Kecha, 5 may kuni Prezidentimiz raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishda tumanlar va shaharlar “qizil” (yuqori xavfli), “sariq” (o‘rta xavfli) va “yashil” (xavfsiz) hududlarga ajratilishi ma’lum qilingan edi.

Samarqand viloyati komissiyasining yig‘ilishida ma’lum qilinishicha, ayni paytda Samarqand viloyati epidemiologik jihatdan “qizil” (yuqori xavfli) hududga kirishi e’tiborga olinib, bu hududda hozircha karantin qoidalari yumshatilmaydi.

Viloyat epidemiyaga qarshi kurashish favqulodda komissiyasining 30 apreldagi qaroriga ko‘ra, viloyatning Toyloq va Oqdaryo tumanlarida, Samarqand shahri, Samarqand, Urgut va Jomboy tumanlarining Toyloq tumani bilan chegaradosh hududlari hamda mazkur tumanlarda, shuningdek Bulung‘ur tumanining ayrim joylarida karantin qoidalari yums ... Читать дальше »

Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 06.05.2020 | Комментарии (0)

06.05.2020 в 12:26

Moskva viloyatidagi Ramenskoye tumanida 5-mayga o‘tar kechasi elektr simlarining nosozligi sababli muhojirlar yotoqxonasi yonib ketdi. Ko‘ngilsiz hodisa oqibatida olti nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi, qolgan fuqarolar omon qolgan. Bu haqda “Moskovskiy komsomolets” xabar berdi.

Durnixa qishlog‘ida yonib ketgan ikki qavatli uy (maydoni 200 metr) ilgari mahalliy aholi vakiliga tegishli bo‘lgan, ammo bundan bir necha yil oldin uy migrantlar uchun yotoqxona barpo etgan tadbirkorga sotilgan. Bundan tashqari, migrantlar uchun bir nechta yashash vagonlari yer maydonining o‘zida o‘rnatilgan. ... Читать дальше »

Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 06.05.2020 | Комментарии (0)

06.05.2020 в 12:17

Qarshi shahrida 7-maydan boshlab shaxsiy avtomobillar harakati va yo‘nalishsiz taksilar faoliyatiga ruxsat berildi. Bu haqda 6-may kuni viloyat hokimi Zoir Mirzayev hudud aholisiga yo‘llagan murojaatida ma’lum qilgan. Qayd etishlaricha, kun davomida maqsadli harakatlanish mumkin.

“Yo‘nalishsiz taksilarga uch nafar yo‘lovchi bilan yurishga ruxsat berilgan. Damas va avtobuslarga ruxsat berilmaydi” — deyiladi hokimlik axborotida. Aholi karantin qoidalariga amal qilgan holda mototsikl, skuter va velosipedlardan ham cheklovsiz, ammo maqsadli foydalanishi mumkin.

Viloyatda, shuningdek, sartaroshxonala ... Читать дальше »

Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 06.05.2020 | Комментарии (0)

06.05.2020 в 12:15

Prezident Shavkat Mirziyoyev 5 may kungi yig‘ilishda Maxsus komissiyaga uch kun muddatda stikerlarni bekor qilib, barcha transport vositalari harakatlanishiga ruxsat berish bo‘yicha topshiriq berdi.

Bundan tashqari, epidemiologik vaziyat yaxshi bo‘lgan hududlarda nooziq-ovqat do‘konlari, tibbiy diagnostika, taksi xizmati, uy ta’mirlash, tikuvchilik, maishiy texnika va poyabzal tuzatish, sartaroshxonalar faoliyati bo‘yicha kuchaytirilgan sanitariya talablarini belgilagan holda, ish boshlashi uchun ham ruxsat beriladi.

Vaziyat yomonlashsa, karantin choralari qayta tiklanishi belgilangan.
Ma’lum qilinishicha, o‘tgan ikki hafta mobaynida respublika hududlarida 59 mingta ishlab chiqarish korxonalari qaytadan ishga tushirilgan.

Jumladan, Toshkent shahrida 16 mingdan ziyod, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 857ta ... Читать дальше »

Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 06.05.2020 | Комментарии (0)

06.05.2020 в 09:15

Qoraqalpog‘istonda qariyb bir oy oldin olib qochilgan Damas avtomobili va uni olib qochgan fuqaro topildi. Bu haqda Tergov departamenti xabar bermoqda.

11-aprel kuni taxminan soat 01:30 larda noma’lum shaxs 51 yoshli fuqaro R.M. tomonidan Beruniy tumani Kepakliqal’a ko‘chasida qarovsiz qoldirilgan Damas avtomobilini noma’lum tomonga olib qochgan.

Mazkur holat yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV huzuridagi tergov boshqarmasi tomonidan noma’lum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jin ... Читать дальше »

Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 06.05.2020 | Комментарии (0)

06.05.2020 в 09:03

Jizzax viloyati G‘allaorol tumani Jiydali qishlog‘ida 10 yoshli qizni soydan sel kelib oqizib ketgan. Bu haqda viloyat ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Qiz dala maydonidan mollarini uyiga haydab kelish uchun soydan o‘tayotgan vaqtida sel toshqini oqibatida suvda oqqan. M.B.ning jasadi soydan 500 metr uzoqlikdan topilgan, holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Avval Zominda opa-ukalarning sel toshqini oqibatida suvga oqib halok bo'lgani, Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida qoramol podasini sel oqizib ketgani haqida xabarlar berilgan.

Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 06.05.2020 | Комментарии (0)

06.05.2020 в 08:57
close