Вс, 19.01.2020, 04:18
Voybu.Net
Приветствую Вас Mexmon | RSS
Loading...

Меню сайта
Категории раздела
Yangiliklar [2808]
Yangiliklar Foto [53]
Munajjimlar Bashorati [18]
Sport Yangiliklar [146]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 271
Мини-чат
Статистика


Fojia Qashqadaryo viloyati Qamashi tumaniga qarashli «O'rtadara» qishlog'ida soat taxminan 00: 30 da sodir bo'ldi. 33 yoshli ismi-sharifi sir tutilgan erkak 1991 yili tavallud topgan xotini Dilorom bilan janjallashib qolib, jahdini jilovlay olmaslik, shaytonga hay bera bilmaslik oqibatida qo'liga boltani olgan-u, bosh va ko'krak qafasi qismiga kuchli zarbalar yo'llagan. Olingan jiddiy jarohatlar tufayli ayol o'sha joyning o'zida vafot etdi.

Astag'firillo!!!
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 01.11.2019 | Комментарии (0)

01.11.2019 в 19:24
Qashqadaryo viloyatida yashovchi 16 yoshli, 9-sinfda o'qiydigan Muborak ismli qiz 23 yoshli Anvar ismli yigit bilan ikki yildan beri uchrashardi. Shu muddat oralig'ida ular intim munosabatlarga kirishishga ham ulgurishdi. Ikkinchi yil Anvar Muborakni ota-onasi bilan tanishtirdi. Ular turmush qurishga kelishib olishgandi. Biroq Anvarning ota-onasiga Muborak yoqib tushmadi va ular o'g'lini boshqa qizga uylantirish harakatiga tushishdi. Orzulari sarobga aylanganini his etgan qiz sevgilisidan o'ch olishga qaror qildi. Uni o'zlari har doim uchrashadigan garajga chaqirdi. Ikki o'rtada janjal chiqdi. Shu asnoda Muborak qandaydir yo'l bilan Anvarni mashina tomonga itarib yubordi. Yigit yiqildi va hushidan ketdi. Qiz esa paytdan foydalanib uning sochidan mahkam siqimlagancha boshini mashinaga uraverdi. To o'lmaguncha urishdan to'xtamadi.

Afsus, yigit o'zi sevgan qiz tarafidan vahshiylarcha o'ldirildi.

Muborak jinoyat izlarini yo'q qilish maqsadida ssenariy ham o'ylab t ... Читать дальше »
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 01.11.2019 | Комментарии (0)

01.11.2019 в 19:22
O‘zbekistonga 3—5-noyabrda G‘arbiy Qozog‘iston orqali Ural hududlari (Yekaterinburg) ustida shakllangan sovuq va nam havo oqimi kirib keladi, deb xabar bermoqda O‘zgidromet.

3-noyabrda Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida ayrim joylarga yomg‘ir yog‘adi. 4-noyabrda respublika bo‘yicha yomg‘ir, ayrim joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi.

Shamolning tezligi kuchayib, sekundiga 18—23 metrgacha, shiddat bilan esganda sekundiga 25—28 metrgacha yetishi kutilmoqda.

4—5-noyabrda respublika bo‘yicha havo harorati kechasi 0—5 daraja iliqqacha tushib ketadi, ayrim joylarda 1—2 daraja sovuq bilan ayoz kuzatilishi mumkin, kunduzi harorati 8—13 darajagacha iliq, mamlakatimiz shimolida harorat kechasi 3 daraja sovuqdan 2 daraja, kunduzi 3—8 darajagacha iliydi.

Bundan avval O‘zbekistonda noyabr oyi sovuq va nam harorat bilan boshlanishi xabar berilgan edi.
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 01.11.2019 | Комментарии (0)

01.11.2019 в 19:17
Qarshida Nexia va Laсetti ishtirokidagi YTH sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda Tergov departamenti.

Hodisa 31-oktabr kuni soat 21:40 da yuz bergan. N.X. fuqaro Sh.J.ga tegishli Laсetti’ni ishonchnoma orqali Qarshi—Yettitom 4R87 avtomobil yo‘lining Yettitom yo‘nalishi bo‘ylab haydab ketayotganida yo‘lning 50-kilometrida qarama-qarshi yo‘nalishdan harakatlanib kelayotgan R.Z. boshqaruvidagi Nexia yo‘liga chiqib ketib urilgan.

Oqibatda Nexia haydovchisi R.Z. va yo‘lovchilar S.U., E.R., S.K. hamda Laсetti haydovchisi N.H. va yo‘lovchilar D.S., M.R., G.N., N.N. tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilgan.

Holat yuzasidan Tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 01.11.2019 | Комментарии (0)

01.11.2019 в 19:14

Вход на сайт
Login:
Parol:
Поиск
Календарь
«  Ноябрь 2019  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930
Reklama
Copyright MyCorp © 2020