12-iyun kuni Samarqand shahridagi U.Jo‘raqulov va Islom Karimov ko‘chalari kesishmasida joylashgan xiyobondagi archalar orasidan osiyo millatiga mansub, 55—60 yoshlardagi noma’lum erkak kishining tashqi ko‘rinishidan jarohatsiz jasadi topilgan edi, deb xabar berdi “Zarnews”.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Samarqand shahrida yashovchi 30 yoshli Z.N o‘zaro janjal oqibatida marhum M.Nning yuziga qo‘li bilan urgan vaqtida u boshi bilan yerga yiqilib jarohat olib, voqea joyida vafot etganligi aniqlanib, Z.N qo‘lga olingan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi bergan ma’lumotga ko‘ra, holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 18.06.2019 | Комментарии (0)

18.06.2019 в 15:21
2019-yil 15-iyun kuni Qashqadaryo viloyati IIB Transportda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi va Qarshi shahar iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida Qarshi tumanida yashovchi 24 yoshli A.N. ismli ayol tanishi 28 yoshli F.M. bilan o‘zaro jinoiy til biriktirib, o‘zi dunyoga keltirgan 10 kunlik o‘g‘il chaqaloqni “Qarshi” temir yo‘l vokzali oldida joylashgan avtobuslar to‘xtash joyida 1 000 AQSh dollariga sotayotgan vaqtlarida ushlangan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 18.06.2019 | Комментарии (0)

18.06.2019 в 15:17
close