18:57
34 kishiga koronavirus yuqishiga sababchi bo‘lgan tibbiyot xodimiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqand viloyati hududida SOVID-19 infeksiyasi tarqalib ketishining oldini olish va uning kelib chiqish manbasini aniqlash bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlari va tibbiyot xodimlaridan iborat ishchi guruh faoliyat olib bormoqda.

Mazkur guruh tomonidan olib borilgan epidemiologik surishtiruv ishlari davomida viloyatdagi tumanlardan birida bo‘lim mudiri vazifasida ishlayotgan fuqaro X.D. joriy yilning 20 aprel kunidan sog‘ligida o‘zgarish boshlanib, o‘zida yo‘tal, tana haroratining 39.S gacha ko‘tarilishi, nafas qisishi kabi koronavirus infeksiyasi belgilarini his qilgani holda uy sharoitida davolana boshlaganligi aniqlangan.

U COVID-19 infeksiyasini yuqtirganini sezsa-da karantin sharoitida tegishli tartibda davlat sanitariya nazorati organlarining tibbiy tekshiruvidan o‘tmasdan, 27 aprel kuniga qadar o‘zboshimchalik bilan uy sharoitida o‘zini o‘zi davolash bilan shug‘ullanib, sanitariyaga oid qonun hujjatlarini qo‘pol ravishda buzgan.

Oqibatda X.D. u bilan doimiy muloqotda bo‘lgan turmush o‘rtog‘i va boshqa qarindoshlari, o‘zi davolagan bemor va hamkasblaridan 11 nafariga, ular orqali yana 23 nafar shaxsga COVID-19 infeksiyasi yuqishiga sababchi bo‘lgan.

2020 yil 12 may kuni X.D.ga nisbatan JKning 257-1-moddasi 1-qismi (Sanitariyaga oid qonun hujjatlarni yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalari buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

X.D. orqali kasallik yuqtirgan jami 34 nafar shaxsning barchasi karantinga olinib, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanmoqda.
Jinoyat ishi tergovi viloyat prokuraturasi tomonidan alohida nazoratga olingan.

Категория: Yangiliklar | Просмотров: 227 | Добавил: Admin | Теги: 34 kishiga koronavirus yuqishiga sa | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
close