VOYBU.NET
BIRINCHI MUSIQIY!
Контакты ГлавнаяMузыкаКлипыНовостиФотогалереяСтихиМобильная версия

13:22
55 yoshli britaniyalik ayol bepusht qizi uchun homilador bo‘ldi
Buyuk Britaniyada yashovchi 55 yoshli Emma Mayls o‘smirlik davrida bepushtlik tashxisi qo‘yilgan qizi uchun surrogat ona bo‘ldi, deya xabar beradi “Korrespondent”.

Emma Mayls qizining 15 yoshida uning bepushtligi haqida bilgan. Shifokorlar uning bachadoni yo‘qligini aniqlagan. Bir yil o‘tgach qizga Mayer-Rokitanskiy-Kuster-Xauzer sindromi tashxisi qo‘yilgan, bu ayol jinsiy organlarining rivojlanish nuqsonidir. Buni bilgach ona qizi uchun qo‘lidan kelgan barchasini qilishga va’da bergan.

“Men onam bir kun mening farzandimni dunyoga keltirishini bilardim”, — deydi qiz.

2016-yilda turmush qurgan qiz onasidan surrogat ona bo‘lishini so‘ragan. U esa rozi bo‘lgan.

Ayol ekstrakorporal urug‘lantirish muolajasini o‘tash uchun 38 kilogramm vazn tashladi va gormonal dorilar qabul qilgan. U kesarcha kesish yo‘li orqali sog‘lom bola dunyoga keltirgan.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: Tamirda | Добавил: Admin | Теги: 55 yoshli britaniyalik ayol bepusht | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
VOYBU.NET
Меню сайта
Статистика

Вход на сайт
Login:
Parol:
Copyright © 2013 VOYBU.NET Все права защищены.По всем вопросам пишите на voybu.net@mail.ru
%