Turkiya hukumati koronavirus pandemiyasi sababli barcha maktablarni 16-martdan boshlab 1 haftaga yopishga qaror qildi. Bu haqda Turkiya prezidenti boshchiligida o‘tkazilgan yangi turdagi koronavirus tarqalishiga qarshi chora-tadbirlar to‘g‘risidagi yig‘ilishda ma’lum qilingan.

Qayd etilishicha, maktablardagi bir haftalik dam olishdan so‘ng 23-martdan boshlab o‘quvchilar onlayn usulda ta’lim olishga o‘tadi.

Bundan tashqari, oliy ta’lim muassasalari ham ikki haftaga yopilishi ma’lum qilingan. Mamlakatda ommaviy tadbirlar o‘tkazish ham taqiqlandi.

Shuningdek, mutaxassislarning tahlillari va tavsiyalariga ko‘ra sport musobaqalari ham aprel oyi oxirigacha tomoshabinlarsiz o‘tishini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, 11-mart kuni Turkiyada koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha dastlabki holat qayd etilgandi. Mamlakat fuqarosi Yevropaga borganida koronavirusni yuqtirib olgan. Hukumat turoperatorlarga koronavirus tarqalishi munosabati bilan say ... Читать дальше »
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 13.03.2020 | Комментарии (0)

13.03.2020 в 20:44
Turkiyaning Anqara shahrida deputat Shirin Unalning uyida vafot etgan Nodira Qodirova ishi bo‘yicha jinoyat ishi ochilmasligi katta shubhalarni keltirib chiqarmoqda, deb yozmoqda “Qalampir.uz”. Tergov xulosalarida qayd etilishicha, Qodirovaning o‘limida ishlatilgan Baretta rusumidagi qurolda barmoq izlari aniqlanmagan.

Ishga doir hujjatlarda Nodira Qodirovaning qo‘lida ham to‘pponchadan otilgan o‘qning qoldiqlari, zarrachalari aniqlanmagani qayd etilgan.

Jumhuriyat partiyasi vakili Alijon Uludog‘ bergan ma’lumotlarga qaraganda, to‘pponchadan otilgan o‘q Italiyada ishlab chiqarilgan bo‘lib, Baretta 92S rusumli yarimavtomat to‘pponchadan otilgan. Bu ma’lumotlar rasmiy bo‘lib, ular Anqara politsiya boshqarmasining Jinoyat ishlarini tekshirish bo‘limi Barmoq izlarini aniqlash byurosi hujjatlarida keltirilgan.

Ma’lumot o‘rnida, 2019-yilning 23-sentabr kuni o‘zbekistonlik 23 yashar qiz Nodira Qodirova Turkiyaning Anqara shahrida deputat Shirin Unalning ... Читать дальше »
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 13.03.2020 | Комментарии (0)

13.03.2020 в 20:42
close