Пт, 22.11.2019, 15:49
Voybu.Net
Приветствую Вас Mexmon | RSS

Меню сайта
Категории раздела
Yangiliklar [2755]
Yangiliklar Foto [52]
Munajjimlar Bashorati [18]
Sport Yangiliklar [145]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 268
Мини-чат
Статистика


Ispaniya chempionati 4-turidan o'rin olgan «Barselona» – «Valensiya» bahsi (5:2) o'tkazilayotgan vaqtda, kataloniyaliklar himoyachisi Samuel Umtitining uyidni tunab ketishdi.

Umtiti jarohatda bo'lgani bois bu vaqtda uchrashuvni “Kamp Nou»dagi tribunalar orqali tomosha qilgan.

Qayd etilishicha, fransiyalik futbolchining uyiga to'rt nafar o'g'ri tushib, qimmatbaho buyumlar saqlanadigan seyfni buzishgan va u yerdagi narsalarni olib chiqib ketishgan. Mahalliy politsiya voqea yuzasidan surishtiruv ishlarini boshlab yubordi.

So'nggi yillarda kataloniyaliklarning ko'plab a'zolari o'g'irlik qurboniga aylanishmoqda. Avvalroq, bu kabi noxush holatga Luis Suares, Xerard Pirke, Xordi Alba, Filippe Koutino, Artur va Kevin-Prins Boateng tushishgandi.
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 16.09.2019 | Комментарии (0)

16.09.2019 в 08:49
MISiS texnologiya universiteti dunyoda birinchilardan bo'lib odam tanasidan issiqlikni olib uni telefon yoki smartfonga elektr quvvati ko'rinishida uzata oluvchi polimer mato ixtiro qilishdi. Bu ishga Shvetsiyadagi Lulelo texnologiya universiteti olimlari ham munosib hissa qo'shgan. Mato nanotrubkalar bilan jihozlangan. U o'zidan elektr tokini yuqori bosim va sifatli tarzda o'tkazib, keyinchalik bu quvvatni telefon va smartfonlar akkumlyatorlariga yetkazadi. Mato juda egiluvchan. Uni smartfon yoki telefon chexoliga aylantirib, ya'ni, o'rab qo'yib bemalol gadjetdan foydalanaverasiz. Akkumlyatoringiz esa hech qachon toksiz qolmaydi. Unga polimer mato nanotrubkalar orqali tana haroratingizni elektr tokiga aylantirgan holda quvvat yetkazib turadi. Asosiysi, mato inson salomatligi uchun umuman zararli emas.
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 16.09.2019 | Комментарии (0)

16.09.2019 в 08:47
Bu haqda, «UzAuto Motors» AJ xabar bermoqda.

Kompaniyaning eslatishicha, 2019 yilning 1 oktyabridan e'tiboran yurtimizda ishlab chiqarilgan yangi avtotransport vositalarini sotib olganlik uchun Respublika yo'l jamg'aramasiga amalga oshiriladigan 3% miqdoridagi yig'im bundan buyon avtotransport vositalari ishlab chiqaruvchilari tomonidan to'lanadi.

Xaridorlar esa o'sha 3%lik to'lovni endilikda Ichki ishlar organlarida emas, balki avtomobil xarid qilayotgan chog'ida avtomobil narxi bilan birga amalga oshirishi lozim bo'ladi. Bu xaridorlarga qo'shimcha qulaylik yaratadi, demoqda kompaniya.

1 oktyabrgacha shartnoma imzolagan, ammo hali avtomobilini olmagan xaridorlar bilan qo'shimcha kelishuv imzolanadi va ular 3%lik to'lovni avtomobilni qabul qilib olish chog'ida dilerlik korxonasiga to'laydi.

Garchi UzAuto Motors AJ 1 oktyabrdan e'tiboran QQS to'lovchisiga aylansa ham, avtomobil narxlari Respublika yo'l jamg'armasiga amalga oshiriladiga ... Читать дальше »
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 16.09.2019 | Комментарии (0)

16.09.2019 в 08:46
Ijtimoiy tarmoqlarda va Telegram messenjerida turli nomlar ostida sahifalar yaratib, ushbu sahifalarda pornografik mazmundagi audio, video va foto materiallarni joylashtirish holatlari qayd etilmoqda, deb xabar beradi Xorazm viloyati IIB huzuridagi tergov boshqarmasi.

Ayniqsa, xotin-qizlarning fotosuratlari va shaxsiy ma’lumotlari (ismi sharifi, yashash manzili, telefon raqami)ni ko‘rsatgan holda, ularni go‘yoki axloqan buzuqlikda ayblab chiqayotgan sahifalar kundan kunga ortib bormoqda.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan yuqoridagi kabi noqonuniy ishlar bilan shug‘ullanuvchi shaxslarni aniqlash va ularga nisbatan qonuniy choralar ko‘rish borasida tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, 2019-yilning 23-iyul kuni Xorazm viloyati IIB huzuridagi tergov boshqarmasi tomonidan bir guruh shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 140-moddasi (haqorat qilish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

“Ushbu jin ... Читать дальше »
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 16.09.2019 | Комментарии (0)

16.09.2019 в 08:44
O‘zbekistonda 2018-yil holatiga ko‘ra aholi o‘rtasida umumiy to‘yib ovqatlanmaydiganlar ulushi 6,3 foizni tashkil etadi. Bu taxminan 2 million kishi, degani. Bu haqda O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020—2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasi loyihasida ma’lumot berilgan.

Jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilingan strategiya loyihasida ta’kidlanishicha, o‘zbekistonliklar orasida to‘yib ovqatlanmaydiganlar ulushini 2021-yilga borib 5 foizgacha, 2025-yilda 3 foizgacha qisqartirish, 2030-yilga borib esa oziq-ovqat tanqisligiga uchragan insonlar ulushini batamom tugatish rejalashtirilgan.

Avvalroq qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xo‘jayev aholi suvni arzon bo‘lgani uchun isrof qilayotganini ta’kidlagani, shuningdek, yaqin kelajakda hokimlardan fermerlarga yer berish huquqi olib qo‘yilishini ma’lum qilgani haqida xabar berilgan edi.
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 16.09.2019 | Комментарии (0)

16.09.2019 в 08:42

Вход на сайт
Login:
Parol:
Поиск
Календарь
«  Сентябрь 2019  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30
Reklama
Copyright MyCorp © 2019
Сделать бесплатный сайт с uCoz