Пт, 15.11.2019, 21:14
Voybu.Net
Приветствую Вас Mexmon | RSS

Меню сайта
Категории раздела
Yangiliklar [2741]
Yangiliklar Foto [51]
Munajjimlar Bashorati [18]
Sport Yangiliklar [145]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 267
Мини-чат
Статистика


15:40
20 yoshli usta Tashkent City hududida qurilayotgan uyning 8-qavatidan yiqilib halok bo‘ldi
Tashkent City hududida qurilayotgan ko‘p qavatli uylarning birida ishlayotgan usta baxtsiz hodisa oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda “Daryo”ning Tashkent City ma’muriyatidagi manbasi xabar berdi.

27-oktabr kuni Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanida yashovchi 20 yoshli A. T. to‘qqiz qavatli uyning sakkizinchi qavatining tashqi bo‘yash ishlarini yakunlayotgan paytida yiqilib tushgan. U hodisa joyida vafot etgan.

“U binoning tashqi qavatini suvoq qilayotgan edi. U tepaga ko‘tarilganida xavfsizlik kamarini yechdi, keyin bexosdan yiqilib ketdi”, — deydi marhumning hamkasblaridan biri.

Marhum A. T.ning qarindoshlari davlat tomonidan ham, qurilish kompaniyasidan ham hech qanday moddiy yordam bo‘lmaganini aytgan.

A. T. ishlagan “Asia Trading City” kompaniyasi marhumning oilasiga kompensatsiya ishchining o‘limi bo‘yicha tergov natijalari asosida to‘lanishini ma’lum qilgan.

Qayd etilishicha, har kun ertalab ish boshlanishidan oldin ishchilar xavfsizlik qoidalari bilan tanishib chiqadi hamda tegishli hujjatga imzo qo‘yadi.

Kompaniya marhumning yaqinlariga uni dafn etish marosimi xarajatlarini to‘lab bergan. Qo‘shimcha kompensatsiya esa hodisa atroflicha o‘rganib chiqilganidan so‘ng, komissiya xulosasi asosida to‘lanadi.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 38 | Добавил: Admin | Теги: 20 yoshli usta Tashkent City hududi | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Вход на сайт
Login:
Parol:
Поиск
Календарь
«  Октябрь 2019  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031
Reklama
Copyright MyCorp © 2019