Bu itning laqabi «greklar Xatikosi». Gretsiyaning Nafpaktos shahridan uncha uzoq bo'lmagan joyda yashaydi. 2017 yil noyabrida egasi 40 yoshli Xaris ismli erkak xuddi o'sha it o'tirgan yerda avtohalokatga uchragan. Vrachlar Xarisning hayotini saqlab qola olishmadi. U halok bo'ldi. Mana, o'shandan beri Xatiko yo'l chetida o'tirgancha egasini kutadi. Quyosh tig'idan ham qochmaydi. Faqat kuchli yomg'ir yog'sa uychasiga vaqtincha kirib oladi. To'xtashi bilan tag'in yo'l chetiga chiqib o'tiradi. U bir kun kelib egasi yuz ko'rsatishiga, o'zi bilan olib ketishiga qattiq ishonadi. Mahalliy ahvoli vakillari itni ko'p marotaba uyiga olib ketib, ovqat berishdi, saqlab olishga harakat qilishdi. Lekin it ertasi kuniyoq har qanday yo'l bilan bo'lmasin, qochib avtohalokat yuz bergan yo'l chetiga qaytaverdi. Oxiri odamlar rahmi kelib o'sha yerga uycha qurib berishdi. Har kuni navbati bilan Xatikoga suv, ovqat olib keladigan bo'lishdi.
Xudo biladi. It yana qancha vaqt egasini kutadi. Lekin hayvon ... Читать дальше »
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 21.07.2019 | Комментарии (0)

21.07.2019 в 09:57
close