Samarqand tumanida bog‘cha mudirasi 15 yil davomida o‘zining 6 nafar qarindoshiga oylik ish haqi yozib, ularning o‘rniga o‘zi imzo qo‘yib, pulini olib yurgani aniqlandi. Bu haqda Zarnews xabar bermoqda.

Muhabbat Oripova (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) mansab mavqeini suiiste’mol qilib, ko‘p miqdorda byudjet mablag‘larini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-taroj qilib, qonunga xilof ish ko‘rgan.

O‘tgan yili mazkur muassasadagi tekshiruvlar davomida bu yerda qo‘shib yozish, davlat mulkini talon-taroj qilish kabi jinoyatlar fosh etildi. Masalan, Xolida Rasulova 2005-yil fevral oyida ushbu muassasaga tarbiyachi bo‘lib ishga kirgan, 2012-yilga qadar ishlagan, shu yil shtat qisqarganligi uchun ishdan ketgan. Shunday bo‘lishiga qaramay, 2014-yil may oyidan 2018-yil fevral oyigacha 20 million so‘mgacha bo‘lgan mablag‘ni mudira soxta imzo chekib, o‘zi olgan.

Tekishirish jarayonida X.Rasulova imzo uniki emasligi, shuncha miqdordagi pulni olmaganligini to‘g‘ri ... Читать дальше »
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 03.07.2019 | Комментарии (0)

03.07.2019 в 14:41
close