Qashqadaryo viloyati ma’muriy markazi Qarshi shahriga 28-mart soat 00:01 dan boshlab har qanday transport vositalarida (avtobus, mikroavtobus va yengil avtotransport) kirish-chiqish to‘xtatiladi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Ushbu chora viloyat aholisining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va xavfsizligini ta’minlash, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilish hamda koronavirus infeksiyasining viloyat hududi bo‘ylab tarqalishini oldini olish maqsadida ko‘rilgan.

Viloyat va shaharga kirish-chiqishdagi cheklovlar yuk tashish bilan bog‘liq hollarga, shuningdek, doimiy yashovchi (ro‘yxatdan o‘tgan) shaxslarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari, huquq-tartibot idoralari, boshqarma, idora va tashkilot (nodavlat tashkilot)larda mehnat (xizmat) faoliyatini amalga oshirayotgan rahbar va xodimlar, shifokor va hamshiralar, davlat sanitariya va epidemiologik osoyishtalik markazi xodimlari ham ... Читать дальше »
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 27.03.2020 | Комментарии (0)

27.03.2020 в 14:10
close