Пт, 22.11.2019, 16:09
Voybu.Net
Приветствую Вас Mexmon | RSS

Меню сайта
Категории раздела
Yangiliklar [2755]
Yangiliklar Foto [52]
Munajjimlar Bashorati [18]
Sport Yangiliklar [145]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 268
Мини-чат
Статистика


Sankt-Peterburgning Neva tuman sudi 23 yoshli mahalliy qizni ko'p qavatli uyning 16-qavatidan tashlab yuborgan o'zbekistonlik Rasulbek Ibragimovga 9 yil qamoq jazosi berdi. Bu haqda «Fontanka.ru» xabar bermoqda.

Shuningdek, u marhumaning oilasiga 3 million rubl ham to'lab berishi kerak bo'ladi.

Voqea 2018 yil aprelida Latish o'qchilari ko'chasida ro'y bergan. Qiz 16-qavatdan qulagandan so'ng olgan jarohatlari oqibatida voqea joyida halok bo'lgan. Ibragimov qochishga ulgurgan, biroq sentyabr oyi oxirida qo'lga olingan.

Tergov davomida 29 yashar Ibragimov avvaliga ma'shuqasini rashk tufayli kaltaklagani, u hushini yo'qotganidan keyin esa oynadan uloqtirgani aniqlangan. Yigitning o'zi aybini tan olmagan va qizga qo'lini ham tekkizmagani, u o'zi joniga qasd qilgani da'vo qilgan.
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 24.07.2019 | Комментарии (0)

24.07.2019 в 15:16
Jurnalist va OAV uchun “O‘zbekistonda media erkinligini ta’minlash borasida jurnalistlarning huquqiy savodxonligini oshirish” loyihasi doirasida 24-iyul kuni Huquqiy klinika ochilishiga bag‘ishlangan brifing bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar berdi.

Huquqiy klinika “Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazi” nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan O‘zbekistondagi Buyuk Britaniya elchixonasi ko‘magida tashkil etilgan. Unga jurnalistlar, OAV xodimlari hamda blogerlar murojaat qilishi mumkin.

“Huquqiy klinika jurnalistlar uchun OAV xodimlarini himoyasiga ko‘maklashib, ularning huquqiy savodxonligini oshirib, o‘zlarining qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilishlari uchun yuridik yordam berish muammosini hal qilishi kerak”, — deb ta’kidlagan “Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazi” rahbari Saida Sulaymonova.

Huquqiy klinika jurnalistlar manfaatlarini sudlarda himoya qilmaydi, har qanday ko‘rinishdagi hujjatlar (xatlar, shar ... Читать дальше »
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 24.07.2019 | Комментарии (0)

24.07.2019 в 15:12

Вход на сайт
Login:
Parol:
Поиск
Календарь
«  Июль 2019  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031
Reklama
Copyright MyCorp © 2019
Сделать бесплатный сайт с uCoz