Ikki marta efirdan olib tashlangan Turkiyaning “Sevgi iztirobi” (“Kara sevda”) seriali tez kunda Zo‘r TV telekanali orqali namoyish etila boshlaydi. Bu haqda telekanalning Instagram’dagi sahifasida ma’lum qilindi.

“Sevgi iztirobi” Zo‘r TV xususiy kanali orqali ilk marta 2017-yil sentabridan boshlab namoyish etila boshlandi. Ushbu serial O‘zbekistonda tezda ommalashdi, hatto choyxonalarda ham serialni katta qiziqish bilan tomosha qilishdi. Uning reklama bannerlarini poytaxt ko‘chalarida ham ko‘rish mumkin edi.

2018-yil fevral oyida O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov “Sevgi iztirobi” serialini tanqid qilishi ortidan film namoyishi to‘xtatilgan edi. O‘shanda serialning endigina ikkinchi fasli namoyishi boshlangandi.

Zo‘r TV telekanali 2019-yil iyul oyida “Sevgi iztirobi” efirga uzatilishini ma’lum qildi. 30-iyul kuni soat 20:00 da serial qolgan joyidan efirga uzatildi.

Ertasi kuni esa serial efirga uzatiladigan vaqtda boshqa ko‘ngilo ... Читать дальше »
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 29.03.2020 | Комментарии (0)

29.03.2020 в 17:50
O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 29 taga oshib, 133 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Shuningdek, koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarning yetti nafari butunlay sog‘ayib, shifoxonadan chiqarilib, reabilitatsiya markaziga o‘tkazilgani ma’lum qilingan.
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 29.03.2020 | Комментарии (0)

29.03.2020 в 08:20
close