Dunyoda COVID-19 virusi birorta holati qayd etilmagan davlatlar soni kamaymoqda.

13 aprel holatiga BMTga a'zo bo'lgan 193 ta davlatdan 17 ta davlat tomonidan koronavirus holatlari haqida rasmiy ravishda ma'lum qilinmadi: Vanuatu; Kiribati; KXDR; Komor orollari; Lesoto; Marshallov orollari; Mikroneziya; Nauru; Palau; Samoa; San-Tome va Prinsipi; Sulaymon orollari; Tojikiston; Tonga; Turkmaniston; Tuvalu; Janubiy Sudan.

Mutaxassislarning fikriga ko'ra, ba'zi mamlakatlarda hali COVID-19 uchun test yo'qligi sababli infeksiya holati qayd etilmagan. Boshqalar esa, uzoq jo'g'rofik joylashuvi tufayli virus yetib kelmayapti – bu eng asosiy kichik orollardagi dav ... Читать дальше »

Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 13.04.2020 | Комментарии (0)

13.04.2020 в 21:58

O‘zbekistonda 13-aprel soat 23:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan fuqarolar soni 64 kishiga oshib, 998 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Avvalroq 13-aprel kuni soat 18:00 holatiga ko‘ra, bemorlar soni 934 nafarga yetgani ma’lum qilingandi.

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga chalinish bilan bog‘liq dastlabki holat qayd etilganidan beri ( ... Читать дальше »

Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 13.04.2020 | Комментарии (0)

13.04.2020 в 21:45

O‘zbekistonda 13-aprel soat 18:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan fuqarolar soni 934 kishiga yetdi, deya xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi. Avvalroq 13-aprel kuni soat 10:00 holatiga ko‘ra, bemorlar soni 896 nafarga yetgani ma’lum qilingandi.

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga chalinish bilan bog‘liq dastlabki holat qayd etilganidan beri (15-mart) 85  ... Читать дальше »

Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 13.04.2020 | Комментарии (0)

13.04.2020 в 18:19
O‘tgan bir sutka ichida AQShda koronavirus oqibatida 1557 kishi vafot etdi. Bu haqda Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga keltirilgan.

Ayni vaqtga kelib butun mamlakatda koronavirus qurbonlari soni 22 079 kishiga yetgan.

AQShda koronavirus bilan kasallanganlar soni 557 300 kishini tashkil etmoqda, kasallik eng ko‘p Nyu-York shtatida qayd etilgan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 41,7 mingdan ortiq odam davolanishga muvaffaq bo‘lgan.

12-aprel kuni AQSh koronavirus qurbonlari soni bo‘yicha dunyoda birinchiga aylangani, tarixda ilk bor barcha shtatlarda yirik halokat rejimi e’lon qilingani haqida xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 12-aprel soat 23:00 holatiga ko‘ra koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan fuqarolar soni 865 kishiga yetdi. Mamlakatda koronavirus infeksiyasiga chalinish bilan bog‘liq dastlabki holat qayd etilganidan beri 66 kishi sog‘aydi, to‘rt kishi (ikki ayol va ikki erkak) esa vafot etdi.
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 13.04.2020 | Комментарии (0)

13.04.2020 в 09:56
12-aprel kuni Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov viloyat aholisiga murojaat yo‘lladi, deb xabar beradi Telegram’dagi “Vodiy bozor” kanali.

Murojaat davomida Shuhrat Abdurahmonov viloyat bo‘yicha koronavirusga chalingan 90 nafar bemorning 78 nafari tibbiyot xodimlari ekanligini ta’kidlab o‘tgan.

Avvalroq Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozorov koronavirus tarqalishining oldini olish chora-tadbirlari yuzasidan aholiga murojaat yo‘llagani haqida xabar berilgandi. Viloyat hokimi o‘z murojaatida koronavirus bilan kasallangan fuqarolar uni qachon va kimdan yuqtirganini aniq bilmasligini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, 13-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan fuqarolar soni 896 kishiga yetdi. Mamlakatda koronavirus infeksiyasiga chalinish bilan bog‘liq dastlabki holat qayd etilganidan beri 66 kishi sog‘aydi, to‘rt kishi (ikki ayol va ikki erkak) esa koronavirus sabab vafot etdi.

Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 13.04.2020 | Комментарии (0)

13.04.2020 в 09:52
O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalgan yoki karantinda bo‘lgan shaxsni haqorat qilganlik, sha’ni va qadr-qimmatiga putr yetkazganlik, kamsitganlik, uning shaxsiy hayoti to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tarqatganlik uchun 9 million so‘mgacha jarimaga tortilishi mumkin. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Vazirlik xabarida aytilishicha, ayrim shaxslar karantindan qaytgan yoki kasallikdan tuzalgan fuqarolarni ma’naviy qo‘llab-quvvatlash o‘rniga ularga nisbatan hurmatsizlik qilish, kamsitish, sha’ni va obro‘siga putur yetkazish yoki ularni kasallikni boshqalarga ham yuqtirishida ayblash holatlari ham uchramoqda.

Konstitutsiyamizga ko‘ra, hech kim inson qadr-qimmatini kamsituvchi tazyiqqa duchor etilishi mumkin emas. Har bir fuqaro o‘z sha’ni va obro‘siga qilingan tajovuzlardan, shaxsiy hayotiga aralashishdan qonun bilan himoyalangan.

Koronavirusdan tuzalgan yoki karantinda bo‘lgan shaxsni haqorat qilganlik, sha’ni va qadr-qimmatiga put ... Читать дальше »
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 13.04.2020 | Комментарии (0)

13.04.2020 в 09:49
close