Пн, 09.12.2019, 13:20
Voybu.Net
Приветствую Вас Mexmon | RSS

Меню сайта
Категории раздела
Yangiliklar [2762]
Yangiliklar Foto [52]
Munajjimlar Bashorati [18]
Sport Yangiliklar [145]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 268
Мини-чат
Статистика


Farg‘ona davlat universitetiga oliy ma’lumotga ega bo‘lish istagidagi 72 yoshli erkak hujjat topshirdi. Bu haqda milliy matbuot markazida o‘tkazilgan matbuot anjumanida Davlat test markazi Bosh boshqarma boshlig‘i Barno Rajabov ma’lum qildi, deb xabar berdi “Daryo” muxbiri Sevara Nishonova.

Qayd etilishicha, 72 yoshli otaxon til va adabiyot yo‘nalishida, kunduzgi bo‘limda o‘qish istagini bildirgan.

“Farg‘onaga o‘zim borib, qabul komissiyasi a’zolari bilan suhbatda bo‘ldim. 72 yoshli fuqaro oliy ma’lumot olish istagini bildirgan.

Hozirgi qonunchilik hujjatlarimizda OTMda o‘qish uchun yosh chegarasi ko‘rsatilmagan. Istalgan yoshdagi fuqaro oliy ta’lim olish istagida biron oliygohga hujjat topshirishi va hamma qatori test sinovlarini topshirib talaba bo‘lishi mumkin”, — deydi Barno Rajabov.
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 01.07.2019 | Комментарии (0)

01.07.2019 в 16:38
2019 yil 1 iyuldan kira qilish uchun mashinani bo'yash shart emas. Yo'nalishsiz taksi rangini qonun hujjatlarida talab qilingan rangga muvofiq holga keltirish uchun (viloyatlarda sariq va Toshkent shahrida fil suyagi rangi) o'zi yelimlanadigan materiallardan foydalanishga yo'l qo'yiladi, ularni bo'yash shart emas.

Yo'nalishsiz taksilar avtobuslar uchun ajratilgan maxsus harakat yo'nalishida harakatlanishi hamda “To'xtash taqiqlanadi” belgisi amal qilish hududida to'xtashi mumkin.

Xalqaro avtomobilda tashishga xorijiy/ko'p tomonlama ruxsatnomalarni olish uchun arizalar bir ish kuni mobaynida ko'rib chiqiladi.
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 01.07.2019 | Комментарии (0)

01.07.2019 в 16:03
Yevropada anomal issiq havo tufayli 29-iyun kuni 8 kishi halok bo‘ldi. Вu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, yuqori darajadagi ob-havodan eng ko‘p Fransiyadagilar aziyat chekkan, bu yerda 4 kishi halok bo‘ldi. Italiya va Ispaniyada esa 2 kishidan halok bo‘lgan.

28-iyun kuni Fransiyada sinoptiklar insoniyat tarixidagi mutlaq rekord darajadagi haroratni qayd etgan.

Gallarg-le-Montyue kommunasidagi termometr Selsiy shkalasi bo‘yicha +45,9 darajagacha ko‘tarilgan.

Bunday anomal issiqlik, shuningdek, Italiya va Fransiyada keng ko‘lamdagi o‘rmon yong‘inlariga sabab bo‘lgan.
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 01.07.2019 | Комментарии (0)

01.07.2019 в 15:57
“O‘zbekneftgaz” matbuot xizmati kompaniya boshqaruvi Qashqadaryo viloyatiga ko‘chirilganini xabar qildi.

Joylarda muammo va vazifalarni tezkor hal etish, uglevodorod xomashyosini qazib olishni ko‘paytirish, korxonalarning ishlab chiqarish faoliyatini bevosita nazorat qilish dasturining amalga oshirilishi uchun ushbu qarorga kelindi, deyiladi xabarda.

Endi kompaniya boshqaruvi Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri, Mustaqillik ko‘chasi, 35-uy manzilida joylashgan.
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 01.07.2019 | Комментарии (0)

01.07.2019 в 15:56
Toshkent shahar chegarasi kelajakda yana 18 ming gektar maydonga kengayishi mumkin. Bu haqda Toshkent hokimining kapital qurilish va kommunikatsiyalarni rivojlantirish bo‘yicha o‘rinbosari Davron Hidoyatovga tayanib, Sputnik xabar qildi.

Hidoyatov aytishiga qaraganda, hozir Toshkent shahrining umumiy hududi 33 ming gektarni tashkil qiladi. Yangi qo‘shiladigan maydon shaharni yana 60 foizga kengaytiradi.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, “Yangi Toshkent” poytaxtning Sharqiy tomonidan, Chirchiq daryosining chap qirg‘og‘i bo‘ylab joylashadi. Biroz oldin Britaniyaning Benoy kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan yangi shahar virtual loyihasi namoyish etilgan edi. Ayni damda xitoylik me’morlar taklifi ham ishlab chiqilmoqda.

“Yangi Toshkent”da ma’muriy hudud, markaziy biznes hududi, savdo hududi va aeroport zonasi bo‘ladi. Yangi shaharda umumiy hisobda 2 millionga yaqin kishi yashashi mumkin bo‘ladi.
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 01.07.2019 | Комментарии (0)

01.07.2019 в 15:54

Вход на сайт
Login:
Parol:
Поиск
Календарь
«  Июль 2019  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031
Reklama
Copyright MyCorp © 2019