O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan shaxslar soni 4-aprel soat Toshkent vaqti bilan 10:00 holatiga 241 nafarga yetdi. Sog‘liqni saqlash vazirligidan ma’lum qilishlaricha, kasallanganlar soni so‘nggi bayonot berilganidan beri 14 nafarga oshgan.

Avvalroq, 3-aprel soat Toshkent vaqti bilan 23:00 holatiga O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 227 nafarga yetgani ma’lum qilingan edi.

3-aprel soat 9:00 holatiga Toshkentda davolanayotgan bemorlarning 17 nafarida pnevmoniya belgilari kuzatilayotgani, to‘rt bemorning ahvoli og‘ir, ikki nafarining ahvoli esa nisbatan og‘irligi aytilgan edi.

Mamlakatda ilk kasallanish holati qayd etilganidan beri 25 nafar bemor sog‘aydi, ikki nafari esa kasallikdan vafot etdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Umra safaridan Turkiya orqali qaytgan namanganlik ayolning koronavirusga chalingan 72 yoshli onasi 27-mart kuni tongda infarktdan vafot etgani, uning dafn marosimida birorta ham qarindos ... Читать дальше »
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 04.04.2020 | Комментарии (0)

04.04.2020 в 08:27
AQShda koronavirus infeksiyasi oqibatida vafot etganlar soni 7 ming kishidan oshdi. Bu haqda virus tarqalishini real vaqt rejimida kuzatayotgan Jon Hopkins universiteti ma’lumotlarida keltirilgan. O‘tgan ikki kun ichida mamlakatdagi qurbonlar soni 2 mingdan oshib ketdi.

Pandemiya boshlanganidan buyon Qo‘shma Shtatlarda COVID-19 koronavirusi oqibatida 7152 kishi vafot etdi. Virus bilan kasallanganlar soni 277 ming kishidan oshib ketgan.

AQSh qurbonlar soni bo‘yicha Italiya va Ispaniyadan keyin uchinchi o‘rinda ketmoqda. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra koronavirus oqibatida Italiyada 14 681 kishi, Ispaniyada esa 11 198 kishi vafot etgan.

Avvalroq Oq uy ekspertlari koronavirus oqibatida 2,2 million amerikalik vafot etishi mumkinligini taxmin qilgan edi. Prezident Donald Tramp AQShning koronavirus pandemiyasidan tiklanishi taxminan qachondan boshlanishini ma’lum qilib, amerikaliklarni oldinda juda og‘ir ikki hafta kutib turgani haqida ogohlantirgan edi. K ... Читать дальше »
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 04.04.2020 | Комментарии (0)

04.04.2020 в 08:25
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on 3-aprel kuni mamlakat aholisiga murojaat yo‘lladi va koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq yangi me’yorlar haqida gapirdi. Bu haqda “TASS” xabar bergan.

“4-apreldan boshlab 15 kun mobaynida mamlakatdagi 30 ta shahar va nafas yo‘llari kasalliklari tarqalgan Zonguldak viloyatiga avtotransportlarning kirishi hamda chiqishi taqiqlanadi. 20 yoshdan kichik bo‘lganlar uchun komendantlik soati e’lon qilinadi. Fuqarolar odamlar to‘planadigan yerlarda, supermarketlar, bozorlar va ish joylarida tibbiy niqoblarni taqib yurishga majbur”, — deya ta’kidlagan Turkiya prezidenti TRT telekanalidagi efirda.

Shuningdek, Erdo‘g‘on ko‘chada va jamoat joylarida ijtimoiy masofa saqlash lozimligi haqida ham eslatgan. Endi Turkiyada ham ushbu qoidalarga bo‘ysunmaganlarga nisbatan keskin choralar ko‘riladi.

COVID-19 koronavirusini yuqtirib olish bo‘yicha birinchi holat Turkiyada 10-mart kuni Yevropadan qaytgan fuqaroda aniqlangan. 3- ... Читать дальше »
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 04.04.2020 | Комментарии (0)

04.04.2020 в 08:21
close