Janubiy Koreyada yangi turdagi koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq 169 ta yangi holat qayd etildi, bir nafar bemor vafot etgan. Shunday qilib, Janubiy Koreya Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Kasalliklar nazorati va profilaktika markazlari tashkiloti (KCDC) axborotiga ko‘ra, mamlakatda koronavirus bilan kasallanganlar soni 1146 kishiga yetgan, ulardan 11 nafari vafot etgan.

22 bemor tuzalgan, 16 734 kishining tahlillari esa hali o‘rganilmoqda. Ma’lum bo‘lishicha, olti nafar qurbonning kasallanishi Tegu yaqinidagi Chxondo shahrida joylashgan Tenam okrug kasalxonasi bilan u yoki bu darajada bog‘liq.

KCDC ma’lumotlariga ko‘ra, yangi kasallanganlarning 134 nafari Tegu shahrida, 19 nafari Kyonsan-Pukto provinsiyasida, qolganlari esa mamlakat bo‘ylab boshqa tumanlarda ro‘yxatga olingan. 36 yoshli erkak esa Janubiy Koreyada koronavirusdan vafot etgan 11-shaxs bo‘ldi, u kasallikni kimdan va qanday yuqtirib olgani surishtirilmoqda.

Yonhap agent ... Читать дальше »
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 26.02.2020 | Комментарии (0)

26.02.2020 в 10:17
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi yangi koronavirus bilan bog‘liq vaziyat Xitoydan boshqa davlatlarda ham jiddiy tus ola boshlagani sababli O‘zbekistonning xorijda bo‘lib turgan yoki chet el davlatlariga borishni rejalashtirayotgan fuqarolarni yana bir bor ogohlantirdi.

“O‘zbekistonning xorijdagi elchixonalari va konsullik muassasalari bergan ma’lumotga ko‘ra, so‘nggi kunlarda dunyoning qator davlatlarida COVID-19 koronavirusining tarqalishi bilan bog‘liq vaziyatning og‘irlashgani kuzatilmoqda. Xitoy bilan bir qatorda Koreya, Yaponiya, Eron, Italiya va ba’zi boshqa davlatlarda bemorlar soni ortmoqda.

“Xizmat, turizm va boshqa maqsadlarda xorijga chiqishni rejalashtirayotgan hamyurtlarimiz safardan oldin sog‘liqlari uchun tahdidlarni diqqat bilan o‘ylab ko‘rishlari, mamlakatdagi epidemiologik holatni o‘rganishlari va safar chog‘ida shaxsiy gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilishlari, jamoaviy tadbirlarda ishtirok etishdan tiyilishlari, odamlar to‘planadigan ... Читать дальше »
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 26.02.2020 | Комментарии (0)

26.02.2020 в 10:17
O‘zbek dublyajining eng yorqin vakillaridan biri, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist G‘aybulla Hojiyev 64 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda “Daryo”ga “O‘zbekkino” Milliy agentligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Taniqli kino, teatr va dublyaj aktyori 1956-yilda Buxoroda tug‘ilgan. 1973—1977-yillarda Toshkent davlat San’at institutida tahsil olgan.

1976-yilda Abror Hidoyatov teatrida ish boshlagan. 1987-yildan Hamza nomidagi o‘zbek davlat akademik teatrida faoliyatini boshlagan.

Aktyor shoir Azim Suyunning “Sarbadorlar” asarida Abu Bakr Kalaviy, Abdulla Oripovning “Sohibqiron” asarida Xoja Ahmad Yassaviy, Abdulla Qodiriyning “Mehrobdan chayon” spektaklida Solih mahdum, Ibrohim Sodiqovning “Afandining besh xotini” spektaklida Afandi, Hayitmat Rasulning “Piri koinot” spektaklida Ahmad Farg‘oniy, Shekspirning “Qirol Lir” asarida graf Gloster, Aleksandr Kosanoning “Yetti faryod” spektaklida Sabalo kabi o‘nlab rang-barang rollarni ijro etgan.

... Читать дальше »
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 26.02.2020 | Комментарии (0)

26.02.2020 в 10:17
Osaki universiteti olimlaridan biri Minoru Asada bir guruh hamkasblari bilan birgalikda navbatdagi ixtiro mahsulini keng omma e'tiboriga havola etdi. U og'riqni his eta oladigan robot turini yaratdi. Shubhasiz, robotga maxsus o'tkazgich o'rnatilgan. Buning yordamida robot og'riqni his eta oladi, o'z munosabatini turli emotsional holatlar orqali yetkazadi. Namoyish paytida robotga turli kuchga ega zarbalar yo'llandi. U zarba kuchiga qarab aftini bujmaytirdi, inqillab, ko'zlarini kappa-kappa ochgan holda inqilladi, yig'ladi. Asta tegib o'tishgan paytda yoki qitiqlab ko'rishganda kuldi, jilmaydi.

Olimlarning aytishicha, bunday robotlar kelgusida bemorlarga dardkash bo'ladi. Odamlarga ko'proq foyda keltiradi. Ular yaqin kelajakda keksalarga, bemorlarga yaqindan yordam ko'rsatadi, ularni parvarish qiladi. Faqat bu robotga bola qiyofasi berilgani haqida olimlar hech narsa deyishmadi.
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 26.02.2020 | Комментарии (0)

26.02.2020 в 07:41
Bu jinoyat Qozog'istonning Qarag'anda viloyatida sodir bo'lgan. Ismi-sharifi sir tutilgan ayol o'ynashi bilan birga o'zining 13 yashar qizini behayolikka undab kelgan. O'ynashi bilan jinsiy munosabatga kirishga majburlagan. Behayo filmlar tomosha qilishga mahkum etib kelgan. Shubhasiz, bu ishlarning barchasini ikkovlashib amalga oshirishgan. O'ynashi qizi bilan jinsiy munosabatga kirishgan mahal uning o'zi ham shaxsan ishtirok etgan. Bu zo'rlovlar va shafqatsizliklar bir yil davom etgan. Qiz oxiri chiday olmay, tanishlardan biriga shipshitgan. Tanishi politsiyaga xabar bergan..

Qarag'anda viloyat jinoyat sudi sudyasi ayolni 16 yil, erkakni esa 21 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish haqida hukm e'lon qildi.
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 26.02.2020 | Комментарии (0)

26.02.2020 в 07:40
close