Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In yaqinda generallardan biri davlat to'ntarishi sodir etishga hozirlik ko'rayotganidan xabar topdi. U generalni yovuz baliqlar yashaydigan akvariumga tashlash haqida buyruq berdi. Qatl ijrochilari oldin generalga bir necha marta tig' jarohati yetkazishdi. Keyin akvariumga tashlashdi.

— Kim Chen In odamlarni qo'rqitishga o'rganib qolgan, — deydi ismi-sharifi sir tutilayotgan davlat ayyonlaridan biri. — Ko'plab davlat dushmani deb hisoblanganlar ko'pchilik ko'z o'ngida qatl etilgan. Bu yo'l bilan Kim Chen In kimki o'ziga, davlatga qarshi bo'lsa, shafqatsizlarcha o'lim topishini namoyish etmoqda. U o'z oila a'zolarini, yuqori lavozimli shaxslarni shafqatsizlarcha qatl etgan. Ularning aksariyati Kim Chen In so'zga chiqqanda, sekin qarsak chalgani tufayli o'lim topgan.
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 10.06.2019 | Комментарии (0)

10.06.2019 в 09:35
close