Пт, 22.11.2019, 15:49
Voybu.Net
Приветствую Вас Mexmon | RSS

Меню сайта
Категории раздела
Yangiliklar [2755]
Yangiliklar Foto [52]
Munajjimlar Bashorati [18]
Sport Yangiliklar [145]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 268
Мини-чат
Статистика


“Real” sardori Serxio Ramos hamda Pilar Rubiolarning nikoh to‘yiga tashrif buyuruvchi mehmonlar ro‘yxati ma’lum bo‘ldi. Bu haqda AS xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Ramos va Rubiolarning visol oqshomida “Real” prezidenti Florentino Peres va klub bosh murabbiyi Zinedin Zidan ishtirok etadi. “Qirollik klubi” o‘yinchilaridan Lukas Vaskes, Luka Modrich va Keylor Navas to‘yga taklif etilgan.

Bundan tashqari ro‘yxatdan “Barselona”ning 3 nafar futbolchisi Jerar Pike va uning rafiqasi Shakira, Jordi Alba va Serxio Buskets, Ispaniya terma jamoasi va “Real” sobiq bosh murabbiyi Visente del Boske, Ispaniya terma jamoasning ayni damdagi bosh murabbiyi hamda “Barselona” sobiq ustozi Luis Enrike, Madrid klubi sobiq o‘yinchilari Roberto Karlos, Raul Gonsales, Fernando Yerro, Ronaldo, Devid Bekhem va Iker Kasilyas o‘rin egallagan.

To‘y oqshomi 15-iyun kuni Sevilyada bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, Ramos va Rubio 2012-yildan beri birga. Ularning Serxio Juni ... Читать дальше »
Категория: Sport Yangiliklar | Добавил: Muhammadjon | Дата: 13.06.2019 | Комментарии (0)

13.06.2019 в 14:42
“Real” 2019-yil yozgi transferlar vaqtida futbolchilar sotib olishga rekord darajada mablag‘ sarfladi.

Madridliklar jamoani kuchaytirish maqsadida jami 303 million yevro sarflashga ulgurdi. “Qaymoqranglilar” Eden Azar (“Chelsi”, 100 million yevro), Luka Yovich (“Ayntraxt”, 60 million), Eder Militao (“Portu”, 50 million), Ferlan Mendi (“Lion”, 48 million) va Rodrigoni (“Santos”, 45 million) o‘z safiga qo‘shib oldi.

Shu bilan birga, “Qirollik klubi” bu borada o‘zining 10 yil avvalgi rekordini yangiladi. O‘shanda “Real” Krishtianu Ronaldu (“Manchester Yunayted”, 94 million yevro), Kaka (“Milan”, 67 million), Karim Benzema (“Lion”, 35 million), Xabi Alonso (“Liverpul”, 34,5 million), Raul Albiol (“Valensiya”, 15 million), Alvaro Negredo (“Almeriya”, 5 million), Alvaro Arbeloa (“Liverpul”, 4 million) va Esteban Graneroni (“Xetafe”, 4 million) umumiy 258,5 million yevro evaziga sotib olgandi.
Категория: Sport Yangiliklar | Добавил: Muhammadjon | Дата: 13.06.2019 | Комментарии (0)

13.06.2019 в 14:34
Kanzas politsiyasi issiq mashinada bir necha soat qolib ketib, halok bo‘lgan uch oylik qizaloqning ishi bo‘yicha tergov harakatlarini olib bormoqda, deb xabar beradi Forum Daily.

Huquq-tartibot idoralarining ma’lumotlariga ko‘ra, bolakayning onasi 8-iyun soat 16:30 lar atrofida yordam so‘rab murojaat qilgan. Qutqaruvchilar yetib kelganida bolakay nafas olmayotgan bo‘lgan va voqea joyida vafot etgani ma’lum bo‘lgan.

KidsandCars.org notijoriy tashkilotining ta’kidlashicha, mazkur noxush holat joriy yil AQShda issiq mashina ichida halok bo‘lgan 11-bolakay hisoblanadi. O‘tgan yili bu kabi ko‘ngilsiz hodisalarning 52 tasi qayd etilgan.
Категория: Yangiliklar | Добавил: Muhammadjon | Дата: 13.06.2019 | Комментарии (0)

13.06.2019 в 14:29

Вход на сайт
Login:
Parol:
Поиск
Календарь
«  Июнь 2019  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
Reklama
Copyright MyCorp © 2019
Сделать бесплатный сайт с uCoz