Пт, 22.11.2019, 16:27
Voybu.Net
Приветствую Вас Mexmon | RSS

Меню сайта
Категории раздела
Yangiliklar [2755]
Yangiliklar Foto [52]
Munajjimlar Bashorati [18]
Sport Yangiliklar [145]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 268
Мини-чат
Статистика


2019 yil bahorida «Ertug'rul» serialining oltinchi mavsumi suratga olinishi haqida ma'lumot tarqatilgandi. Bu serial usmoniylar imperiyasining ilk sultoni, buyuk Ertug'rul beyning o'g'li Usmon G'ozi hayoti haqida hikoya qiladi. Serialdagi bosh qahramon Usmon roliga esa turkiyalik mashhur aktyor, «Qora sevgi», «Muhtasham yuz yil» teleseriallari orqali muxlislarning suyuklisiga aylangan aktyor Burak Ozchivit taklif qilingan. Hozirgi paytda serial suratga olinmoqda. Ilk seriyalari shu yil oktyabr oyida boshlanishi aytib o'tilgan. Quyida serial haqidagi ayrim yangiliklardan sizni voqif etamiz.

1. Demak, bosh rolni Burak Ozchivit ijro etadi. Biroq serialning birinchi qismidanoq Ertug'rul rolini shu paytgacha mohirona ijro etib kelgan aktyor Engin Altan bo'lmaydi. Gap-so'zlarga qaraganda, Engin Altan Ozchivit bilan yovlashib qolgan. Shu sababli u bilan bir safda rol ijro etishni istamabdi.

2. «Usmon G'ozi» serialining premyerasi shu yil oktyabr oyiga mo'ljallangan. ... Читать дальше »
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 15.10.2019 | Комментарии (0)

15.10.2019 в 14:56
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «2018-2022 yillarda futbolni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi № PP-3610 sonli qarorining ijrosi doirasida ENTER Engineering kompaniyasi «Nasaf» klubi bilan qiymati 10 mlrd so'mni tashkil etadigan, 2020 yil so'nggiga qadar mo'ljallangan shartnoma imzoladi.
Bu haqda ENTER Engineering matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ushbu mablag'lar «Nasaf» klubining moddiy-texnik, ilmiy-uslubiy bazasini mustahkamlash hamda rivojlantirish, o'quv-mashg'ulot jarayonining yuqori sifatini ta'minlash, shuningdek, futbolni keng aholi o'rtasida ommalashtirish va targ'ib qilish uchun yo'naltiriladi.

«Nasaf» jamoasi rahbariyati o'z futbol maktabi bazasida yosh futbolchilarni tarbiyalash maqsadida legioner futbolchilardan voz kechishga qaror qildi.
Ta'kidlash lozimki, ayni vaqtda qarshiliklarning 12 nafar futbolchisi O'zbekiston olimpiya terma jamoasi a'zosi sanaladi. «Nasaf» bugungi kunda O'zbekistonning eng kuchli ... Читать дальше »
Категория: Sport Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 15.10.2019 | Комментарии (0)

15.10.2019 в 14:55
Evro-2020 saralashi 8-turidan o'rin olgan Ukraina – Portugaliya (2:1) bahsining 72-daqiqasida mehmonlar sardori Krishtianu Ronaldu raqib darvozasiga belgilangan penaltini aniq amalga oshirdi. Mazkur gol esa Ronalduning faoliyatidagi yubiley 700-goli sifatida yozildi.
34 yoshli hujumchi futbol tarixida 700lik ko'rsatkichni qayd etgan oltinchi futbolchiga aylandi. Avvalroq, bu kabi natijaga Gerd Myuller (701), Ferens Pushkash (709), Romario (748), Pele (779) hamda Yozef Bitsan (805) erishgandi.
Категория: Sport Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 15.10.2019 | Комментарии (0)

15.10.2019 в 14:53
Non narxining oshishi har qanday sabab ro'kach qilinmasin, og'riqli qabul qilinaveradi. Ammo bozor mexanizmiga o'tilarkan, ertami kechmi bu islohot ham o'tkazilishi kerak edi.

Ma'lumotlarga ko'ra, non va un mahsulotlari narxlari ustidan davlat nazorati o'rnatish amaliyoti qo'shni davlatlar orasida faqat O'zbekistonda saqlanib qolgan. Ammo sabzovot, meva yoki dukkakli ekinlar singari bug'doy ham qishloq xo'jaligining bir mahsuloti. Har qancha ahamiyatli bo'lmasin, uni yetishtirgan dehqon zarariga sotmasligi, yanchgan zavod qing'irlik bilan ishlamasligi, yopgan nonvoy kimgadir qaram bo'lib qolmasligi kerak. Mana shunday oddiy, ammo jo'yali sabablar tufayli Vazirlar Mahkamasining «Don, un va non yetkazib berish tizimiga bozor mexanizmlarini to'liq joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida»gi qarori qabul qilindi.

Mazkur qarorga ko'ra, hukumat don tizimini to'liq bozor mexanizmiga o'tkazish bilan birga kam ta'minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga maxsus kom ... Читать дальше »
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 15.10.2019 | Комментарии (0)

15.10.2019 в 14:52
Tobutdagi marhum tilga kirdi:
– Chiqarib yuboring mani! Qaerdaman o'zi? Ozod qiling mani! Bu yer qorong'u ekan!

Kecha Irlandiyada tobut qabrga tushirilgach marhum tilga kirdi va baqir-chaqir qilib hattoki oxirida qo'shiq ham kuylab berdi. Bu uning original vasiyati ekan. Hayotda juda hazilkash bo'lgan, audio o'limidan avval yozilgan. Tarixdagi eng quvnoq dafn marosimi shu bo'lsa kerak.
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 15.10.2019 | Комментарии (0)

15.10.2019 в 14:51
Yaqinda Hindistonda mo'jiza yuz berdi. Qaysidir xudo urganlar bolani dunyoga keltirishga keltirgan-u, keyin tiriklay yerga ko'mib ketgan ekan. Boshqa bir er-xotin esa bolasi o'lik tug'ilgani bois jasadini dafn etish niyatida qabristonga kelgandi. Dafn marosimi yakun topgach, o'sha yaqin atrofdan — yer ostidan chaqaloqning big'illab yig'lashi quloqqa chalindi. Er-xotin avvaliga hozirgina dafn etgan bolasi tirilib ketdi deb o'ylagandi. Biroq yig'i boshqa bir qabrdan kelayotgan ekan. Darhol politsiya va «Tez yordam»ga xabar berishdi. Xoh ishoning, xoh ishonmang, chaqaloq uch kun oldin tiriklay ko'mib ketilganiga qaramay, tirik ekan. Xudoning qudrati-da! O'zi xohlasa, yo'qdan bor qiladi, xohlamasa, borni yo'q qiladi.

Hozirda qutqarib olingan chaqaloq vrachlar nazorati ostiga olingan. Uni qutqarib qolgan er-xotin esa kasalxonada qolishdi. Chaqaloqning tepasida o'tirib, tez kunda sog'ayib ketishini kutishyapti. Aytishlaricha, uni asrab olishga qaror qilishibdi.
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 15.10.2019 | Комментарии (0)

15.10.2019 в 14:49
Yaqinda Ufa politsiya mahkamasiga 15 yashar ismi-sharifi sir tutilgan o'zbekistonlik qiz shikoyat arizasi bilan murojaat etib, ikki yil davomida 44 yoshli erkak zo'rlab kelganini bayon qildi. Ma'lum bo'lishicha, qiz onasining hujjatlarida muammo bo'lgani bois erkakning qo'rqitishlariga chidash va zo'rlashlarini sir tutishga majbur bo'lgan. Agar birovga churq etsa, erkak onasini politsiyachilarga aytib deport qildirish, singillari va uni maktabdan haydattirish bilan qo'rqitib kelgan. Oxiri chidolmagan. Bu haqda sevgan yigitiga aytgan. Yigit esa uni politsiya mahkamasiga boshlab borgan.

Hozir qiz ikki singlisi bilan ijtimoiy himoya tashkilotining mehr va muruvvat uyiga joylashtirilgan. Onasini esa xorijliklarni vaqtincha saqlash punktiga yuborishgan. Zo'ravon erkak qo'lga olingan. Ushbu fakt yuzasidan jinoiy ish ochilgan. Tergov jarayoni boshlangan.
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 15.10.2019 | Комментарии (0)

15.10.2019 в 14:48

Вход на сайт
Login:
Parol:
Поиск
Календарь
«  Октябрь 2019  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031
Reklama
Copyright MyCorp © 2019
Сделать бесплатный сайт с uCoz