Пт, 22.11.2019, 16:13
Voybu.Net
Приветствую Вас Mexmon | RSS

Меню сайта
Категории раздела
Yangiliklar [2755]
Yangiliklar Foto [52]
Munajjimlar Bashorati [18]
Sport Yangiliklar [145]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 268
Мини-чат
Статистика


Shu yil 6 sentyabr kuni Sirdaryodagi tibbiyot kolleji qorovuli Ahmad Buxarovga 19 yoshli o'smir Jasur Ortiqovning tutgan ishi yoqib tushmabdi. Jasur kollej qizlari bilan tanishish uchun kelgan ekan. Qorovul oraga tushishi tufayli oralarida janjal chiqdi. Shunda Buxarov qo'lidagi o'roq bilan o'smirning ko'krak qafasi qismiga jiddiy tig' jarohati yetkazdi. Ko'rsatilgan tibbiy yordamga qaramay, Jasur Ortiqov kasalxonada vafot etdi.

Hozirda ushbu fakt yuzasidan jinoiy ish qo'zg'atilgan. Ahmad Buxarov qamoqqa olingan.
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 15.09.2019 | Комментарии (1)

15.09.2019 в 09:03
AQSh Moliya vazirligi Shimoliy Koreyaning uchta hakerlar guruhini — Lazarus Group, Bluenorff hamda Andariel’ni sanksiyalar ro‘yxatiga qo‘shib qo‘ydi, deb xabar beradi Meduza.

Ushbu guruhlar 2017-yilning bahorida butun dunyo bo‘ylab yuz minglab kompyuterlarga zarar yetkazgan WannaCry ta’magir virusini yaratishda gumonlangan. Ushbu virus kompyuterning qattiq diskidagi ma’lumotlarni shifrlab, uning egasidan 300 dollar miqdorida bitkoin talab qilgan.

AQSh hukumatining ma’lumotlariga ko‘ra, guruhlar to‘g‘ridan to‘g‘ri Shimoliy Koreya rahbariyatiga bog‘liq. Biroq Pxenyan Vashingtonning WannaCry kiberhujumlari uchun javobgar ekanligi haqidagi ayblovini rad etgan edi.
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 15.09.2019 | Комментарии (0)

15.09.2019 в 08:56
UFC’ning yengil vazndagi chempioni Habib Nurmagomedov Dastin Porye ustidan g‘alabasiga izoh berdi.

“Porye jismoniy jihatdan baquvvat. Men jangdan oldin uning kuchini ketqazish uchun bo‘yniga zarba berishimni aytgandim. Zarba berishni boshlagan vaqtimda esa biz allaqachonga kurashga kirishib ketgandik. Porye ancha kuchli raqib chiqdi. U Konordan ham baquvvatroq edi”, — deydi Habib.

Qayd etish joiz, Habib ikkala jangchi ustidan ham muddatidan avval g‘alabalarni qo‘lga kiritdi.
Категория: Sport Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 15.09.2019 | Комментарии (0)

15.09.2019 в 08:53
UFC’ning yengil vazndagi chempioni Habib Nurmagomedovning menejeri Ali Abdulaziz mijozining navbatdagi jangi kimga qarshi o‘tishini ma’lum qildi.

“Fergyuson nima xohlayotgani hech kimga xavotirga solayotgani yo‘q. Jorj Sen-Pyer Habibning navbatdagi raqibi. Bu — mening bilganlarim. Aynan shunday bo‘lishini men ham xohlayman. Toni esa xohlganini ololmaydi. Aksincha, Habib xohlagan narsa ro‘y beradi. Agar u qo‘ng‘iroq qilib, Sen-Pyer bilan jang qilishni xohlashini aytsa, albatta, shunday bo‘ladi. Jorj — mening do‘stim. Bilishimcha, u ham 10 yildan beri Habib bilan jang qilishni xohlaydi. Bu barcha davrlarning eng yaxshi jangchisi nomi uchun kechadigan jang bo‘ladi”, — deydi Ali Abdulaziz.

Eslatib o‘tamiz, hozirda Toni Fergyuson Habibga qarshi jang uchun rasmiy da’vogar bo‘lib turibdi. Habib—Fergyuson jangi bir necha yillardan beri turli sabablar tufayli amalga oshmay kelmoqda.
Категория: Sport Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 15.09.2019 | Комментарии (0)

15.09.2019 в 08:51

Вход на сайт
Login:
Parol:
Поиск
Календарь
«  Сентябрь 2019  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30
Reklama
Copyright MyCorp © 2019
Сделать бесплатный сайт с uCoz