Tergov materiallarida ta'kidlanishicha, 14 yanvardan 15 yanvarga o'tar kechasi Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida yashovchi 60 yoshli pensionerning uyiga ikki nafar noma'lum kimsa kirib temir sandiqni o'marib qochdi. Temir sandiqda jami 1. 120 dollar, 57 500 000 so'm pul va kadastr hujjatlari bor edi.

Tezkor tadbirlar natijasida ma'lum bo'ldiki, o'g'rilar 26 yoshli K. F. degan erkak hamda 24 yoshli N. T. ismli ayol ekan.

Ushbu fakt yuzasidan jinoiy ish qo'zg'atilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 23.01.2020 | Комментарии (0)

23.01.2020 в 18:54
Hindistonning Bxopol shahar politsiyachilari bordellardan birida reyd o'tkazish jarayonida bir guruh fohishalarni qo'lga oldi. Ular bordelda pul evaziga begona erkaklar bilan jinsiy munosabat yuritib kelgan.

Qo'lga olinganlarning to'rt nafari ayol, ikki nafari erkaklar bo'lib, erkaklar hoynahoy ular uchun mijoz topish bilan shug'ullangan. Qo'lga olinganlar orasida o'zbekistonlik fohisha ham bor. Politsiyachilarning ma'lumot berishicha, bu ayol Dehli shahrida ro'yxatdan o'tgan. Hozirda unga tegishli viza muddati tekshiruvdan o'tkazilmoqda.
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 23.01.2020 | Комментарии (0)

23.01.2020 в 18:51
close