Moskvadagi 3-sonli urush faxriylari gospitalida ishlagan urolog, 56 yoshli Maksim Starinskiy koronavirus infeksiyasining asoratlari tufayli vafot etdi. Bu haqda The Moscow Times nashri vrach bilan birga ishlagan ikki nafar hamshiraning ma’lumotiga asoslanib xabar tarqatgan.

Gospitalda aprel boshida koronavirusga qarshi statsionar davolash bo‘limi faoliyat boshlagandi. Hamshiralar kasalxonaning COVID-19 bemorlarini qabul qilishga tayyor bo‘lmaganini ta’kidlagan. Ularning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan haftada gospitalning 64 nafar xodimida koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Kasallanganlarning ikki nafari intensiv terapiya bo‘limi palatalarida d ... Читать дальше »

Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 22.04.2020 | Комментарии (0)

22.04.2020 в 10:25

Buxoroda karantinda tug‘ilgan kunni nishonlab, spirtli ichimlik iste’mol qilgan holda yarim tunda fuqarolar osoyishtaligini buzgan shaxslar 15 sutkadan qamaldi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat IIB axborot xizmati rahbari Quvvat Yarashov xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Kogon tumanida yashovchi 18 yoshli H.R. 14-aprel, seshanba kuni, soat 20:00 da tanishlariga qo‘ng‘iroq qilib, do‘kondan spirtli ichimlik xarid qilganini aytib, qishloq chetidagi ko‘lda baliq ovlab, o‘sha yerda tug‘ilgan kunini nishonlashini bildirgan.

Tug‘ilgan kunni nishonlash uchun aytilgan manzilga borgan H.R.ning hamqishloqlari 25 yoshli D.Q., 20 yoshli X.R. va 19 yoshli A.N.lar spirtli ichimlik iste’mol qilgan.

... Читать дальше »

Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 22.04.2020 | Комментарии (0)

22.04.2020 в 10:19

Qirg‘izistonda o‘tgan bir sutka ichida koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha yana 22 ta holat qayd etildi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib, “Kloop.kg” xabar berdi.

Kasallanish bo‘yicha so‘nggi holatlar quyidagi hududlarda aniqlangan:

Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 22.04.2020 | Комментарии (0)

22.04.2020 в 10:10

Qozog‘istonda 22-aprel holatiga ko‘ra, koronavirus bilan kasallanganlar soni 2025 kishiga yetdi. Bu haqda Davlat komissiyasining tezkor shtabiga tayanib, Tengrinews xabar berdi.

Mamlakatda COVID-19 koronavirus infeksiyasi tarqalishi boshlanganidan buyon 19 kishi virus qurboniga aylangan, shuningdek, 489 bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan.

Ayni vaqtda COVID-19 holatlari mamlakatning quyidagi hududlarida qayd etildi:

Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 22.04.2020 | Комментарии (0)

22.04.2020 в 10:08

Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov Toshkent viloyatida 18 yoshli qizning tanishlari tomonidan pichoqlangani va Tuyabo‘g‘iz kanaliga tashlab yuborilgani haqida “Daryo”ga xabar berdi.

Unga ko‘ra 2020-yil 20-aprel kuni soat 03:00 larda Zangiota tumani, “Quyoshli” mahallasida 2003-yilda tug‘ilgan A.Q. ikki nafar sherigi bilan ularga oldindan tanish bo‘lgan qiz 2002-yilda tug‘ilgan K.R. bilan o‘zaro janjallashib, oshxona pichog‘i bilan uning bo‘yin, qorin hamda tanasining turli qismlariga urib, shu yerdan oqib o‘tuvchi Tuyabo‘g‘iz kanaliga tashlab yuborgan va sheriklari bilan hodisa joyidan yashiringan.

... Читать дальше »

Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 22.04.2020 | Комментарии (0)

22.04.2020 в 09:41
close