telefonlarida “MTS”
tarmog‘i ko‘rina boshladi. Tarmoq
qurilmalarda “UZB MTS” nomi bilan paydo
bo‘ldi. Ammo tarmoqqa ulanganda qurilmada
“No service” (“Aloqa yo‘q”) degan yozuv
paydo bo‘lmoqda va qo‘ng‘iroqlarni amalga
... Читать дальше »
Категория: Yangiliklar | Добавил: G‘anisher | Дата: 26.09.2014 | Комментарии (0)

26.09.2014 в 08:51
Xitoyning Shandun provinsiyasida olti oyoqli
buzoqcha dunyoga keldi, bu haqda Daily Mail
nashri xabar beradi.
Fermerning so‘zlariga ko‘ra, ortiqcha ikki
oyoq buzoqchaga hech qanday ta’sir
o‘tkazmaydi. Ammo, buzoqcha ushbu
ortiqcha oyoqlar yordamida harakat qila
olmaydi. Ular shunchaki hayvonning bo‘ynida
osilib turadi.
Veterinarlarning so‘zlariga ko‘ra, ushbu ikki
oyoq dunyoga kelmay qolgan buzoqchaning
egzagidan qolgan.
Manba:darakchi.uz
Категория: Yangiliklar | Добавил: G‘anisher | Дата: 25.09.2014 | Комментарии (0)

25.09.2014 в 08:00
2014 yilning 11 sentabr kuni Xitoyning Kobe
shahrining g‘arbida istiqomat qiluvchi Mirey
Ikete bedarak yo‘qolgandi. 24 sentabr kuni
esa qizaloqning murdasi bo‘laklarga
bo‘lingan va polietilen paketlariga solingan
holda uyining yonginasidan topilgan. obbo-
vsem.ru nashri bu haqda ma’lumot beradi.
O‘tkazilgan DNK tahlillari murda Mirey Iketega
tegishli ekanini ko‘rsatgan. Bundan tashqari
murdaning oldida uning kiyimi va oyoq kiyim
ham bo‘lgan.
Ushbu qotillikda polisiya Iketelarning oilasi
yaqinidagi 47 yoshli qo‘shnisidan gumon
qilishmoqda. Ayni damda tergov ishlari olib
borilmoqda.
Категория: Yangiliklar | Добавил: G‘anisher | Дата: 25.09.2014 | Комментарии (0)

25.09.2014 в 07:58
Ҳиндистоннинг Тамил-Наду штатида
мўъжиза содир бўлди, деб
ёзади Mirror нашри.
Мегхала исмли фермер хўжалигида уч
кўзли бузоқча дунё келди. Ушбу воқеани
фермер Худонинг совғаси деб атамоқда.
Бузоқчага Шива номини беришди.
Фермернинг сўзларига кўра, бир кунда
юзлаб одамлар бузоқчага тегиниб кўриш
учун ташриф буюришмоқда. Ташриф
буюрувчилар уни омад тилсими деб
ҳисоблашмоқда.
Прикрепления: Картинка 1
Категория: Yangiliklar | Добавил: G‘anisher | Дата: 18.09.2014 | Комментарии (0)

18.09.2014 в 19:45
Ҳиндистоннинг Тамил-Наду штатида
мўъжиза содир бўлди, деб
ёзади Mirror нашри.

Мегхала исмли фермер хўжалигида уч
кўзли бузоқча дунё келди. Ушбу воқеани
фермер Худонинг совғаси деб атамоқда.
Бузоқчага Шива номини беришди.
Фермернинг сўзларига кўра, бир кунда
юзлаб одамлар бузоқчага тегиниб кўриш
учун ташриф буюришмоқда. Ташриф
буюрувчилар уни омад тилсими деб
ҳисоблашмоқда.
Прикрепления: Картинка 1
Категория: Yangiliklar | Добавил: G‘anisher | Дата: 18.09.2014 | Комментарии (0)

18.09.2014 в 19:43
To‘lqin Turkiyadagi plyajlardan biriga ikki
boshli delfinni chiqarib tashladi. Mutant
murdasini Izmirdagi qirg‘oqda mahalliy
fuqaro — jismoniy tarbiya o‘qituvchisi
Tugrul Metin ko‘rib qoldi.Bu haqda Daily
Mail xabar berdi.

Aniqlanishicha, delfin bir yoshda bo‘lib,
uning uzunligi deyarli bir metrga teng.
Nashr e’lon qilgan rasmda “maxluq”ning
ikkita boshi va bitta dumi borligini ko‘rish
mumkin.
Tugrul Metin jurnalistlarga delfinni
dengizdaligidayoq payqagani, uni to‘lqin
qirg‘oqqa olib chiqqanini ko‘rganini aytib
berdi. “Avvaliga ko‘zlarimga ishonmadim.
Bunaqasini umrimda ko‘rmagan edim,
shunga shok holatiga tushib qoldim”, —
dedi u.
Metin o‘z topilmasi haqida politsiyaga
xabar bergan. Plyajga mutaxassislar yetib
kelib, delfinni ekspertiza uchun olib
ketishgan. Olimlar har ikkala boshda ham
ko‘zlar va nafas olish teshigi yaxshi < ... Читать дальше »
Прикрепления: Картинка 1
Категория: Yangiliklar | Добавил: G‘anisher | Дата: 17.09.2014 | Комментарии (0)

17.09.2014 в 19:13
“Million” qiziqchilar jamoasining litsenziyasi
to‘xtatilgani borasida tarqalgan axborot o‘z
tasdig‘ini topdi. Bu haqda “O‘zbeknavo”
estrada birlashmasi bergan ma’lumotga
tayanib, Sayyod.com xabar bermoqda.
“O‘zbeknavo” estrada birlashmasining
axborot berishicha, “Million” qiziqchilar
jamoasining litsenziyasi vaqtinchalik
tugatilgan.
Категория: Yangiliklar | Добавил: G‘anisher | Дата: 15.09.2014 | Комментарии (0)

15.09.2014 в 12:43
Угандада бундан 3 ой аввал туғилган
болакайни илк бор қўлига олган доялар
ҳайратдан нима қилишларини билмай
қолишди. У 4 қўл ва 4 оёқ билан дунё
келганди. Дастлаб Угандадаги шифокорлар
болакайнинг ота-онасига уни тузатишнинг
бирор чораси йўқ эканини айтишди.
Гўдакнинг саломатлигидан ваҳимага
тушган ота-онаси уни пойтахт Кампала
шаҳридаги шифохонага олиб боришди.
Ўтган 3 ой давомида унинг “ортиқча”
аъзоларини олиб ташлаш борасида бош
қотиришди.
18 август куни шифокорлар Поло Макис
деб исм берилган болакайнинг танасидаги
эгизак укасининг ўсмай қолган ва туташган
икки қўл ва икки оёғини олиб ташлашга
муваффақ бўлишди, дея ёзади lifenews.ru
нашри.
3 соат давом этган жарроҳлик
амалиётидан сўнг Поло ўзини яхши ҳис
қилаяпти. Айтиш лозимки, Полонинг 4 қўл
ва 4 оёқ билан туғилганидан ташқари
унинг танасида яна бир қанча кишини
ҳа ... Читать дальше »
Прикрепления: Картинка 1
Категория: Yangiliklar | Добавил: G‘anisher | Дата: 11.09.2014 | Комментарии (0)

11.09.2014 в 08:08
1-sentabr, dushanba kuni Toshkentdagi ko‘p
qavatli uylardan birida liftdagi nosozlik tufayli
12 yoshli bola vafot etdi. Bu haqda
Facebook’dagi Potrebitel.uz guruhi
a’zolari xabar bermoqda.
Guruhga marhum bolakayning qarindoshi
post yozgan. Unga ko‘ra, bolakay birinchi
qavatga tushgan va ikkita eshigidan bittasi
ochilgan liftga chiqqan. U lift ichiga to‘liq kirib
ulgurmasdan, lift tepaga yurib ketgan.
“U ajoyib bola edi. Ahmoqona va bema’ni
sabablarga ko‘ra vafot etgani qanchalik
achinarli va ayanchli! Bugun u maktabga
borishi kerak edi…”, — deya qayd etdi
foydalanuvchi.
Guruh a’zosi o‘z qayg‘usini bo‘lishish bilan
birgalikda, nosoz liftlardan foydalanmaslik,
uy-joy shirkatlari, liftchilar va boshqa
mas’ullardan liftlarni tuzatishni doimiy
ravishda talab qilishga da’vat etdi.
“Lift murakkab mexanizmdir. Unga nisbatan
ko‘rilgan yarim-yorti cho ... Читать дальше »
Категория: Yangiliklar | Добавил: G‘anisher | Дата: 03.09.2014 | Комментарии (0)

03.09.2014 в 21:58
Филиппиннинг Аврора шаҳри, Жанубий
Замбоанга провинциясида дафн
этилаётган 3 ёшлик қизалоқ кўзини очди,
бошқача қилиб айтганда тирилди. Бу
ҳақда www.glunews.ru нашри хабар
беради.
Қизалоқ бир неча кун безгак билан
оғриган. Унинг аҳволи оғирлашгач, ота-
онаси шифохонага олиб борган. Беморни
бир муддат текширгач, шифокорлар унинг
юраги урмаётганини ва қизалоқ безгакдан
вафот этганини айтишди.
Қизалоқни дафн этиш чоғида барча
яқинлари у билан сўнгги бор ҳайрлашиш
истагида қизалоқ ётган тобутнинг устки
қисми очилган вақтда, қизалоқ бирдан
бошини қимирлатади. Унинг тирик
эканини кўрган ота-онаси қизалоқни яна
шифохонага олиб боришди.
Маълумотларга кўра, айни дамда қизалоқ
уйда даволанмоқда. Унинг аҳволи хали
ҳамон оғирлигича қолмоқда.
Прикрепления: Картинка 1
Категория: Yangiliklar | Добавил: G‘anisher | Дата: 03.09.2014 | Комментарии (0)

03.09.2014 в 17:25
Turkiyaning Giresun provinsiyasi Buronju
qishlog‘ida istiqomat qiluvchi fermer
hovlisida ikki boshli ilonni ushlab oldi va uni
Antaliyadagi mahsus markazga topshirdi,
deb yozadiwww.gluimg.ru nashri.

Aytish lozimki, ikki boshli ilonlab tabiatda
juda kam uchraydi. Ilon ikki haftalik
tadqiqotlardan so‘ng omma e’tiboriga havola etiladi.
Прикрепления: Картинка 1
Категория: Yangiliklar | Добавил: G‘anisher | Дата: 02.09.2014 | Комментарии (0)

02.09.2014 в 20:07
« 1 2 ... 140 141 142 143 144 145 »

Вход на сайт
Login:
Parol:
Поиск
Календарь
«  Август 2019  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031
Reklama
Copyright MyCorp © 2019