O'zbekiston sog'liqni saqlash vazirligi xabariga ko'ra, Samarqand viloyatida uch nafar fuqaro koronavirus yuqtirgani ma'lum bo'ldi. Bundan tashqari, xuddi shu viloyatda yashaydigan 4 nafar xalqaro yo'nalishda yuk tashuvchi avtomobillar haydovchilarida ham koronavirus belgilari ko'zga tashlangan.

Eslatib o'tamiz, hozirda respublika bo'yicha koronavirus yuqtirganlar soni 3444 nafarni tashkil etmoqda. Jami 2694 kishi tuzalib kasalxonalarni tark etgan.

Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 29.05.2020 | Комментарии (0)

29.05.2020 в 09:38

Amerikada ikki og'iz, ikki tilli qizaloq dunyo yuzini ko'rdi. Aytishlaricha, qizaloqning onasi homiladorlik paytida UZI homilaning o'ng jag'i atrofida o'simtaga o'xshash narsa borligini ko'rsatgan. Vrachlar bu tug'ma o'simta yoki teratoma bo'lsa kerak deb o'ylashgan. Ammo bunday bo'lib chiqmadi. Qizaloqning o'ng jag'i atrofida hajmi bir santimetrga teng qo'shimcha og'izcha borligiga guvoh bo'lishdi. Og'izchada jajjigina tilcha ham mavjud edi.

Albatta, qizaloqning ortiqcha og'zi va tili olti oylik bo'lganda, jarrohlik amaliyoti yordamida olib tashlangan. Ayni paytda o'zini juda yaxshi his etmoqda ekan.

Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 29.05.2020 | Комментарии (0)

29.05.2020 в 09:32
close