Сб, 18.08.2018, 05:46
Приветствую Вас, Mexmon

06:42
2 yoshli bolakay mashinani o`t oldirib, onasining o`limiga sababchi bo`ldi
AQShning Alabama shtatida 2 yoshli bolakay mashinani o`t oldirib, onasini urib yubordi. Bu haqda The Sun nashri xabar berdi.

Bola o`zi bilmagan holda to`satdan mashinani harakatga keltirdi va mashina oldida turgan onasini ustiga haydadi.

28 yoshli Kirsten Raeyn Pirsonning ushbu falokat oqibatida ko`krak qafasi qattiq jarohatlandi. Ayol zudlik bilan vertolyotda kasalxonaga etkazildi. Lekin yo`lda uning ahvoli og`irlashib, vafot etdi.

Polisiya tomonidan ushbu noxush voqea baxtsiz hodisa deb aytildi.

Marhumaning ota-onasi bolani o`z qaramog`iga oldilar va facebook’dagi sahifada unga bor mehrlarini berishni va`da berdilar.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 166 | Добавил: Admin | Теги: onasining olimiga sababchi boldi, 2 yoshli bolakay mashinani ot oldir | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar